Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi suv havzalarini sanitar holati


Yer gidrosferasidagi turli qismlaridagi suv hajmi



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/54
Sana15.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#367981
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
suv havzalarini sanitar holati

Yer gidrosferasidagi turli qismlaridagi suv hajmi
 
Jadval 
Gidrosfera qismlari
 
Suv hajmi
 
10 km
 
Umumiy hajmga 
nisbatan % hisobida
 
Chuchuk suvlar 
hajmiga nisbatan % 
hisobida
 
Dunyo okeani 
1338000 
96.5 

Yer osti suvlari 
23400 
1.70 

Chuchuk yer osti suvlari 
10530 
0.76 
30.06 
Muzliklar 
24000 
1.73 
68.70 
Asriy muzloq mintaqadagi yer 
osti muzliklari 
300 
0.022 
0.86 
Ko`llar 
1.76 
0.013 
0.25 
Tuproqdagi nam 
16.5 
 0.0012 
0.047 


145 
 
Atmosferadagi namlik (suv 
bug`lari) 
12.9 
0.0017 
 
Botqoqliklar 
11.5 
0.0008 

0.033 
Daryolar 
2.1 
0.0002 
0.006 
Hammasi:
 
1386000
 
100
 
100
 
Quyosh  nurlari  ta`sirida  Dunyo  okeani  yuzasidan,  daryolar,  ko`llar, 
botqoqliklar, muzliklar, o`simliklardan va yer sirtining boshqa qismlaridan har 
yili  520  ming  km  (1015  mm)  suv  bug`iga  aylanadi.  Suv  bug`lari  gravitatsiya 
kuchlari  ta`sirida  yuqorida  ko`tariladi  va  kondensatsiya  jarayonida  to`yinib, 
og`irlik kuchlari tufayli yog`in sifatida yana Yer sirtiga tushadi. 
Atmosferadagi  namlikning  asosiy  manbai  -  okeanlar  va  dengizlar 
yuzasida  bo`ladigan  bug`lanishdir.  U  yer  kurrasida  yuzasidan  boladigan 
umumiy  bug`lanishning  86,5%  ini  tashkil  etadi.  Shu  miqdorning  ko`p  qismi  
bevosita  yana  okeanlar  va  dengizlar  yuzasiga  atmosfera  yog`ish  ko`rinishida 
qaytib  tushadi.  Bu  kichik  suv  aylanishi  deb  ataladi.  Namlikning  qolgan  qismi 
materiklar  tomon  harakatlanadi  va  ular  yer  yuzasi  bilan  murakkab  aloqada 
bo`ladi.  Okean  va  quruqlikda  suvning  buglanishi  suv  bug`ining  okeanlar 
ustidan o`tishi va materiklar ichiga kirib borishi, ularning kondensatsiyalanishi 
hamda  yog`in  -  sochin  tarzida  tushishi,  shuningdek,  materiklardan  suvning 
daryolar  ko`rinishida  oqib  ketishi  kabi  jarayonlar  tabiatn ing  ayrim 
komponentlari  orasida  suv  almashinishini  ta`minlaydi.  Bu  bir  butun  jarayon 
bo`lib,  iqlim  hosil  qiluvchi  juda  muhim  omil  hisoblanadi.  Dunyo  okeani  va 
quruqlik  o`rtasidagi  suv  va  issiqlik  almashinuvi,  shu  jarayon  orqali  amalga 
oshadi.  Suvning  tabiatda  almanishi  tufayli  materiklarga  suv  keladi  va  bu  suv 
bilan  tuproq  o`simlik,  hayvonot  olamining  ehtiyojlari  ta`minlanadi,  jilg`alar, 
soylar, daryolar va ko`llar suvga to`ladi. 
Okean  yuzasidan  bo`lgan  buglanish  kondensatsiya  va  okeanga 
tushadigan  yog`indan  iborat  kichik  aylanishdan  tashqari  suvning  yana  ikki  xil 
aylanishi alohida olingan materik doirasidagi va katta, ya`ni butun Yer kurrasi 
miqyosidagi aylanma harakati faraq qiladi. 


146 
 
Suvning  materik  doirasidagi  aylanishi  unga  chetdan  namlik  kelishi, 
yog`in  –  sochinlar,  atmosfera  oqimi,  ya`ni  namlikning  chekka  hududlardan 
materik ichkarisiga olib borilishi, bug`lanish va daryo oqimidan tashkil topadi.  
Suvning katta aylanishi ham materiklardagi, ham okeanlardagi suvning barcha 
turdagi  aylanib  yurishini  o`z  ichiga  oladi.  Quruqlikdan  daryo  oqimi 
ko`rinishida  okeanlarga  yoki  ular  bilan  tutash  bo`lgan  dengizlarga  qaytib 
tushgan  suv  katta  suv  aylanishi  jarayonini  tugallaydi.  Shundany  qilib,  Dunyo 
okeanlarini,  atmosfera  va  quruqlik  suvlar  yagona  tizim  sifatida  o`zaro  
boglangandir.  Qurilgan  sxema  juda  soddalashtirilgan,  amalda  esa  bu  hodisa 
ancha  murakkabdir.  Chunki  yer  kurrasi  yuzasidagi  suvning  bir  qismi  umumiy 
suv 
aylanishi 
jarayonidan 
chiqib 
ketishi 
(masalan: 
tog` 
jinslarini 
gidrotatsillashda  qatnashishi),  bir  qismi  esa  aksincha,  yer  qa`ridan  chiqib, 
aylanma harakat jarayonida qatnasha boshlashi mumkin. 
Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo`lgan daryo suvlarining bir qismi 
okeanlar  va  dengizlarga  quyilsa,  bir  qismi  materiklar  ichida  qoladi.  Quruqlik 
yuzasining  katta  qismi  (78%i).  Dunyo  okeaniga  tomon  qiya  bo`lib,  u  yerda 
hosil  boigan  daryo  oqimi  okeanlarga  kelib  tushadi.  Quruqlikning  bu  qismi 
okeanga  tutash  yoki  chekka  oqimli  hududlar  deb  ataladi.  Daryolari  suvi 
bevosita  okeanga  kelib  tushmaydigan  hududlar  ichki  oqimli  hududlar  yoki 
berk (okeanga nisbatan) hududlar deb nomlanadi. 
Tenglamalarda  kirim  qismi  elementlari  sifatida  Dunyo  okeani  yuzasiga 
(Xo)  quruqlikning  chekka  oqimli  hududiga  (berk)  hududiga  (X2)  va  nihoyat 
butun  Yer  kurrasi  sitiga  (Xr)  yog`adigan  yillik  yog`in  miqdorlarini  hisobga 
olish  zarur.  Shularga  mos  ravishda  Dunyo  okeani  yuzasidan  (G`o) 
quruqlikning chekka oqimli hududidan (G`2) quruqlikning ichki oqimli (berk) 
hududidan (G`i) va ularning yig`indisi Yer kurrasi yuzasidan (G`er) bo`ladigan 
yillik  bugianish  miqdorlari  tenglamalarning  chiqim  qismini  tashkil  etadi.  Suv 
muvozanati  tenglamalarida  quruqlikdan  Dunyo  okeaniga  yoki  u  bilan  tutash 
bulgan  dengizlarga  daryolar  kelib,  quyadigan  yillik  oqi m  miqdori  (Uo)  ham 


147 
 
hisobga olinadi. 
Kirim  va  chiqim  qismlarining  qabul  qilingan  belgilashlariga  asosan  suv 
muvozanati  tenglamalarini  dastlab  Yer  sirtining  ayrim  qismlari  uchun 
ko`raylik. Dunyo okeani uchun u quyidagicha ifodalanadi: 
G`o = X
0
 + Y
u
 
Chekka oqimli hudud uchun 
G`
2
 
=
 X
2
 
+
 Y
2
 
Ichki oqimli hudud uchun esa 
G`
u
 = X
u
 
ko`rinishda yoziladi. 
Yuqorida keltirilgan tenglamalarning yig`indisi butun Yer kurrasi uchun 
suv muvozanatini ifodalaydi: 
G`o + G`
2
+ G`
u
= X
0
 + X
0
+ X
2
 + X
u yoki
 G`
er
=X
er
 
Yuqorida  qayd  yetilgan  suv  muvozanati  tenglamalari  faqat  ko`p  yillik  davr 
oralig`i  uchun  to`g`ri  boiadi.  Chunki  bunda  quruq  kelgan  yillar  atmosfera 
yog`inlari ko`p boigan yillar bilan tenglashadi. 
Yer  kurrasi  va  uning  ayrim  qismlari  uchun  suv  muvozanati 
tenglamalarida qatnashuvchi elementlarining  miqdoriy  qiymatlari  2 -  jadvalda 
berilgan. 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish