Tik tindirgichlar
. Bu tindirgichlar konus shaklida tuzilgan bo‘lib,
chiqindi suvlar unga markaziy qaytargichli trubalardan kirib, tindirgichni
to‘ldiradi. Qaytargichlarning asosiy vazifasi suv xarakati tezligini
pasaytirish, suv xarakatini hamma tomonga tindirgich kengligi bo‘ylab
tarqatishdir. Suv xarakati tezligi sekundiga 0,7 mm.ga teng. Tindirgichning
chuqurligi 7-9 metr bo‘lib, eni 10 metr. Ikkala tindirgichda ham suvning
tindirilish vaqti 1,5 soatga teng.
Cho‘kmalar trubalar orqali chiqariladi. Trubalar tindirgichning tag
tomoniga o‘rnatilgan bo‘lib, nasos bilan yoki suyuqlik ostidagi bosim
ta’sirida tortib olinadi, cho‘kma esa trubalar yordamida metantenk
inshootiga yuboriladi.
Radial tindirgichlar chiqindi suvlar xajmi sutkasiga 20000 m
3
.ga
etganda tavsiya qilinadi. Bunday tindirgichlar suv tarkibida osilma moddalar
ko‘payganda uni cho‘ktirishga mo‘ljallangan. Radial tindirgichlar doira
shaklida bo‘lib, tag tomoni markazga qiya qilib qurilgan. U diametri 16 - 40
metr, chuqurligi o‘rtacha 2-2,5 metr bo‘lgan hovuz. Cho‘kmalar markazga
qarab kuraklar bilan quriladi va moslamalar yordamida nasos bilan tortib
109
olinadi. Suvning xarakat tezligi sekundiga 7 mm.ga teng, suvning
tindirgichda bo‘lish vaqti 1,5 soat.
Ikkinchi guruhdagi tindirgichlarga septik va ikki yarusli tindirgichlar
kiradi. Bunday tindirgichlarda cho‘kmalarning achish jarayoni oxiriga etadi.
CHunki, u katta xajmli bo‘ladi. Ikkala tindirgichda osilma moddalarning
cho‘kishi gorizontal tindirgichlarnikiga o‘xshash bo‘ladi, lekin
tindirgichlarning tuzilishi, qurilishi unda achish jarayonining borishi
turlicha.
Septik tindirgichlar. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi temir betonda
ishlangan uch xonali tindirgich. Bo‘linmalar orasida chiqindi suvlar o‘tishi
uchun maxsus teshiklar bor. Septik tindirgichlarda chiqindi suv 6 -12 soat,
goho 24 soat davomida tindiriladi, cho‘kma kamida 6 oy davomida
saqlanadi.
Septik tindirgichlarning suvdagi osilma moddalarni ushlab qolish
qobiliyati 70% ni tashkil qiladi. Cho‘kma uzoq vaqt davomida chiritiladi, bu
jarayon suv ostida oksigen katnashmagan holatda, ya`ni anaerob sharoitd a
o‘tadi, jarayon nordon achitish reaksiyasi bilan boradi, bunda noxush xid
chiqaradigan gazlar, vodorod sulfid va boshqalar paydo bo‘ladi. Organik
moddalarning zarrachalari parchalanib, yengillashib qoladi, suv tagidagi
gazlar pufakchalar hosil qilib yuzaga chiqa boshlaydi. U o‘zi bilan
yengillashib qolgan zarrachalarni ham suv yuzasida olib chiqadi.
Keyinchalik suv yuzasida qalin po‘stloqqao‘uxshash qattiq qatlamlar paydo
bo‘ladi.
Septik tindirgichdagi chiqindi suvlar cho‘kma va po‘stloq qatlamlar
orasidan o‘tib, tindirgichdan tashqariga chiqadi. Bunda suvning oksidlanish
jarayoni 20-30% ga pasayadi. Septik tindirgichda chiqindi suv o‘z holiga,
yaxshilanish tomoniga qaytish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi Ammo o‘ziga
juda ko‘p oksigenni qabul qilishi tufayli biologik oksidlanish va tozalash
yaxshi ketishiga halal beradi. Xuddi shunday ta’sir septik qurilmalardan
110
chiqqan ochiq suv havzalariga tashlanganda ham sodir bo‘ladi.
Septik tindirgichlar ushbu kamchiliklari borligi sababli arzon
bo‘lishiga qaramay kam ishlatiladigan bo‘lib qoladi U faqat aholisi kam
joylarda,
ayrim
kanalizatsiyasi
bor
binolarda
ishlatiladi.
Septik
tindirgichlardan ajralib chiqqan suv albatta, biologik yo‘l bilan tozalanishi
kerak.
Ikki qavatli tindirgichlar (Emsher). Bu tindirgichda osilma moddalar
yuqori kavatdan pastki qavat tagiga qarab cho‘ka boshlaydi. YA’ni pastki
qavat tepasiga nov qilinib, shu nov orqali tindirilgan suv pastga tushadi. Suv
xuddi gorizontal tindirgichdagi singari sekin oqadi.
Yuqori yarusdagi chiqindi suvdan cho‘kayootgan osilma moddalar
0,15 metrli yoriqdan o‘tib pastki qavat tagiga tushadi. Yoriq bilan cho‘kma
oralig‘ida 0,5 metrli neytral qavat qoladi Bu qavatning vazifasi tindirgichga
oqib kelayotgan yangi suvni cho‘kmadan ajratish, septikdagi kamchilikni
bartaraf qilishdir, ya’ni cho‘kmaning chirigan mahsulotlari bilan chiqindi
suvlarni to‘yinishi oldini olishdir.
Ikki yarusli tindirgichda cho‘kmaning achish jarayoni boshqacha o‘tadi.
Bu jarayonda noxush xidlar paydo bo‘lmaydi, hosil bo‘lgan chirish
mahsulotlari ancha zararsiz bo‘ladi. CHo‘kmaning oldingi bosqichdagi
parchalanishi nordon sharoitda yashovchi mikroorganizmlar ta’sirida boradi.
Oqibatda sirka va yog‘ kislotalar paydo bo‘ladi, keyinchalik cho‘kmaning
ma’lum parchalanish bosqichida reaksiya sharoiti o‘zgarib uning pX i 7-8 ga
teng bo‘ladi. Bu ishqoriy muhitda yashovchi mikroorganizmlar faoliyati
uchunsharoit yaratadi. Natijada kislotalar parchalanib metan va karbonat
angidrid gazi paydo bo‘ladi. Agar ikki yarusli tindirgich to‘g‘ri ishlatilsa,
cho‘kmaning parchalanishi ishqoriy sharoitda metan gazi hosil bo‘lishi bilan
birga boradi. Rasmga ahamiyat berilsa, yoriqning pastki chegarasiniig bir qismi
ikkinchi tomonga kirib turadi, bu cho‘kmadan ko‘tarilib chiqayotgan gaz
pufakchalari va osilma modda zarrachalarining o‘sha yoriq orqali yuqoriga
111
ko‘tarila olmasligiga mo‘ljallangan. SHunday qilib, yangi oqib kelayotgan suv
cho‘kmadan chiqayotgan gazlar, zarrachalardan holi bo‘ladi. Ular cho‘kmadan
ajralgandan so‘ng novning tashqi devoriga surkalib nov yonidan gaz bo‘shlig‘i
orqali atmosferaga chiqib ketadi.
Ikki yarusli tindirgichda cho‘kmaning achish jarayoni boshqacha o‘tadi.
Bu jarayonda noxush hidlar paydo bo‘lmaydi, hosil bo‘lgan chirish
mahsulotlari ancha zararsiz bo‘ladi. CHo‘kmaning oldingi bosqichdagi
parchalanishi nordon sharoitda yashovchi mikroorganizmlar ta’sirida boradi.
Oqibatda sirka va yog‘ kislotalar paydo bo‘ladi, keyinchalik cho‘kmaning
ma’lum parchalanish bosqichida reaksiya sharoiti o‘zgarib uning pX i 7-8 ga
teng bo‘ladi. Bu ishqoriy muhitda yashovchi mikroorganizmlar faoliyati uchun
sharoit yaratadi. Natijada kislotalar parchalanib metan va karbonat angidrid
gazi paydo bo‘ladi. Agar ikki yarusli tindirgich to‘g‘ri ishlatilsa, cho‘kmaning
parchalanishi ishqoriy sharoitda metan gazi hosil bo‘lishi bilan birga boradi.
Buning uchun oldindan cho‘kma yig‘iladi, unga ishqoriy achish
jarayoniga o‘tish uchun imkon beriladi, tindirgichdagi hamma bo‘shliq ishqoriy
reaksiyaga o‘tadi. Shundan keyingina tindirgichlar ishga tushiriladi. Cho‘kma
yig‘ish kamerasidagi cho‘kmaning hajmi yangi chiqindining suvdan
chiqadiigan xajmidan ancha ko‘p, shuning uchun ham yangi cho‘kma ishqoriy
sharoitdagi cho‘kmaga aralashib ishqoriy reaksiya sharoitida yashaydigan
mikroblar ta’sirida parchalanadi. Tindirgich ishlashi bilanoq unga pishgan faol
cho‘kma tushiriladi. Shunday qilib, cho‘kma bo‘shlig‘i kerakli mikroblar bilan
zararlantiriladi. Metanli achish jarayonini buzmaslik uchun har 10 kunda bi r
marta oz-ozdan faol cho‘kma qo‘shiladi.
Tindirgichdan olingan achigan cho‘kmaning hidi bo‘lmaydi, rangi qora,
undagi vodorod sulfid temir bilan qo‘shilib FeS ni hosil qiladi, u suvni shimib
cho‘kmaning qurishiga yordam beradi.
Tindirgichda achish jarayonining borishi havo haroratiga ham bog‘liq.
SHuning uchun ham kamerada yig‘ilgan chiqindi suvning qishki o‘rtacha
harorati norma darajasida saqlanadi.
112
Har bir regionda cho‘kma o‘ziga xos temperaturada saqlanadi. Yetilgan
cho‘kma tindirgichdan maxsus trubalar orqali bosim yordamida olinadi,
trubaning ochiq tomoni tindirgich tagida yotadi, ikkinchi uchi cho‘kma
kamerasiga ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |