Табиий фанлар факультети экология кафедрасининг 2016-2017 ЎҚув йилининг биринчи ярим йиллигида бажариладиган курс ишлари тўҒрисида маълумот


Kurs ishining o’rganilganlik darajasi



Download 233,5 Kb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi233,5 Kb.
#794616
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
озик режими

Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari va ahamiyati bo’yicha tavsiyanomalar birinchi bor berilmoqda.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari va ahamiyatining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishdan iborat.

  • Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari va ahamiyatini o’rganish;

Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari va ahamiyatini o’rganish.
Kurs ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari va ahamiyati bo’yicha olingan natijalar uslubiy ko’rsatma sifatida shubhasiz yordam beradi.
I- BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI.
Ozbekiston tuproqlari 1-tom monografiyasining 1949 yilda nashr etilishi bilan O zbekiston hududini tuproqlar nuqtai nazaridan zamon talablari asosida ajratish boshlandi, qaysiki, monografiya mualliflari va boshqa tadqiqotchilarning keyingi (Gorbonov, Kemburg 1952, 1961, 1962, Gorbunov, Lobova, Kemberg, Shuvalov, 1951; Kemberg 1950, 1953, Lobova, 1956, 1957, 1960, 1965; Suchkov 1950) ishlari tufayli hozirgi kunda keng tarqalgan. Shuni ta’kidlash lozimki, katta maydonlarga nisbatan aynan MDH barcha janubiy-sharqiy va ba’zi chet el hududlari uchun tuproq geografik qonuniyatlarining shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
R.Abdullayev (2002) Ko‘p yillik daraxtlarda xususan olma daraxttini oziqa elementlariga o’ta talabchan bo‘lishi bilan birga sug‘orishga ham uta talabchan chunkiy 12-15 yillik hosilga kirgan katta daraxt ildizlari yuqori normada suvni yerdan oladi, shuning uchun olma bog‘larni suvni o‘zida ko‘proq saqalab namga ega bo‘ladigan tuproqlarga ekish kerak deb o‘qtiradi aftir o‘zini ishlaridan misollar keltiradi.
Tuproqshunoslik fanining asoschilaridan biri V.V.Dokuchayev tarifiga ko’ra, turoq uni xosil qiluvchi oltita omillarning o‘zaro aloqadorligi yig‘indisidir, ya’ni iqlim, tuproq xosil qiluvchi jins joyning relyef, tirik jonzotlar va inson faoliyatidir. Tabiiyki, biror omilni o‘zgarishi boshqasiga ta’sir etadi, tuproqni turlicha xossalari bilan paydo bo‘lishiga olib keladi.
Olimning bu g‘oyalari V.I.Vernadskiyni biosfera to‘g‘risidagi ilmiy ishlarida, V.I.Sukachyevning biogeotsenologiya ta’limotida, shuningdek V.A.Kovda, uning shogirdlari tomonidan rivojlantirildi.
Eramizdan avvalgi 372-278 yillarda Teofrast ko‘p yillik ma’lumotlarini o‘zaro taqqoslashi natajasida o‘simliklarni o‘sishi iqlim, tuproq va parvarishlash sharoitiga bog‘liq ekanligini topdi, va nihoyat XIII asrda A.Velikiyu ekologik masalaga to‘xtalib, o‘simliklar qishki tinim davridagi holatini, ularni oziqlanishi iqlimga, tuproqga va issiqlikka bog‘liq holda o‘tishini bayon etgan.
Bu ishlarni K.Linney ko‘plab ma’lumotlar bilan boyitdi. Keyinroq, XIX asrda P.S.Palles (1741-1811), I.I.Lepexin, keyinchalik A.N. Beketov (1825-1902) biologik kompleks xaqida o‘z fikrlarini bayon etadi, u o‘simliklarni ekologik-fiziologik klassifikatsiyasini taklif etdi.
Nemis olimi A.Teer X1X asr boshlarida yozgan “Qishloq xo’jaligining ratsional asoslari” nomli 4-tomli kitobida dehqonchilik yana 2-qismga bo’lindi. 1-qismda umumiy masalalar o’rganilib umumiy dehqonchilik deb yuritildi, 2-qismida har qaysi o’simliklar texnologiyasi o’rganilib, o’simlikshunoslik deb yuritildi.
Dehqonchilik fanini rivojlanishida qator olimlar o’z xissasini qo’shgan. Masalan: M.V.Lomonosov (1711-1765) “Yer qatlamlari haqida” nomli asarida qora tuproq kelib chiqishini bayon qildi.
A.T.Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarinida yer tuzilishi, almashlab ekish, begona o’tlarga qarshi kurash, o’g’itlash masalalari bo’yicha maqolalar bilan dehqonchilikning asosiy printsiplarini ta’rifladi. U yetti dalali almashlab ekishning 3 ta dalasi quruq bo’lishini bayon etdi.
I.M.Komov 1898 yilda “Dehqonchilik haqida” asarida partov sistemasiga qarshi chiqib u ko’p dalali va ekinlar navbatlab ekiladgan almashlab ekishni tavsiya qildi.
D.I.Mendeleev mineral o’g’itlarni qo’llashni tekshirib, dehqonchilikni intensifikatsiyalashga da’vat etdi.
M.G.Pavlov (1793-1840) almashlab ekishni keng tashviqot qildi. K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov A.G.Doyarenko, K.K.Gedroyts va boshqa olimlar o’simliklarni oziqlanishi va uni boshqarish masalalari bo’yicha qator asarlar yaratganlar.
S.N.Rijov (1903­1981) O’zbekiston paxtachilik mintaqalarida g’o’zani sug’orish, tuproqning fizik xossalarini o’rganib, dehqonchilik rivojlanishiga katta xissa qo’shdi.
M.Muhammadjonov, S.Tursunxujaev va boshqalar qadimdan sug’orib dehqonchilik qilinayotgan mintaqalarda g’o’za, yem-xashak ekinlari ekiladigan yerlarda almashlab ekishni joriy qilish, yerlarni chuqur xaydash va xaydalma qatlam qalinligini tabaqalashtirish va tuproq unumdorligini tubdan oshirishga undovchi dehqonchilikni yangi tizimini ishlab chiqdi va shu borada ish olib bordilar.
A.K.Qashqarov dehqonchilikda asosiy xaydov chuqurligini tabaqalashtirish, o’tmishdosh ekinlarni o’rganish va yerlarga ishlov berishga oid asarlar muallifidir.
K.A.Timiryazev ta’biricha madaniy o’simlik va uning talabi masalasi dehqonchilikning tub ilmiy vazifasidir, qolgan masalalarning hammasi unga aloqador bo’lganligi uchun ham muhimdir. O’simliklarni tashqi muhit bilan o’zaro bir-biriga ta’sir etishi dehqonchilikning ilmiy asosi hisoblanadi.
O’simlik organlari hosil bo’lishida qatnashuvchi, o’simlik, rivojlanishiga, hosildorligiga, yetishtirilgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar dehqonchilikda madaniy o’simliklarning hayot omillari deyiladi.
O’simlik hayot omillarining teng ahamiyatliligi va almashtirib bo’lmaslik qonuni. Bu qonunni birinchi marta V.R.Vilyams bayon etgan. O’simliklarning har bir hayot omillari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar uzoq vaqt maboynida o’rganildi.
Lekin tajribada yoki ishlab chiqarish sharoitda biror bir omilni boshqa bir omil bilan almashtirishga o’rinish ijobiy natija bermadi. Natijada dehqonchilikning, ya’ni o’simliklar hayot omillarining almashtirib bo’lmaslik qonuni aniqlandi. Bu qonunga ko’ra, o’simlik hayot omillarining hech biri, boshqa biron bir omil bilan almashtirilmaydi, chunki har bir omil o’simlik hayotida ma’lum bir funktsiyani bajaradi.
Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonun. Bu qonun 1840 yil nemis olimi Yu.Libix tomonidan ixtiro qilingan. K.A.Timiryazev va D.N.Pryanishnikovlar bu qonun fandagi yirik ixtiro deb baholaganlar.
Bu qonun mohiyati shundan iboratki, o’simliklar hosili bilan tuproqdan oziq moddalarni oladi, ammo o’simliklar o’zlashtirgan oziq moddalardan bir qismigina go’ng tariqasida tuproqqa qaytadi, qolgan qismi olinadigan mahsulotimiz bilan chiqib ketib tuproqqa qaytib tushmaydi. Shunday ekan, dehqonlar yerdan olingan moddalarni tuproqqa qaytarish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak.
Yu.Libix tuproq unumdorligi masalasiga bir tomonlama yondashib, o’sha davrning ijtimoiy rivojlanish qonunlariga e’tibor qilmay, dehqonchilikdagi kamchiliklarni sezgan holda u qaytarish qonuniga to’la amal qilinganda tuproq unumdorligini saqlab turish mumkinligini qayd qilgan, tuproq unumdorligini talon-taroj qilish xalqni kambag’allikka mahkum etadi, unumdorlikni saqlash esa ularning hayoti, boyligi va kuch-quvvati degan edi.
Bugungi kunda Libix fikriga amal qilib paxta ekiladigan maydonlarga mineral o’g’it sifatida paxta hosili bilan birga tuproqdan chiqib ketgan oziq moddalarning o’zini va ko’rsatilgan miqdorda qo’llanilsa, tuproqning unumdorligi qonuniga ko’ra bir me’yorda saqlanishi lozim.
Ammo, amalda bunday bo’lmaydi, chunki dehqonchilikda oziq moddalarning asosiy qismi hosil bilan tuproqdan chiqib ketadi, lekin uning bir qismi tuproqning pastki qatlamlariga o’tadi, oqar suvlar bilan tuproq eroziyasi natijasida ham kamayadi va ularni aniq hisobga olish ancha murakkab.
Almashlab ekish qonuni. Bu qonunni 1838 yilda professor Pavlov tabiat qonuni deb tan olgan. Professor Pavlovni ta’kidlashicha har bir agrotexnik chora-tadbirning samarasi sidirg’asiga ekiladigan ekinzorga ko’ra faqat almashlab ekishni joriy qilishda amalga oshadi. Bu qonun asosida o’simlik va muhit o’zaro birligi yotadi.
Ekinlarni navbatlab ekish zarurligi faqat tuproqdan oziq moddalarni bir tomonlama kamayishida, ang’iz qoldiqlari va ildizlarning tuproqda har xil tarqalishida, balki o’simlikning tuproqqa va atrof muhitga ta’siridan kelib chiqadi.
Tuproq unumdorligini uzluksiz oshib borish qonuni. Bu qonunni akademik V.D.Pannikov quyidagicha ta’riflaydi «Tirik mavjudodlarining boshqaruvchi rolida takomillashadigan tuproq paydo bo’lish jaryoni, tabiatning o’zida vaqt o’tishi bilan tuproq unumdorligining muqarrar oshib borishi qo’yilgan».
Dehqonchilikda tabiatdagi mana shu umumiy qonunning harakati faqatgina boshqa qonunlar, ayniqsa, qaytarish qonuniga rioya qilingandagina amalga oshadi.
O’zbekiston Respublikasi har xil tuproq tiplarida o’tkazilgan tadqiqodlarni mineral va organik o’g’itlarni muntazam qo’llash gumus miqdorini oshiradi. Defisetsiz gumus balansiga erishish uchun har bir gektar yerga 18 t go’ng qo’llash kerak (D.S.Sattorov, A.E.Ergashov, 1989).
O’tloq-bo’z tuproqlarda almashlab ekishda 32 yil moboynida go’ngsh va mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida gumus va yalpi azot miqdori ortishi kuzatildi (D.A.Akimaliyev, V.M.Zoloyev, 1975).
Aniqlanishicha organik o’g’itlarni torf asosida qo’llash somonli go’nga nisbatan gumus miqdorini 15-20 % ga oshiradi (A.I.Jukov, P.D.Popov, 1988). Chim podzol tuproqlarda go’ngni 100, 200 t-ga dozada qo’llash gumus miqdorini oshiradi. 50 t/ga dozadagi go’ng stabil holdagi defisitsiz gumus balansini ta’minlay olmadi (S.S.Sdobnikov, O.V.Yabangen, 1990).
M.A.Belousov (1955) qayd etishicha, g’o’zani monokulturada uzoq vaqt yetishtirish tuproqning oziq moddalarini keskin kamaytiradi, mineral o’g’itlarni ayniqsa organik o’g’itlarni, go’ngni qo’llash tuproq unumdorligini, undagi oziq moddalar miqdorini yuqori darajada ushlab turadi.
Farg’ona viloyati o’tloq-sazli tuproqlarida g’o’za o’stirilganda organik o’g’itlarni qo’llash tuproqdagi nitratli azot, harakatchan fosfor va almashuvchan kaliy miqdorini oshiradi. (T.Xodjayev, 1985).
A.S.Pistoli (1983) ma’lumotlariga ko’ra, eskidan sug’oriladigan och tusli bo’z tuproq sharoitida g’o’za ekilganda go’ng va lignin tuproqdagi nitratli azot (N-NO3) miqdorini 7,7 mg/kg dan 34 mg/kg gacha, harakatchan fosfor miqdorini 24 mg/kg dan 30-42,8 mg/kg gacha oshiradi.
O’zPITI Markaziy tajriba xo’jaligi eskidan sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra, biogumus va qoramol go’ngi ma’danli o’g’itlar bilan birga qo’llanilganda tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xususiyatlari yaxshilanib, o’simlik tomonidan oziq moddalarni o’zlashtirilishiga maqbul sharoit yaratilganligi aniqlandi.
P.N.Besedin, D.D.Umarova (1985) tadqiqot natijalariga ko’ra, O’zbekiston sharoitida go’ngni organik o’g’it sifatida qo’llash nafaqat gumusning umumiy miqdoriga, balki gumin va fulvokislotalar miqdori va nisbatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
A.I.Imomaliyev (1982) ma’lumotlariga ko’ra, organik o’g’itlar bo’z tuproqlarning fizik xossalarini, suvni shimish va ushlab qolish qobiliyatlarini yaxshilaydi, qatqaloq hosil bo’lishini kamaytiradi.
Shu bilan birga mikroorganizmlarning faolligini oshiradi. Boshqa bir ma’lumotlarga ko’ra, bo’z tuproqlarda mineral o’g’itlar fonida go’ng qo’llanilishi g’o’za hosildorligini 36.4 s/ga dan 43.4 s/ga ga oshiradi (G.I.Yarovenko, N.M.Mannonov, F.K.Qodirxo’jayev, 1971).
N.Po’latovning (1981) tadqiqotlarida aniqlanishicha, go’ng markaziy Farg’onaning sho’rlangan tuproqlarida juda yaxshi samara beradi. Bunda tuzlarning tuproqdagi restavrasiyalanishi va kapillyarlar bo’ylab tepaga ko’tarilishi kamayadi.

Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish