Suv ifloslanishining kimyoviy ko`rsatkichlari
Suvning kimyoviy sifati suv manbalarining organik moddalar va ularning
parchalanish mahsulotlari (ammoniy tuzlari, nitritlar, nitratlar) bilan
ifloslanishining kimyoviy ko`rsatkichlari deb ataladigan ko`rsatkichlarda
aniqlanadi. Bu birikmalarning suvda bo`lishi suv yo`lidagi tuproqning
ifloslanganini va ana shu moddalar bilan bir qatorda suvga patogen
mikroorganizmlar tushib qolishi mumkinligini bildiradi.
Ayrim hollarda har bir ko`rsatkich o`ziga xos tabiatga ega bo`lishi,
masalan: organik moddalar o`simliklardan kelib chiqqan bo`lishi mumkin.
Shuning uchun suvga bitta emas, balki bir necha kimyoviy ifloslanish
ko`rsatkichlari boisa hamda bakterial ifloslanish ko`rsatkichlari, masalan,
121
ichak tayoqchasi topilsa va bu suv manbayi sanitariya jihatidan
tekshirilganda tasdiqlansa, bunday suv manbaini organik birikmalar bilan
ifloslangan deb hisoblash mumkin.
Suvning oksidlanish xususiyati uning tarkibida organik birikmalar
borligini bildiradi. Bir litr suvdagi organik moddalarning oksidlanishiga
ketgan kislorodning mg dagi miqdoriga qarab, suvda organik moddalar bor -
yo`qligi to`g`risida fikr yuritiladi. Artezan suvi birmuncha kam
oksidlanuvchanlikka ega.
Odatda 1 litr suvga 2 mg gacha, shaxta quduqlari suviga 3-4 mg kislorod
to`g`ri keladi. Suv oksidlanishining shu raqamdan oshishi ko`pincha suv
manbayi ifloslanganligini ko`rsatadi. Suvda ammonitli azot va nitritlar paydo
qiladigan asosiy manba - bu oqsil qoldiqlari, hayvonlar jasadi, siydik va
najasning chirishi, buzilishidir. Bunday ko`rsatkich «oqsil uchligi» deb
ataladi. Suv yangigina organik chiqindilar bilan ifloslanganda, unda ilgari
boimagan ammoniy tuzlarining miqdori 0,1- 0,2 mg/1 dan oshib ketadi.
Nitritlarning 0,002 - 0,005 mg/1 dan oshiq bo`lishi ifloslanishning muhim
ko`rsatkichi hisoblanadi. Nitratlar ammoniy tuzlari oksidlanganda hosil
boiadigan oxirgi mahsulotdir. Suvda ammoniy tuzlari va nitratlarning
bo`lishi unga oldinroq azot tutuvchi moddalar tushib, allaqachon
minerallanishga ulgurganligini ko`rsatadi. So`nggi yillarda azot tutuvchi
o`g`itlar ko`p ishlatilayotganligi sababli quduq suvlarida nitratlar
miqdorining yuqori bo`lishi ko`p kuzatilmoqda.
Suvning sifatini kimyoviy usul bilan aniqlashga «oqsil uchligi» bilan hir
qatorda, suv tarkibidagi xloridlar miqdorini aniqlash ham kiradi. Suv
manbalari ferma va aholi chiqindilari bilan ifloslanganda suv tarkibidagi
xloridlar miqdori oshib ketishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki,
xloridlaming suvdagi miqdori sho`rxok tuproqlar, ya`ni noorganik xloridlar
hisobiga ham ko`tarilishi mumkin. Aslida suvdagi xloridlaming miqdori 350
mg/1 dan oshmasligi kerak.
122
Do'stlaringiz bilan baham: |