Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari va ahamiyati
MUNDARIJA
|
KIRISH
|
3
|
I BOB
|
Adabiyotlar tahlili
|
6
|
II BOB
| Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari va ahamiyati |
12
|
2.1.
|
O’simlik hayotida tuproq oziqa rejimini ahamiyati va uni boshqarish
|
12
|
2.2.
|
Organik o’g’itlarning tuproq oziq rejimiga ta’siri
|
18
|
2.3.
|
Tuproq unumdorligi va uning turlari
|
25
|
|
Xulosa
|
29
|
|
Adabiyotlar ro’yxati
|
30
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tuproq tabiatning eng muhim boyligi bo’lib, yer po’stining eng ustki g’ovak unumdor qismidir. U litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada uzoq vaqt bir-biri bilan bog’liq holda sodir bo’lgan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida vujudga kelgan.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o’zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq mahsulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi. Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o’zgargan.
Insoniyat tarixi davomida 2 mlrd. gektardan ortiq unumdor tuproqli yerlar yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli yerlar maydoni sho’r bosishi, yemirilishi natijasida 5-7 mln.gektarga kamaymoqda. Tuproqlarga inson ta’sirining kuchayishi sug’oriladigan dexqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan bog’liq. Sug’oriladigan (obikor) dexqonchilik Movarounnaxrda ham qariyib 5 ming yillik tarixga ega.
Dehqonchilik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, ekinlardan sifatli va yuqori hosil yetishtirishda ularni parvarish qilish usullarini, tuproq unumdorligini biologik, fizik-kimyoviy yo’llar bilan oshirish tadbirlarini o’rgatadi hamda o’simliklarni hayot omillarini boshqarish yo’llarini, ularni o’sib rivojlanishi uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratishda, o’simlik hayot omillarining teng ahamiyatliligi va almashtirib bo’lmaslik, omillarni cheklan-tiruvchi yoki minimum, hayot omillarini birgalikda ta’sir etish, tuproqdan olingan moddalarni qaytarish, tuproq unumdorligini uzluksiz oshib borish qonunlarini muhimligi to’g’risida ta’limot beradi.
Tuproq orqali moddalarning litosfera bilan atmosfera orasida o’zaro aloqasi ham ro’y beradi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko’tarilgan chang-to’zonlar atmosferaga yetib unda havoning tiniqligiga ta’sir etadi. Yer yuzasiga kelayotgan yorug’lik energiyasi ta’sirini susaytiradi, yog’inlarning vujudga kelishiga ham ta’sir etadi. Atmosferadan tuproq ustiga har xil zarrachalar tushib, tuproq, o’simlik va hayvonot olamiga turlicha ta’sir etadi.
Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish barqaror qishloq xo’jalikligini yuritishda muhim ahamiyatga ega. Tuproq unumdrligida uning agrokimyoviy xossalari muhim o’rin tutadi. Chunki tuproqning muhit reaksiyasi singdirilgan kationlar va ular tarkibi, singdirish sig’imi, gumus, yalpi va harakatchan oziq moddalar miqdori tuproq unumdorligida katta ahamiyatga ega bo’lib, o’simlik o’sish va rivojlanish sharoitlarini belgilaydi, ularning oziqlanishini ta’minlashda bevosita ishtirok etib ekinlar hosildorligining darajasini aniqlab beradi. Bu ayniqsa respublikamizda strategik ekin bo’lgan g’o’zada yanada ahamiyatliroq bo’ladi.
Tabiatda moddalarning almashinuvida (tuproq-o’simlik-tuproq) tuproq ham ishtirok etadi. Bu jarayonlar tufayli tuproqning unumdorlik xususiyati doimo saqlanib turadi. Dexqonchilik madaniyatining o’sishi natijasida almashlab ekishni joriy qilinishi, tuproq unumdorligini saqlash bilan birga ekiladigan o’simliklar orasida ro’y beradigan biologik aylana tufayli yangi ozuqa moddalar vujudga keladi.
Tuproq eng avvalo o’simlik, hayvonlar va mikroblar bilan birga murakkab ekologik tizimni (biogeotsenoz)ni vujudga keltiradi va sayyoramiz biosferasida hayotning uzviyligini ta’minlashdek muhim vazifani bajaradi.
Tuproqlarning inson jamiyatidagi muhim ahamiyati shundaki, u o’z-o’zini tozalash xususiyati mavjudligi tufayli tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo’l bilan o’ziga singdiruvchanlik (adsorbent), tozalovchanlik (purifikator) va neytrallashtiruvchanlik xususiyatiga ega.
Tuproq quruqlikdagi har qanday organik moddalar qoldiqlarini minerallashtiruvchi muhim vosita hamdir. Shu bilan oziq moddalarning bir turdan ikkinchi turga o’tkazilishi hamda tuproq singdirish kompleksida saqlanishini ta’minlashda ham o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Yer qishloq xo’jalikda ishlab chiqarishning asosiy va hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositasidan to’g’ri foydalanish tufayli yerning unumdorligi ortadi bu esa qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirishni ta’minlaydi. Tuproq bizning bebaho hazinamiz, rizq-ro’zimiz.
Yer taqdiri - el taqdiri deydilar. Yer elni boyitadi, el ham yerni boyitishi kerak. Tabarruk zamin sahovatidan oqilona va unumli foydalanish unga kuch quvvat baxsh etuvchi omillarni ishga solish dehqonchilik oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Inson faoliyati tuproqning meliorativ holatini yaxlishash, uni gumus va oziqa moddalarga boyitishda tez namoyon bo’lishi mumkin, lekin tuproq hosil bo’lishi jarayoni sekin boradigan jarayondir. Shunday ekan, tuproq va uning qoplami tabiatning alohida xususiyatiga ega bo’lgan asosiy resursi bo’lib, uni yangitdan paydo qilish qiyin, ammo to’g’ri va oqilona foydalanilsa – tuganmas boylikdir.
Ma’lumki, har bir oziq elementi o’simlik tanasida ma’lum funktsiyani bajaradi va tabiiyki ularning tanqisligi yoki meyoridan ko’pligi o’simlikning tashqi belgilaridan namoyon bo’ladi. Lekin, shu bilan bir qatorda oziq moddalar o’simliklarga bilvosita yo’l bilan ham ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotlarning natijalariga ko’ra o’g’it tarkibidagi azot o’simliklardagi zamburug’ kasalliklarning kuchayishiga yordam beradi. Masalan, P. funicuiosum zamburug’ining faolligi azotli o’g’itlar ta’sirida kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |