Dorivor preparatlari. Poroshok, kamforaning shaftoli moyidagi 20% li yeritmasi (ampulada), kungaboqar moyidagi 10% li yeritmasi, spirtdagi 10% li yeritmasi va surtmasi.
FENXEL (DORIXONA UKROPI)
O‘simlikning nomi. Oddiy fenxel (Dorixona ukropi) — Foeniculum vulgare Mill. (Foeniculum officinalis All.), seldyerdoshlar — Apiceae (soyabonguldoshlar — Umbellifyerae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik (plantatsiyalarda ikki yillik qilib o‘stiriladi), bo‘yi 90—200 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, ko‘p qirrali va syershoxli. Bargi uch-to‘rt marta patsimon ajralgan va qini bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg bo‘laklari ingichka chiziqsimon yoki iðsimon. Gullari mayda, sariq bo‘lib, murakkab soyabonga to‘plangan. Soyabonda o‘rama va o‘ramacha barglar bo‘lmaydi. Kosachabargi, juda mayda, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi — qo‘shaloq pista. lyul-avgust oylarida gullaydi, mevasi sentabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Yovvoyi holda O‘rtayyer dengiz qirg‘og‘ida o‘sadi. Moldova va Ukraina (Xmelnitskiy viloyati) da, Voronej viloyatida, Krasnodar o‘lkasida va Shimoliy Kavkazda o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Mahsulot arpabodiyon mevasiga o‘xshab yig‘iladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot och yashil-qo‘ng‘ir rangdagi qo‘shaloq pistadan iborat. Mevaning har ikkala uchi biroz toraygan, uzunligi 8—10 mm, eni 4 mm, uzunasiga ikki bo‘lakka oson ajraladi. Har qaysi yarimta mevaning tashqi tomoni do‘ng, ichki tomoni tekis. Yarimta mevalarda 5 tadan turtib chiqqan qovurg‘alar bo‘lib, uchtasi do‘ng tomonga, ikkitasi yon tomonga joylashgan. Mahsulot hidi va mazasi arpabodiyon mevasining mazasini va hidini eslatadi.
Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 3—6,5% efir moyi, 20% gacha yog‘ va oqsil moddalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Dorixona ukropining mevasi va preparatlari yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda balg‘am ko‘chiruvchi, ich yumshatuvchi hamda yel haydovchi dori sifatida me’daichak kasalliklari va meteorizm (ichaklarda gaz to‘planishi, qorin dam bo‘lishi)da ishlatiladi. Ba’zan meva o‘t pufagi va buyrak-toshi kasalligida ham qo‘llaniladi. Efir moyi farmatsevtikada miksturalar ta’mini yaxshilash uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Meva kukuni surgi dori sifatida qo‘llaniladigan qizilmiya ildizining murakkab kukuni tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, meva yel haydovchi, ich yumshatuvchi choylar tarkibiga ham kiradi. Dorixona ukropining efir moyidan ukrop suvi tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |