4 – sinf Diktant
Do‘stlik yengdi
Oppoq qor bilan qoplangan o‘rmonda jimjitlik hukmron. Archazorlar orasidagi inlarda quyonlar Yangi yilni kutishga hozirlik ko‘rishdi. Lekin och bo‘ri bilan tulki bunga to‘sqinlik qilishdi.
O‘rmondagi hayvonlar maslahatlashdilar. Bo‘ri bilan tulkining yovuz niyatlarini puchga chiqarmoqchi bo‘ldilar.
Ular o‘rmon ichidagi chuqurlik ustiga shox – shabba tashladilar. Kechasi qor yog’di. Chuqur usti xuddi tekis yerdek bo‘lib qoldi. Bo‘ri bilan tulki kela turib chuqurga tushib ketishdi. Atrofga bekinib turgan hayvonlar rosa kuldilar. Bo‘ri, tulki ularga yalinishdi. Endi hech yomonlik qilmaslikka so‘z berishdi.
Endi o‘rmondagi barcha hayvonlar do‘st – inoq yashamoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |