Meyyer qoraqati-Ribes meyyeri Maxim.
Ko‘p yillik, kichik buta bo‘yi 1,5 m sariq, tuksiz ayrim hollarda siyrak tukli novdalarga ega. Kalta shoxchalaridagi barglarining uzunligi 2,5-5,5 sm va eni 6-7 sm, bosh bo‘lakli yuraksimon, chetlari tishchali, shingillari kalta 2-4 sm ko‘p gulli 4-12 gulli va gul bandlari 1,5 -2 mm uzunlikda, tuklangan. Gullari sariq yoki och pushti. Mevalari qoramtir binafsha rangda, 6-8 mm diametrda. Iyunda gullab, avgustda mevalari pishib yetiladi.Tog’‘larni butazorlarda, sub alp o‘tloqlarigacha ko‘tariladi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, viloyatlarida uchraydi.
Limfatik bezlar, tubyerkulozda, qon bosimi ortganda, jigar, yurak, yo‘tal, oshqozon og‘rig‘ida, diatezda tyeri xastaliklarida ishlatiladi.
Ikki uyli chayano‘t-Krapiva jguchaya-Urtica dioica L.
Ko‘p yillik, o‘t o‘simlik. Ildiz poyasi orqali ko‘p sonli poyalar hosil qiladi. Poyalar balandligi 60-100 sm, ko‘p sonli kuydiruvchi tuklari bor. Yaproqlari tuxumsimon, yuraksimon, chetlari chuqur tishchali. Gullari uzun shoxlangan to‘pgullar ega. May-sentyabr oylarida gullab urug‘laydi. O‘zbekistonning tog’‘li mintaqalarida tarqalgan. Toshkent, Farg‘ona Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxandaryo, Xorazm, Qashqadaryo, Qoraqalpog‘istonda tarqaladi.
Tibbiyotda bargi ishlatiladi. Bargi tarkibida vitamin C, K, karotinoidlar, pantoten kislota, organik kislotalar, oshlovchi moddalar bor. Bargidan olingan xlorofill farmatsevtikada va oziq-ovqat sanoatida bo‘yoq modda sifatida ishlatiladi.
Doira bargli ko‘kmaraz- Andrachne rotundifolia C.A.Mey.
Ko‘p yillik, buta, tuksiz, shoxlangan. Poyasi bir yoki bir nechta, yo‘g‘onligi 1 mm balandligi 10-20-25 sm, ingichka qoburg‘ali, asos qismi yo‘g‘onlanuvchi. Barglari doirasimon, etli, yaprog‘ini uzunligi 4-11 mm va eni 5-9 mm, bandini uzunligi 1,5-3-4 mm, chetlari mayda tishchali. Gullari 2-4 tadan barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Yerkak gulari (changchisi), ipsimon tutqichli 1-1,5-(2) mm uzunlikda. Urug‘chi gullar tutqichi 1,5-2,5-3 mm uzunlikda, kosacha barglari rombiksimon to‘mtoq.1,75-2 mm uzunlikda, yashil. Ko‘sagi 3 chanoqli 1,75-2 mm uzunlikda va diametri 2,3-3 mm oq plyonkasimon. Urug‘i burchakli 1,5-1,75 mm uzunlikda va eni 1 mm qora rangda. Aprelda gullab avgustda urug‘lari yetiladi.
Ekinzorlarda, tog’‘larni gil tuproqli, qumli joylarida o‘sadi. Andijon, Namangan, Farg‘ona Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Xalq tabobatida qaynatmasi damlamasi kuchli ichburug‘da qo‘llaniladi. Vetyerenariyada otlarni kuchli tyerlashini qoldirish uchun damlamasi ichiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |