Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet57/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Geografik tarqalishi. Arpabodiyon o‘simligining vatani Turkiya. Voronej va Belgorod viloyatlarida, Volga bo‘yida, Shimoliy Kavkazda, Ukrainada va O‘rta Osiyoda o‘stiriladi. Selektsionyerlar arpabodiyonni yuqori hosilli va efir moyiga boy yangi navlarini (Alekseevskiy 38 va boshqalar) yetishtirdilar. Shu navlar jamoa va davlat xo‘jaliklarining dalalarida o‘stirilmoqda.
Mahsulot tayyorlash. Arpabodiyon mevasining 50—60% pishganidan so‘ng (oldingi soyabondagi mevalar qo‘ng‘ir, qolganlari esa yashil rangga kirganida) yig‘ila boshlanadi. O‘simlik yyerustki qismini mashinada o‘rib, bog‘-bog‘ qilib bog‘lanadi. Xom mevalar yetilishi va o‘simlik qurishi uchun poyaning mevali qismini tepaga qaratib, to‘plab qo‘yiladi. Havo ochiq vaqtida dalada, yog‘ingarchilik vaqtida esa usti byerk joyda quritiladi. Xom mevalar yetilganidan keyin qurigan o‘simlik yanchiladi va shamol mashinada sovuriladi, so‘ngra mevalar elanib, aralashmalardan tozalanadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot sariq-kulrang yoki qo‘ng‘ir kulrang qo‘shaloq pistadan iborat. Meva uzun bandli, tuxumsimon yoki teskari noksimon, asos qismi keng bo‘lib, uchki qismiga qarab toraya boradi. Meva uzunligi 3— 5 mm, eni (asos qismi bo‘yicha) 2—3 mm. Pishgan mevasini ikki bo‘lakka (o‘rtasidan uzunasiga) ajratish mumkin. Har qaysi meva bo‘lagi ichida bittadan (meva po‘stiga yopishgan) urug‘i bo‘ladi. Meva bandining yuqori qismi ayrisimon bo‘lib, har qaysi qismiga meva bo‘laklari o‘rnashgan. Mevaning yuqori qismida besh tishli gulkosacha va ikki tomonga egilgan onalik ustunchasi saqlanib qolgan. Yarimta mevalarning ichki tomoni tekis, bir-biriga tegib turadi, ustki tomoni esa do‘ng bo‘lib, 5 ta uzunasiga joylashgan qovurg‘alarga ega. Qovurg‘alarning ikkitasi chetki hisoblanadi. Mevadagi tuklar juda mayda, ular faqat lupa yoki mikroskop ostida ko‘rinadi. Mahsulot o‘ziga xos xushbo‘y hidga va shirin-o‘tkir mazaga ega.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Arpabodiyon va soyabonguldoshlar oilasiga kiruvchi boshqa o‘simliklar mevasi glitsyerinning suvli aralashmasida, so‘ngra glitsyerinning spirtli aralashmasida 1 sutka davomida yumshatiladi. Yumshagan mevani parafin ichiga olib ko‘ndalangiga kesiladi va xloralgidrat yeritmasi yordamida mikroskop ostida ko‘riladi. Mevaning umumiy tuzilishini o‘rganish uchun butunligicha kesib olingan preparat mikroskopning kichik ob’ektivida ko‘riladi. Ko‘ndalang kesimda mevaning ikki bo‘lakdan — yarimta mevalardan tashkil topganligi aniq bilinadi. Har qaysi bo‘lakning ichki tomoni tekis va ustki tomoni do‘ng bo‘ladi. Do‘ng tomonida beshtadan turtib chiqqan joylari (5 ta qovurg‘a o‘tgan yyer) bo‘lib, unda (qovurg‘alarida) o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari o‘rnashgan, tevaragida esa efir moyi (odatda yarimta mevalarning tekis, ichki tomonida 2 ta, ustki tomonida esa 15 tagacha) kanalchalari bo‘ladi. Bu kanalchalar bo‘sh bo‘lishi ham mumkin. Mevaning ustki tomoni siyrak, mayda, bir hujayrali, so‘galli, tuklar bilan qoplangan. Urug‘i yirik endospyerma va uncha katta bo‘lmagan urug‘ pallasidan tashkil topgan.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish