Tabiiy fanlar fakulteti ekologiya kafedrasi suv havzalarini sanitar holati


G`o`zani hosil yyetilgan davrida sug`orish



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/54
Sana15.01.2022
Hajmi1,12 Mb.
#367981
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
suv havzalarini sanitar holati

G`o`zani hosil yyetilgan davrida sug`orish. 
G`o`zaning  hosil  yetilishi  davriga  kirishi  bilan  o`sish  jarayonlari 
sekinlashadi.  Bu  vaqtga  kelib,  barg  va  poyalardagi  ozuqa  moddalari 


136 
 
ko`saklarga  o`tadi.  O`simlikning  barglari  orqali  bug`lanishi  va  tuproq 
yuzasidan bug`lanishlarga sutkasiga 30-40 m suv sarf bo`ladi. 
 
SUV TABIATNING ENG ASOSIY HARAKATLANTIRUVCHI 
ENERGIYA MANBA TASHKIL ETUVCHI VOSITA 
Reja: 
1.
 
Suvning asriy tabiiy va kimyoviy xossalari. 
2.
 
Xo jalikdagi ahamiyati.
 
3.
 
Okean suvlarining tarkibi.
 
 
 
Tabiatdani  kimyoviy  toza  suv  deyarli  uchramaydi,  uni  faqat  laboratoriya 
sharoitida  hosil  qilish  mumkin.  Bunday  suv  rangsiz  va  hidsiz  bo`lib,  o`ta 
bemaza bo`ladi. Tabiatdagi suv tarkibida maium miqdorda erigan suv va lqiziq 
moddalar bo`ladi. 
Suv  vodorod  bilan  kislorodning  eng  oddiy  birikmalaridan  (1120)  iborat 
bo`lib,  o`ziga  xos  bir  qancha  xossalarga  egadir,  bu  xossalar  suvning  tuzilish 
xususiyatlari  bilan  aniqlanib  u  esa  o`z  navbatida  suv  molekulasining  qanday 
birikkanligiga bog`liqdir. Suv moleculasida og`irlik boyicha 11,1 l%i vodorod 
va  88,89%  i  kislorod  bo`lib  2  atom  vodorod  va  bir  atom  kisloroddan  iborat 
boiadi.  Molekula  teng  tomonli  uchburchak  ko`rinishda  bolib,  uning  105 
cho`qqisida kislorod atomi, asosida esa 1 tadan vodorod atomi joylashgan. 
Suvdagi barcha molekulalar ham bir xil atom og`irligiga ega bo`lmaydi. 
Odatda  suv  molekulalarining  atom  og`irligi  18  ga  teng  bolsa,  ba`zilariniki 
19,20,21  hatto  22  ga  teng  boiadi.  Bunga  sabab  atom  og`irligi  16  ga  teng 
bo`lgan  kisloroddan  tashqari  atom  birligi  18  va  19  li  (atom  birligisiz  kislorod 
atomlari  va  atom  og`irligi  bir  bo`lgan  vodoroddan  tashqari  birligi  2  va  3 
vodorod  atomlari  ham  boiadi.  Shunday  bir  xil  elementning  og`irroq  atomlari 
izotoplar deyiladi. 
Murakkab tajribalar natijasida laboratoriya sharoiti tarkibida vodorod va 


137 
 
kislorod  izotoplari  bo`lgan  suv  yaratilgan,  bunday  suv  og`ir  suv  deyiladi.  Bu 
suv  oddiy  suvdan  farqliroq  tabiiy  xususiyatlarga  ega  boladi.  Toza  havodagi 
tarkibida  N22  016  boigan  og`ir  suv  20
0
S  haroratda  1,1056  zichlikka 
(odatdagichi  0,9982),  muzlash  harorati  -3,8
0
S,  qaynash  harorati  101,42
0

boladi.  Bunday  og`ir  suvda  baliq  qisqa  vaqt  ham  yashay  olmaydi.  Bug`simon 
ko`rinishdagi  suv  asosan  N
2
0  ifodasiga  ega  bolgan  oddiy  molekulalardan 
iborat  boiadi.  Oddiy  boshqa  molekulalar  bilan  birlashmagan  N
2
0  molekula 
gidrol  deb  ataladi.  Ikki  oddiy  molekulalar  birlashgan  birikma  (N
2
0)
2
  digidrol 
deb, uch molekulasi ((N
2
0)
3
 esa trigidrod deyiladi. 
Suv  suyuq  holatida  gidrol,  digidrol  va  trigidrol  qorishmasidan  iborat 
boiadi.  Suvning  harorati  o`zgarishi  bilan  oddiy  va  birikmalarga  birlashgan 
molekulalar  nisbati  ham  o`zgarib  turadi.  Masalan:  muz  asosan  trigidrol 
molekulalaridan  iborat  boladi.  Suv  xossasidagi  ba`zi  anomal  o`zgarishlar 
muzning shunday strukturasi bilan bogliqdir. 
Suvning  zichligi  deb  hajm  birligidagi  suv  massasiga  aytiladi.  Suv  40S 
haroratda eng katta zichlikka ega, undan ko`p va kam  haroratlarda esa zichlik 
kamayadi.  Muzning  zichligi  suvnikidan  kamdir.  Demak,  muz  yyengilligi 
tufayli suv yuzasida cho`kmay turadi va issiq sovuqni yomon o`tkazishi tufayli 
esa  o`zidan  pastki  qismlaridagi  suvning  muzlashiga  yo`l  qoymaydi.  Bu  esa 
suvdagi tirik organizmlarni qirilib ketishdan saqlaydi. 
Suv  ko`pgina  xossalari  bilan  boshqa  qattiq  va  suyuq  moddalardan  farq 
qiladi.  U  yyengil harakatchan suyuqlik bo`lib, o`zi qoyilgan  jismning shaklini 
erkin  qilib  qoladi.  Suv  qisilish  ta`sirida  katta  qarshilik  ko`rsatib,  yuqori 
bosimga chidab, o`z hajmini deyarli kam o`zgartiradi. 
Tabiiy suv, unda boshqa eritmalar kam bo`lsa yupqa qatlamlarda rangs iz 
tusda  qalin  qatlamlarda  esa  havorang  -  kl  tusda  bo`ladi.  Toza  eritmasiz  suv 
elektr tokini deyarli o`tkazmaydi. 
Distillangan  suvning  muzlash  harorati  O
0
S,  qaynash  harorati  100
0

(normal atmosfera bosimi 760 mm da) deb qabul qilingan. Suvning muzlash va 


138 
 
qaynash  harorati  uning  sho`rligi  va  atmosfera  bosimiga  bog`liq.  Suvning 
sho`rligi  ortishi  bilan  uning  muzlash  harorati  pasayib,  qaynash  harorati  esa 
ortadi.  Masalan,  dengiz  suvi  20S  da  muzlaydi.  Suvning  solishtirma  issiqlik 
sig`imi  deb,  1  gramm  massali  suvning  1  S  da  isitish  uchun  talab  qilinadigan 
issiqlik miqdoriga aytiladi. Suvning solishtirma issiqlik sig`imi  1,0 kal/g gard 
ga  teng  bo`lib,  boshqa  suyuq  moddalar  va  qattiq  jismlarnikidan  yuqoridir. 
Masalan: muzning solishtirma issiqlik sig`imi 
Antionlar 
Kationlar 
Xlorioni SI 
Natriy ioni L
a
 
Culfat ioni S0
4
 
Kaltsiy ioni Ca 
Gidrokarbonat ioni 4 C0
3
 
Magniy ioni Mg 
Karbonat ioni C0
3
 
Kaliy ioni K 
Quruqlikdagi  suvlarning  kimyoviy  tarkibi  Dunyo  okeani  suvidan  keskin 
farq  qiladi.  Bu  farq  quruqlik  suvlarida  karbonatlarning  okeanlar  va  dengizlar 
suvlarida esa xloridlarning ko`pligi o`z aksini topgan. 
Suvning  Yerdagi  hayot  uchun  ahamiyati  beqiyosdir.  O`zining  uzluksiz 
harakati  tufayli  suv  Yer  kurrasida  kuzatilgan  barcha  tabiiy  jarayonlarda 
ishtirok  etadi.  Suvning  geografik  qobiqdagi  ishini  miqdor  jihatdan  Quyosh 
radiatsiyasi  bilan  taqqoslasa  bo`ladi.  Sifat  jihatdan  esa  uning  o`rnini  hech 
narsa bosa olmaydi. 
Inson  qadim  zamonlardan  boshlab  suvdan  turmush  ehtiyojlarini 
qondirishda  eng  sodda  usullarni  ko`plab  foydalanib  kelgan  bo`lsa  hozirgi 
kunga  kelib  suv  maxsus  inshoat  va  qurilmalar  yordami  titilib,  tabiiy  yoki 
sun`iy 
ravishda 
tozalanib, 
kerak 
bo`lgan 
hollarda 
zararsizlantirilib 
ishlatilmoqda.  Qishloq  xo`jaligi  va  sanoatda  suvning  o`rnini  hech  narsa  bosa 
olmaydi.  Masalan:  bug`doydan  olinadigan  hosilning  har  bir  tonnasi  uchun 
1500  tonna,  1  t  sholi  uchun  4000  t,  1  t  paxta  yetishtirish  uchun  1000 
tonnagacha  suv  talab  etiladi.  Sanoatda  1  t  g`isht  tayyorlash  uchun  1  -  2  t,  1 
tonna  ko`mir  qazib  chiqarish  uchun  3  t  1  tonna  po`lat  yoki  qog`oz  ishlab 


139 
 
chiqarish  uchun  esa  250  -  300  tonna  suv  zarur  boladi.  1  tonna  sintetik  tola 
ishlab chiqarish vaqtida esa 4000 t gacha suv talab etiladi. 1 tonna ip  -
 
gazlama 
tayyorlash  uchun  10  t  suv  sarflansa,  ba`zi  bir  sintetik  tolalardan  1  tonna 
gazlama tayyorlash uchun 3000 t suv talab etiladi. 
Suv  havzalarining  eng  arzon  transport  vositasi  ekanligi  ham  hammaga 
malum.  Suv  transportining  xalq  xo`jaligini  rivojlantirishdagi  ahamiyati 
beqiyosdir.  Shu  maqsadda  dunyodagi  lco`p  daryolar  kanallar  orqali  bir  -  biri 
bilan va dengizlar bilan tutashtirilgan
.
 
Daryolar juda katta energiya manbaidir. Shu sababli ko`pgina daryolarda 
eng arzon elektr energiyasi beruvchi GESlar qurilgan va qurilmoqda. 
Suv  ob`ektlarining  muhofaza  maqsadlari  uchun  ham  ahamiyati  kattadir. 
Chunki  mamlakatlar  chegaralarining  ko`p  qismi  daryolar  va  dengizlar  orqali 
o`tadi.  Ularni  sergaklik  bilan  qo`riqlash  uchun  shu  suv  ob`ektlarining 
gidrografiyasini va suv tartibini yaxshi o`rganish talab qilinadi. O`rtacha 0,505 
kkal/g.gard,  havoniki  -  237  kal/gard.  va  tuproqning  0,40  kal/g  gard  ga  teng. 
Suvning  harorati  o`zgarishi  bilan  uning  solishtirma  issiqlik  sig`imi  kam 
o`zgaradi. Suv issiqlik sig`imining kattaligi quruqlikdagi suvlarning sovushi va 
isishi  jarayonlarida  shuningdek,  butun  yer  kurrasi  iqlimining  hosil  bo`lishida 
muhim rol o`ynaydi. 
Suvning  yaxshi  erituvchilik  xususiyati  sababli  uning  tarkibi  doimo  ko`p 
yoki  oz  miqdorda  erigan  moddar  bo`ladi.  Erigan  moddalar  kontsentratsiyasi 
ko`pincha  mg/1  larda  ifodalanadi.  Suvda  erigan  magni y  va  kaltsiy 
birikmalarining  bolishi  uchun  qattiqligini  ta`minlaydi.  Qattiqlik  darajasi 
graduslarda  o`lchanadi:  1  1  suvda  10  mg  kaltsiy  oksidi  va  14  mg  magniy 
oksidi  bolsa  u  1  gradus  qattiqlikka  teng  boladi.  8  dan  kam  qattiqlikka  ega 
bo`lgan  suv  yumshoq  8  dan  16  gacha  o`rtacha  qattiq  va  16  dan  katta  bolsa 
qattiq  suv  hisoblanadi.  Qattiqligi  12  dan  kam  bolgan  suv  ichish  uchun 
yaroqlidir.  Qattiq  suv  texnik  maqsadlar  uchun  yaroqsiz  ular  metallar  sirtida 
korrogiyani tezlashtiradigan zararli qatlamlar hosil qiladi. 


140 
 
Suvda  vodorod  ionlari  juda  kam  boladi.  Kimyoviy  toza  suvda  vodorod 
ionlari uning qisman disotsiatsiyasi (N
2
 O - N + ON) natijasida paydo boiadi. 
Tabiiy suvlarda vodorod ionlari kondentratsiyasi asosan ko`mir kislotasi 
dissotsiatsiyasiga  bog`liq  boladi.  (N
2
  S0
3
  -  NS0
3
  +  N)  vodorod  ionli  (N) 
eritmasi  kislota  xususiyatlarini  ifodalovchisi  bolsa,  gidroksil  ioni  (ON)  esa 
ishqoriy  xususiyatlarni  ifodalaydi.  Kimyoviy  toza  suvda  ikkala  ion  bir  xil 
miqdorda  boladi.  Shu  sababli  u  neytroldir.  Bu  neytrol  reaktsiyada   vodorod 
ionlari kontsentratsiyasi 10-7 g/1 ga teng boladi. 
Odatda  suvdagi  vodorod  ionlari  kontsentratsiyasi  manfiy  belgili  o`qli 
logorifm  daraja  ko`rsatkichi  bilan  va  kontsentratsiya  miqdori  raqam  bilan 
ifodalanadi.  Shunday  qilib  neytral,  reaktsiyali  suvda  rN>7  boladi.  Agar  rN<7 
bolsa  reaktsiya  kislotali  (achchiq),  fN>7  bolsa  ishqorli  (nordon)  boladi. 
Tabiatdagi suvlarda rN 6,5 dan 8,5 gacha oraliqdagi qiymatlar kuzatiladi.  
Tabiiy  suvlarning  asosiy  ionlarga  quyidagilar  kirib,  ularning  to`rttasi 
musbat zaryadlangan (kationiar), 4 tasi manfiy zaryadlangan (anionlar)dir. 
3.  Dunyo  okeanidagi  suv  eritmadan  iborat  bo`lib  uning  tarkibida  44  ta 
element  borligi  aniqlandi.  Suvda  ayniqsa  tuzlar  ko`p.  Okean  suvi  bundan 
tashqari  gazlar  va  organik  yo`l  bilan  paydo  bo`ladigan  moddalar  bilan 
to`yingan. 
Suvda  erigan  mineral  moddalar  miqdoriga  qarab  suvning  sho`rligi 
aniqlandi.  Suv  sho`rligi  %,    hisobida,  ya`ni  1  kg  da  suvida  necha  gramm  tuz 
borligiga  qarab  o`lchanadi.  Okeanlarning  ochiq  qismlarida  suv  sho`rligi  o`rta 
hisobda 35% ga teng, ya`ni 1 kg suvda 35 g tuz bor. Okean suvining ko`pgina 
xossalari achchiq - sho`rligi solishtirma og`irligining va boshqalar shu suvdagi 
tuz  miqdoriga  bog`liq.  Shu  bilan  birgalik  mutloqa  sof  (toza  suv)  tuproq  hosil 
qilish  temperaturasi  ta`sir  etmagan  tog`  jinsi  kabi  unumsiz  bo`ladi.  Tabiiy 
dengiz suv esa unumdordir. 
Okean  suvinin  turi  tarkibidagi  moddalar  nisbati  Dunyo  okeanining 
hamma qismida deyarli bir xildir. 


141 
 
Tabiatdagi  barcha  suvlarning  asl  manbai  mantiyadagi  moddalardir.  Suv 
mantiyadan  tashqari  platnetalararo  bo`shliqdan  ham  keladi.  Taxminiy 
hisoblaming ko`rsatishicha, Yerga bir kecha  - kunduzda 15000 tonna meteorit 
moddalar  tushadi  va  ularning  o`rta  hisob  bilan  0,5%  ga  yaqini  suvdan  iborat. 
Binobarin,  Yer  yuzasidan  sutkasiga  77  m  suv  oladi.  Butun  geologik  yeralar 
mobaynida  ya`ni  3,5  mlrd  yilda,  Yerga  fazodan  90  km  ya`ni  Ladoga  ko`li 
suviga taxminan 100 baravar ko`p suv kelgan. 
Taxminiy hisoblarga asoslanib, butun yer shari yuzasiga magmadan yilga 
4  km  ga  yaqin  suv  ajralib  chiqadi,  deyish  mumkin.  Yeming  chuqur  qismidagi 
suv yuqori bosim ostida bo`lganidan bug`lanib keta olmaydi va tarkibida xlor - 
natriy hamda kaltsiy bo`lgan namokobdan iborat. 
Endogen suvlar  yer betiga ko`tarilgach, ularga geografik qobiqdagi tirik 
mineralizatsiyasi  o`zgaradi.  Dunyo  okeanidagi  suv  endogen  va  biogen  yo`l 
bilan  paydo  bo`lgan.  Eng  chuqurdagi  suv  juda  shur  bo`lsa,  muzliklar  suvi 
chuchuk  bo`ladi.  Shu  bilan  birga  dengizdagi  tuzlarni  daryolar  keltirgan  degan 
gipoteza  ham  bor.  Daryolar  quruqlikning  muttasil  ravishda  har  xil  tuzlarni 
keltirib,  ularni  dengizlar  tagida  juda  ko`plab  to`playdi.  Daryolarning  ham 
malum  bir  roli  bor  ekan,  lekin  daryolarda  xlorid  5,2  %  ,  karbonat  kaltsiy  6% 
ga  yetadi.  Dengizdagi  tuzlaming  qayerdan  kelib  chiqishi,  aniqrog`i  ularning 
ikki  xil  yo`l  bilan  paydo  boiganligi,  ya`ni  mantiyaning  ajralib  chiqqanligi  va 
materik  suvlardan  vodorodga  kelganligi  haqidagi  gipotezalarga  to`g`ri  baho 
berish  uchun  okean  bilan  qumqlik,  suv  bilan  tirik  organizmlar  o`rtasidagi  tuz 
almashinuvini hisobga olish zarur. 
Daryo suvlari bilan dengiz suvlarining tarkibi bir  - biridan farq qilishiga 
sabab shuki, okeandagi organizmlarning skleti va chig`anoqlari ko`pdan  - ko`p 
birikmalardan, shu jumladan tuzlardan vujudga keladi. 
Bu  moddalarning  bir  qismi  hayvonlar  va  o`simliklar  nobud  bo`lganda 
suv tagiga cho`kib, ularning aylanma harakati tugaydi. Organizmlarning skelet 
va  chig`anoqlari  tarkib  topishi  uchun  doimiy  ravishda  juda  ko`p  kaltsiy  va 


142 
 
kremniy sarf bo`ladi, ba`zi tirik organizmlar suvdan yod, mis, rux, vanadiy va 
boshqa xil elementlarni ajrata oladi. 
Shu jumladan quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin: 
1.
 
Dengizdagi tuzlaming asl manbai mantiyadir. 
2.
 
Okean bilan quruqlik o`rtasida tuz almashinuvi mavjud. 
3.
 
Okean suvlarining tuz rejimini tirik organizmlar tartibga solib turadi. 
Dunyo  okeani  suvining  sho`rligi  arxey  yerasida  25%  dan  hatto  10%  dan  kam 
bolgan,  ya`ni  o`sha  vaqtdagi  suv  havzalari  salgina  sho`r  bolgan  xolos. 
Okeanlarning  yuza  qismidagi  suvlar  sho`rligi  turli  joylarda  kam  farq  qiladi, 
biroq  sho`rlikning  tarqalishida  ham  har  holda  zonallik  qonuniyati  mavjud. 
Ekvatorial  zonada  suvning  sho`rligi  35%  va  undan  ham  bir  oz  kamroq.  Zond 
orollari  atrofida  esa  32%  gacha  tushib  ketadi.  Suv  sho`rligining  kamligiga 
sabab  yomg`irning  juda  ko`p  va  havoning  serbulut  ekanligidir.   Tropik 
oikalardagi okean suvlari ancha sho`r 36,9% ga yetadi. Bu o`lkalarda suvning 
juda  sho`rligi  ochiq  havoda  va  muttasil  etuvchi  passat,  shamollari  natijasida 
bug`lanishning kattaligi va yog`in miqdorining kamligidir. Mo`tadil maqsadda 
normal 35% atrofida bo`lib, qutbiy kengliklarda daryolarning ko`plab chuchuk 
suv  kelishi  natijasida  va  muzlarning  kelayotgan  suvlar  natijasida  32%  gacha 
tushib qoladi. 
Dengiz  suvlari  sho`rligining  o`zgarishidagi  umumiy  zonallikni  Dunyo 
okeanidagi  oqimlar  murakkablashtiradi,  iliq  suvlar  sho`r,  sovuq  suvlar 
chuchuk bo`ladi. Yog`in haddan tashqari ko`p tushadigan zonalarda joylashgan 
dengizlar  suvi  okean  suviga  qaraganda  har  doim  chuchukroq  boladi,  bunday 
dengizlar  suvining  sho`rlik  muzlari  bo`g`ozlarining  kengligiga  va  dengi zning 
qumqlik ichkarisiga qancha kirib borganligiga bog`liqdir. Masalan: Oq dengiz 
suvining  sho`rligi  Gorlo  boynida  34%  bolsa,  dengizning  o`rta  qismida  25%, 
Dvina gubasida 7%. 
Yog`in  kam  tushadigan  zonalarda  joylashgan  dengizlar  suvi  okean 
suviga nisbatan sho`r boiadi, chunki qizib yotgan quruqlik dengizning suvning 


143 
 
bug`lanishiga  ta
`
sir  etadiy  Dunyo  okeanidagi  eng  sho`r  suv  Qizil  dengizda 
bolib,  bu  yerda  sho`rlik  41%  ga  yetadi.  Dengiz  mo`tadil  iqlimli  quruqlikning 
qanchalik  ichkarisida  bolsa,  sho`rligi  shuncha  kamaya  boradi.  Chunonchi 
Marmar  dengizida  25%,  Qora  dengizda  18%,  Azovda  12%,  Chekka 
dengizlarda suvning sho`rligi okeandagiga tengyo km kam. Dunyo okeanidagi 
tuz  mo`tadillari  shu  qadar  ko`pki,  agar  uni  suvning  ajralib  olib,  materiklar 
ustida yoyilsa qalinligi 153 m li tuz qatlami hosil bo`ladi. 
Dengiz suvning osh tuzi, magniy, brom, kaliy tuzlari va boshqa ko`plab 
elementlar  hamda  birikmalar  olinadi.  Bundan  tashqari  suvda  Azot,  S0
2
,  0
2
 
ba`zan  esa  oltingugurt  ham  bor.  Azot  suvga  atmosferadan  o`tadi. 
O`simliklarning  oziqlanishi  organik  birikmalar  asosan  nitratda  azot  ham 
ishtirok etadi. 
Suvga  atmosferadan  o`tuvchi,  vulqanlar  otilganda  va  organik  moddalar 
parchalanganda  hosil  bo`luvchi  karbonat  angidrit  S0
2
  gazi  okean  suvida  har 
doim  yetarli  miqdorda  bo`ladi.  Ba`zan  okeanlar  tagidagi  hayvonlar  ko`p 
joylarda  bu  gaz  me`yoridan  ortiq  ham  bo`ladi.  Dengizlarning  chuqur 
cho`kmalarida  okeanning  sho`r  suvi  tutib  qoladi  va  yuqorig  ko`tarila  olmay 
oltingugurt vodorodiga to`yinib qoladi va oltingugurt hosil bo`ladi. 
l.
 
Yer  sirtining  okeanlar  va  dengizlar  suvlari  bilan  qoplangan  yuzasi 
umumiy  nom  bilan  Dunyo  okeani  deb  ataladi.  U  planetamizning  suv  qobig`i 
bo`lgan  gidrosferaning  ajralmas  va  asosiy  qismidir.  Gidrosfera  dunyo 
okeanidan  tashqari  yuqorida  aytilganidek,  quruqlikdagi  suvlar,  daryolar, 
ko`llar va  muzliklardan, atmosferadagi suv bugiaridan,  tuproqdagi namlikdan, 
shuningdek, yer osti suvlaridan tashkil topgan. 
Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln km)ning 361 mln. 
km  yoki  71%  ini  egallagan,  quruqlik  yuzasi  esa  149  km  yoki  uning  20%  ini 
tashkil  etadi.  Yer  kurrasida  quruqlik  va  suv  yuzalari  notekis  taqsimlanadi: 
quruqlikning  katta  qismi  shimoliy  yarim  sharda  bo`lib,  uning  yuzasi  39%  ni 
tashkil  etadi:  Janubiy  yarim  sharda  esa  quruqlik  bor  yo`g`i  10%  ni  egallagan. 


144 
 
Bunday  taqsimlanish  atmosferaning  umumiy  tsirkulyatsiyasiga  va  suvning 
tabiatdan  aylanishiga  katta  ta`sir  ko`rsatadi.  Gidrosferaning  turli  qismlarida 
suv miqdorining taqsimlanishi to`g`risidagi ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, 
Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1386 mln. km dan ortiq. 
Bundan  1338  mln.  km  dunyo  okeanida,  294  mln.  km  Yer  po`stida,  26 
mln. km  muzliklarda, 176  ming km  ko`llarda, 2,1  ming km  esa daryolardadir. 
Yerdagi  suvning  umumiy  hajmi  taxminan  hisoblangan,  chunki  yer  osti 
suvlarining miqdori ham unchalik hisoblangan emas. 
Dunyo  okeanida,  294  mln.  km  Yer  po`stida,  26  mln.  km  muzliklarda, 
176  ming  km  ko`llarda,  2,1  ming  km  esa  daryolardadir.  Yerdagi  suvning 
umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori ham 
unchalik hisoblangan emas. 
Yer  kurrasidagi  chuchuk  suvlarning  umumiy  zahirasi  35  mln.  lan  deb 
baholanadi.  (Yerdagi  umumiy  suv  hajmining  2,3%i),  uning  68%  dan 
ko`prog`i  Antarktida  va  Grenlandiya  muzliklarida  va  30%  i  yer  osti 
suvlaridan  iboratdir.  Hozirgi  paytda  foydalanish  uchun  mumkin  bo`lgan 
chuchuk  suvlar  miqdori  Yerdagi  umumiy  suv  hajmining  taxminan  0,3%  ini 
tashkil etadi. 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish