Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 1,2—3,2% (ba‘zan 6% gacha) efir moyi, 8—28,4% yog‘ va oqsil moddalari bo‘ladi.
Ishlatilishi. Arpabodiyon mevasi preparatlari va moyi tibbiyotda bronxit kasalligida balg‘am ko‘chiruvchi, ichak faoliyatini yaxshilovchi, yel haydovchi dori sifatida hamda farmatsevtikada dorilar mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi. Arpabodiyon urug‘idan olingan moy sovun pishirishda qo‘llaniladi. Mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida, anetol esa parfyumyeriyada ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Arpabodiyon efir moyi. Arpabodiyon efir moyi ko‘krak eleksiri va nashatir arpabodiyon tomchisi tarkibiga kiradi. Mevasi ich yumshatuvchi va ko‘krak og‘rig‘iga qarshi ishlatiladigan yig‘malar-choylar tarkibiga kiradi. Arpabodiyon efir moyi anizet — Pimpinella anisetum Boiss. o‘simligi mevasidan ham olinadi. Anizet ikki yillik o‘t o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Bu o‘simlik mevasi tarkibida 8% dan ko‘proq efir moyi bo‘ladi. Efir moyi tarkibida esa 77—87% anetol bor.
DARMANA SHUVOQ
O‘simlikning nomi. Darmana shuvoq — Artemisia cina Byerg., astradoshlar — Astyeraceae (murakkabguldoshlar — Compositae) oilasiga kiradi. Bo‘yi 40—70 sm ga yetadigan yarimbuta. Ildizi 1,5—2 m uzunlikda bo‘lib, bir qancha mayda ildizchalarga shoxlangan. Poyasi bir nechta, qizg‘ish rangli, tik o‘suvchi yoki yuqoriga ko‘tariluvchi, biroz qiyshiq, pastki qismi yog‘ochlangan, yuqori qismi shoxlangan. Bargi oddiy, ikki marta patsimon ajralgan. Barg bo‘laklari kalta, chiziqsimon. Poyaning patski qismidagi barglari bandli, yuqori qismidagilari esa bandsiz, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari savatchaga to‘plangan. Savatchalar ro‘vakni tashkil etadi. Mevasi — kulrang, tuxumsimon pista. Avgust-sentabr oylarida gullaydi, mevasi oktabrning ikkinchi yarmida yetiladi.
Geografik tarqalishi. Yovvoyi holda faqat Janubiy Qozog‘istonning Chimkent viloyatida hamda Tojikistonning shimoliy tumanlaridagi tekis va tog’‘li yyerlarda, cho‘llarda, daryo-vodiylarida, soyliklarda va suv bo‘ylarida o‘sadi.
Ishlatilishi. Gul g‘unchasi va uning preparatlari dumaloq gijjalar (ayniqsa, askaridalar) ni haydash uchun ishlatiladi. Mahsulotdan olingan efir moyi — darminol baktyeritsid ta’sirga ega. U antiseptik dori sifatida hamda bod, nevralgiya va boshqa kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Shuning uchun bronxial astma, bod, ekzema va boshqa kasalliklarni hamda rentgen nuri ta’sirida kuygan joylarni davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |