Biologik suv havzalari.
Biologik suv havzalarida oqova suv
tarkibidagi organik moddalar mineral moddalarga aylantiriladi. Biologik suv
havzalarining kattaligi 1 gektarga teng bo‘lib, chuqurligi 0,5-1 metr bo‘ladi.
Biologik suv havzalari chiqindi suvlarni gelmintlardan, patogen
mikroblardan ozod qilish uchun foydalaniladigan yopiq suv havzalaridir.
113
Agar sug‘orish maydonlari suvni qabul qilmasa uni shunday suv havzalariga
tushirsa ham bo‘ladi.
SUV HAVZALARINING SANITAR HOLATI FANINING PREDMETI
VA VAZIFALARI
Reja:
1.
Ichimlik suviga qo `yilgan gigiyenik talablar.
2.
Ichimlik suviga gigiyenik baho berish
3.
Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari.
Suvning gigiyenik va epidemiologik ahamiyati.
Gigiyenik nuqtai nazaridan toza suv-hayot manbayi, salomatlik
hisoblanadi. Suv inson hayoti, hayvonot va o`simlik dunyosi uchun muhim
ahamiyatga ega bo`lgan tashqi muhit omillaridan biridir. Odam gavdasi
vaznining 65 - 75% suvdan iborat. Suv organizmga zarur mikroelementlarni
(yod, ftor, kobalt va boshqalar) olib kirishda, ovqat mahsulotlarini
to`qimalarga tarqatishda, teri va nafas yoilaridan bug` holatida chiqishi bilan
tana haroratini muvozanatda saqlashda va organizmda suv -tuz muvozanatini
saqlab turishda ishtirok etadi.
Shunday qilib, organizmda kuzatiladigan barcha biokimyoviy reaktsiyalar
suvli eritmalarda ro`y beradi. Suv ichishni to`g`ri tashkil etishda sutkalik
ovqat tarkibida qancha suyuqlik borligini nazarda tutmoq zarur. Masalan:
sutda 87%, yangi sabzavot va mevalarda 96%, kartoshka va go`shtda 75%,
nonda 47% gacha suv boiadi. Suvni yoki chanqoqni qondiruvchi
ichimliklami haddan tashqari, `p ichish zararli, chunki bunday holat yurak
ishini, ajratish a`zolarining faoliyatini oshirishga olib keladi. Bunda
organizmning teri sathida ko`p miqdorda suyuqlik ajraladi, bu bilan bir
qatorda, ter bilan organizmdan suvda eriydigan vitaminlar, osh tuzi va
mineral tuzlar chiqib ketadi.
Suv-tuz almashinuviga nisbatan olinganda me`da-ichak yo`li ancha faol
114
bo`ladi. Suyuqlikning ko`proq qismi almashinuviga nisbatan olinganda
me`da-ichak yo`li bir kecha-kunduzda 8 litr atrofida shira ajratadi, buning
ko`p qismi qaytadan so`rilib, ajralib chiqqan hazm shiralarining atigi 2%
(hajmiga nisbatan olganda) axlat bilan chiqib ketadi.
Organizmni suyuqlik bilan kun davomida bir tekis, muntazam ta`minlash
muhim. Suyuqlikning ko`proq qismi tushlik ovqat vaqtida qabul qilinadi.
Odam bir kecha-kunduz mobaynida yoshiga qarab 100 ml dan 3000 ml
atrofida suv iste`mol qiladi, jumladan, 1200 - 1300 ml suvni suyuqlik
ko`rinishida, 1000 - 1100 ml suvni esa ovqat tarkibida iste`mol qiladi. Oziq
moddalarning endogen oksidlanish natijasida organizmda 300 ml atrofida
suv hasil bo`ladi.
Organizmdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 5 kun
mobaynida, bolalarda esa 3-5 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib
oladi. Buylrak, o`pka, me`da-ichak yo`li, teri suv almashinuvida faol ishtirok
etadi. Atrofdagi havo harorati baland bo`lib turganida 4 -5 litr suv ter bilan
birga teri orqali chiqib ketadi, shuning uchun suvga ehtiyoj yanada ortadi.
Normal haroratda teri orqali 300 - 400 ml suv ajralib chiqadi. Tashqi muhit
sharoiti va ichilgan suyuqlik miqdoriga qarab, bir kecha-kunduzda bo`yrak
orqali 0,5 ml dan 2,51 ml gacha suv ajralib chiqadi.
Bir kecha-kunduzda chanqoqni bosish uchun iste`mol qilinadigan suv
miqdori kishi sarflaydigan energiyaga bog`liq tarzda 2,5 - 4,1 ni tashkil
etadi.
Yo`qotilgan suv miqdorining ortib borishi bilan odam o`zini yomon his
qila boradi. Organizm tarkibidagi 10,0% suvni yo`qotish modda almashinish
jarayonlariga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Havo harorati 30
0
S va undan yuqori
bo`lganida 25% suvning organizmdan chiqib ketishi esa o`limga olib kelishi
mumkin.
Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati darajasi suv bilan
ta`minlanish sifati va miqdoriga qarab belgilanadi. Aholi jon boshiga suv
115
sarfi qishloq joylarida 40 - 60 litr, vodoprovod va kanalizatsiya bor, lekin
vannasi yo`q binolarda 125-160 litr, vannasi bor bo`lsa 160-230 litr,
markazlashtirilgan issiq suv ta`minoti tizimi bor binolarda 230 - 350 litr,
yi,rik shaharlarda 500-1000 litr atrofida bo`ladi.
Toza suv tanqis bo`lgan joyda aholining salomatligi xavf ostida qolishi
tabiiy. Demak, suv organizmning fiziologik, gigiyenik talablariga va xo`jalik
ehtiyojlariga sifat va miqdor jihatidan toia javob beradigan bo`lishi kerak.
Ichimlik suvning sifati organoleptik xossasi, kimyoviy tarkibi, kasallik
tarqatuvchi mikroblar hamda radioaktiv nurlaming bor yoki yo`qligi bilan
ifodalandi.
Suvning organoleptik xossasi - bu suvni organizmning sezgi organlari
orqali aniqlanadigan bir qancha belgilari, ya`ni uning tiniqligi, rangi, ta`mi,
harorati, qattiqligi va hidi bilan baholanadi.
Iste`mol uchun mo`ljallangan suv ichida organoleptik jihatidan gigiyenik
talablarga javob bera olmaydigan jumladan, loyqa, rangli, badbo`y hidli,
achchiq, nordon, taxir suv manbalari bor. Bunday suv ko`ngilni ozdiradi,
chanqoqni bosmaydi, garchi salomatlik uchun xavfli bo`lmasa ham aholi
undan foydalanmaydi. Suv manbalaridagi suv, bir-biridan kimyoviy tarkibiga
ko`ra farq qilishi mumkin. Mineral tuzlar miqdori ortgan sari suvning ta`mi
buzilib, me`da- ichak yoii hamda boshqa a`zolar faoliyatiga salbiy ta`sir
etadi. Ba`zi tuzlar, masalan, nitrit, ftorid ma`lum miqdorda zaharli ta`sir
ko`rsatadi. Bu jihatdan tashqi muhit ta`siriga chidamli, kuchli, turg`un,
zaharli xususiyatlarga ega aksariyati xlororganik guruhlarga kiruvchi
birikmalarni suvga tushishi katta xavf tug`dirishi mumkin.
Tabiiy suv bir-biridan kimyoviy tarkibi va minerallanish xususiyatiga
qarab farqlanadi. Tabiiy suv tarkibida erigan tuzlaming umumiy miqdori bir
necha 10 dan 1000 mglitrgacha etadi.
Odam organizmi bir kecha-kunduzda 20 gr gacha mineral moddalami (2-
5% ) ichimlik suvidan oladi. Lekin yuqori darajada minerallashgan suvni
116
iste`mol qilgandagi tuz miqdori ovqatlanganda olinadigan mineral tuzlaming
10 - 30% (ba`zi tuz birikmalari bundan ham ko`p) ni tashkil qiladi.
Respublikamizning ba`zi viloyatlarida (Farg`ona, Namangan, Toshkent)
tarkibida xlor-natriykalsiy tutgan past radioaktivlikka ega suv manbalari
mavjud. Bunday suvlar Farg`ona artezan havzasining poliogen chiqindilari
orasidagi chiqindilaridan chiqadi. Ular yuqori darajada minerallashgan
bo`lib, tarkibida azot, yod (30 mg), brom (20 mg/1) va boshqa moddalar bor.
800 - 3000 metr chuqurlikda 7 tagacha suvli qatlam borligi aniqlangan,
quduqlardan otilib chiqadigan suvning sarfi sutkasiga 690 - 730 m3 ni
tashkil qiladi. Shu sababli bunday suvlar Chortoq, Gulshan, Chimyon va
boshqa sanatoriyalarda - teri, bod, yurak-tomir, harakat organlari,
ginekologik kasalliklarini fizioterapevtik usullar bilan davolashda foydalidir.
Tabiiy suvlar tarkibida mikroelementlaming ko`p yoki kam miqdorda
bo`lishi ba`zi surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tabiiy ko`p uchraydigan endemik kasalliklarga flyuoroz kiradi.
R.D.Gabovich,
G.D.Ovrusskiylarning
ma`lumotlariga
ko`ra, flyuoroz
kasalligi suv tarkibida ftoming miqdori 1,5 mg/1 dan ortiq bo`lgan barcha
joylarda uchraydi.
Suv tarkibida ftoming miqdori 0,5 mg/1 dan kam boTganda maktab
o`quvchilari orasida karies kasalligi ko`paygani qayd yetilgan. Shu sababli
R.D.Gabovich, A.A.Minx, V.A.Knijnikov va boshqalarning tavsiyasiga
binoan ichish uchun mo`ljallangan suv tarkibida ftoming miqdori 0,5 mg/1
dan kam bo`lganda hamda shu hududda karies kasalligi ko`payganda,
vodoprovod suvlariga ftor qo`shish yo`li bilan uning miqdorini 1,5 mg/1
gacha yetkazish tavsiya yetilgan. Ushbu miqdor me`yor sifatida jahon
miqiyosida qabul qilingan.
L.Paster ifloslangan suv epidemiya manbai ekanligini ilmiy jihatdan
asoslagan, R.Kox Hindistondagi suv saqlanadigan idishlardan vabo
vibrionini topgan.
117
Yuqumli kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblar suvda o`z hayot
faoliyatini saqlab qolish xususiyatiga ega bo`lsa, bunday suv iste`mol
qilinganda odam yuqumli kasallik bilan og`rishi mumkin.Ich terlama,
ichburug`, vabo, leptospiroz, tulyaremiya, brutsellyoz, Botkin k asalligi va
boshqa
enterobakteriyalar
suv
orqali
yuqadi.
Bu
kasalliklarning
qo`zg`atuvchilari suvga bemor va bakteriya tashuvchilarning ajralmalari
(najaslari) tushganda hamda suvga yuqumli kasalxonalar chiqindisi va har xil
chiqindilar tushishi tufayli ro`y beradi. Epidemiologik jihatdan ochiq suv
manbalari ayniqsa havotirli hisoblanadi.
Ommaviy cho`milish, kemalar ifloslarining suv havzalariga tashlanishi,
qirg`oqlarga axlat to`qilishi va ularning yomg`ir suvi bilan yuvilishi, suv
havzalarida kir yuvish, hojatxonlaming yer osti suvlariga ta`siri, iflos
chelaklardan quduqlarga patogen miroorganizmlarning tushib qolishi ham
suvning zararlanishiga sabab bo`ladi.
Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf
tug`diradi. Shubhali, ochiq suv manbalarida cho`milish va mevalarni chayish
ham xatarli hisoblanadi. 1950- yillardan boshlab, suv manbalarining sun`iy
radioaktiv izotoplar bilan ifloslangani aniqlana boshlandi, bunday izotoplar
ayrim a`zolarda kumulyatsiya qilinishi natijasida nur kas alligiga sababchi
bolishi mumkin.
Yuqorida aytib o`tilganlar aholini yetarli miqdorda gigiyenik talablarga
javob beradigan toza suv bilan ta`minlash, aholi yashaydigan joylarni
obodonlashtirish muhim sogiomlashtirish tadbirlari hisoblanishidan dalolat
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |