Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Kochi qatroni-Crambe kotschyana Boiss



Download 28,52 Mb.
bet110/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Kochi qatroni-Crambe kotschyana Boiss.


Ko‘p yillik, ildizi yo‘g‘on etli, poyasi bittadan, balandligi 50-150 sm, shoxlangan, egatchali, bezli tuklar bilan qoplangan. Ildiz oldi barglari uzun bandli, yaprog‘ini uzunligi 30 sm va eni 50 sm, buyrak va yuraksimon. Gul to‘plami supurgisimon, shoxchalari ko‘p sonli gullarga ega. Kosachasi 4-5 mm uzunlikda, dag‘al tukli. Tojbarglari oq, 7,5-11 mm uzunlikda, teskari tuxumsimon. Urug‘ tutqichlari yuqoriga qaragan 2-4 sm uzunlikda. Yuqoridagi qo‘zoq a’zolari 5,5-6 mm enlikda, sharsimon, qanotchali.
Mart oyini oxirida gullaydi, urug‘lari iyun o‘rtalarida yetiladi.
Tog’‘larning pastki va o‘rta qismlarida, tuproqli va shag‘alli yyerlarda o‘sadi. Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.
Ildizida ko‘p miqdorda kraxmal saqlaydi. Ildizi ovqat sifatida ishlatiladi. Urug‘lari nafas yo‘llarining shamollashida istemol qilinadi. Gullarini ovqat xazm qilish tizimi kasalliklarida ishlatiladi.

Marshall chitrang‘isi-Yerysimum Marschallianum Andrz.


Ikki yillik, shoxlangan bitta poya hosil qiladi. Balandligi 25-100 sm tuklangan. Tuklari 2-4-5 boshchali. Barglari ham poyadagi kabi tuklar bilan qoplangan. Gulkosasi uzunchoq yumaloq bo‘lib, 4 boshchali tuklar bilan qoplangan. Tojbarglari sariq, 8-10 mm uzunlikda. Qo‘zog‘i 2-7,5 sm uzunlikda va eni 1,8 mm.
May-iyun oylarida gullab urug‘laydi. Tog’‘larning o‘rta mintaqasidagi tuproqli, tosh va shag‘alli maydonlarida o‘sadi. Toshkent viloyati (Angren daryosi yuqori qismida) tarqalgan.
Yyer ustki qismi urug‘lari bilan yurak qon-tomir xastaliklarida qo‘llaniladi.

Shoxlangan chitrang‘i-Yerysimum diffusum Ehrh. (E. canescens Roth).


Ikki yillik, poyasi bir yoki bir nechta bo‘lib, 30-80 sm, ikki boshli tuklar bilan qoplangan. Barglari ham ikki boshli tuklar bilan qoplangan, uzunchoq, tekkis chetli. Gulkosasi 6-8 mm uzunlikda, tuklangan. Tojbarglari sariq, 12-14 mm uzunlikda. Qo‘zog‘i to‘rtburchakli, to‘g‘ri, ingichka 45-70 mm uzunlikda, eni 1 mm. May-iyun oylarida gullab urug‘laydi. Tog’‘larning o‘rta mintaqalarida, mayda toshli tuproqlarda o‘sadi. Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida tarqalgan.
O‘simlikdan tayyorlangan spirtli nastoykasi yurak qon-tomir xastaliklarida, yurak parogida, stenokardiya, vegitativ nevrozlarda ishlatiladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish