Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet50/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Mahsulot tayyorlash. Mahsulot o‘simlik qiyg‘os gullaganda tayyorlanadi. Savatchalardagi gullar gullay boshlaganda tilsimon gullar yuqoriga qaragan bo‘lib, to‘liq gullagan davrida gorizontal holatga o‘tadi. Gullab bo‘lgandan so‘ng tilsimon gullar pastga qarab yo‘naladi. Ayni shu vaqtda naychasimon gullarda meva hosil bo‘la boshlaydi. Savatchalardagi gullar qiyg‘os gullagan davrida, ya‘ni tilsimon gullar gorizontal holatga o‘tgan vaqtida savatchalar tarkibida efir moyi eng ko‘p yig‘iladi. Shuning uchun mahsulotni shu davrda tayyorlash tavsiya etiladi. Savatchalar qo‘l bilan yulib yoki xaltachali maxsus qaychi bilan qirqib, yoki xaltali maxsus xokandozga o‘xshagan taroq yordamida yulib olinadi. Yig‘ilgan savatchalar aralashmadan tozalangandan so‘ng soya yyerda yoki quritgichlarda 40° dan oshiq bo‘lmagan haroratda quritiladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot savatchaga to‘plangan gullardan iborat. Dorivor moychechak savatchasining diametri 4—8 mm, yarim sharsimon bo‘lib, o‘rama barglari chyerepitsaga o‘xshab joylashgan. Savatcha chetidagi oq tilsimon gullari 12—18 ta bo‘ladi. O‘rtadagi gullari sariq, ikki jinsli, naychasimon, gulkosachasi bo‘lmaydi, gultojisi besh tishli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, pastga joylashgan. Yashil moychechakning savatchasi maydaroq bo‘lib, yashil naychasimon gullardan tashkil topgan. Gulkosachasi yupqa parda shaklida, gultojisi to‘rt tishli. Savatchaning gul o‘rni konussimon, tuksiz va ichi bo‘sh. Ana shu belgilari bilan oddiy va yashil moychechak savatchasi boshqa o‘simlik aralashmalaridan (moychechak o‘simligi o‘sadigan yyerda uchraydigan boshqa turlaridan) farq qiladi. Har ikkala moychechaq mahsulotining xushbo‘y hidi va achchiqroq, o‘tkir mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Savatchaga to‘plangan gullar tarkibida 0,22—0,8% efir moyi, apiin, kvyertsimyeritrin, kvyertsetin, lyuteolin va boshqa (35 tacha birikmalar) flavonoidlar, matrikarin, proham azulen, kumarinlar (umbellifyeron, gyerniarin), karotin, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Moychechak ichaklarning yopishib qolishi (ichaklar spazmiga) ga, mikroblarga, allyergiyaga va yallig‘lanishga qarshi hamda yaralarni davolovchi ta’sirga ega. Shuning uchun uning dorivor preparatlari me’da-ichak (ichak yopishib qolganda va ich ketganda) va ginekologik kasalliklarni davolashda hamda tyer va yel haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Bo’lardan tashqari, moychechak guli yumshatuvchi, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi (og‘iz, tomoqni chayqashda, shifobaxsh vanna hamda klizma qilishda) vosita sifatida qo‘llaniladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish