Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet116/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Na’matak (Rosa maracandica Bge.) ra’noguldoshlar oilasidan, bo‘yi 1 m ga yetadigan past bo‘yli butadir. Poyasi shoxlangan, eski shoxlarining poya qobig‘i kulrang, yosh novdalariniki qo‘ng‘ir-qizil. Ularning tikani ko‘p, shoxlaridagi barglari to‘p bo‘lib joylashgan. Bargchalari mayda, 5—9 ta, uzunligi 2—6 mm, tuxumsimon, ba’zan dumaloq, tuksiz, yonbarglari juda ingichka, uzunligi 3—8 mm. Na’matak aprel oyining boshlarida ko‘karadi. Ildizi o‘qildiz, tuproqning yuza qatlamlariga ham tomir yoygan. U may-iyun oylarida gullaydi. Gullari bittadan, ingichka, kalta bandli. Gulkosasi lansetsimon, uzunligi 4—6 mm. Gultoji oltinsimon, sariq rangli, aylanasi 1,5—2,5 sm. Mevasi iyun-avgust oylarida pishadi. U sharsimon, ichida urug‘lari bo‘ladi. Na’matak payvandtag sifatida juda ko‘p ishlatiladi. U respublikamizning hamma tog’‘larida ko‘p uchraydi. Mevasi tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lganligi uchun immun tizimini mustaxkamlashda tibbiyot va xalq tabobatida ishlatiladi. Bundan tashqari, tarkibida jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorivor moddalar ham mavjud.
Qo‘ng‘ir na’matak (Rosa kokanica Rgl.) ra’noguldoshlar oilasidan, bo‘yi 1,5— 2 m ga yetadigan butadir. Poyasi syershoh, eski tupining po‘stlog‘i binafsha-qo‘ng‘ir tukli. Tikanlari ko‘p, barglari 7—9 ta, ellips shaklida yoki teskari-tuxumsimon, uzunligi 8— 17 mm, eni 6—13 mm. Qo‘ng‘ir na’matak mart-aprel oylarida ko‘karadi. May-iyun oylarida gullaydi. Gullari 1—2 ta, yo‘g‘onligi 1 — 1,25 mm, gulbandi 4 sm uzunlikda. Gultoji sariq, diametri 4,5—5 sm. Mevasi iyul-oktyabr oylarida pishadi. Ko‘sakchasi ko‘kish-qo‘ng‘ir, urug‘i qoramtir, bir nechta. Qo‘ng‘ir na’matak archazorlar orasida, qoyaliklarda juda ko‘p o‘sadi. U tog’‘ mintaqasining tipik o‘simligi hisoblanadi. Bu ham na’matak singari tibbiyotda, xo‘jalikning boshqa sohalarida keng ishlatiladi.
Qizilcha-Efedra (Ephedra distachya L.) zag‘ozadoshlar oilasidan, bo‘yi 1—1,5 m ga yetadigan yo‘g‘on poyali, syershox butadir. Poyasining qobig‘i kulrang, shoxchalari tik, tarvaqaylab o‘suvchi, silliq, ingichka, yo‘l-yo‘l, bo‘g‘im oralig‘ining uzunligi 2 sm. Barglari qarama-qarshi joylashgan, tangachasimon, pardali, uchburchak. Qizilcha aprel oyida ko‘karadi. Iyun oyida gullaydi. Changchi hosil qiluvchi shoxchasi bittadan, sharsimon, 2—4 gulli bo‘ladi. Gulyonbarglari oval shaklida. Changdoni qisqa bandli, 1 tadan yoki 2—3 tadan, bir gulli. Mevasi iyul oyida pishadi. Uning uzunligi 6—7 mm, sharsimon, etli, qizil, urug‘I 4—6 mm uzunlikda, nashtarsimon, ikki tomoni qabariq. Qizilcha respublikamizning yuqori tog’‘ qismida ko‘p o‘sadi. Uning yosh novdalarida efedrin alkaloidi bor. Undan kishilar qadimdan turli kasalliklarni, ayniqsa, oshqozon va bod kasalliklarini davolashda dori sifatida foydalanganlar. So‘nggi yillarda qizilchaning ba’zi turlari tarkibida alkaloid ko‘pligi aniqlandi. Masalan, qizilchaning Kuzmichev o‘ti yoki zag‘oza degan turidan bronxial astma (nafas qisishi) kasalligiga qarshi ishlatiladigan dori-darmonlar tayyorlanadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish