II BOB. Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari va ahamiyati
2.1. O’simlik hayotida tuproq oziqa rejimini ahamiyati va uni boshqarish.
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning oziq moddalarga talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Yer ishlanganda tuproq (suv, havo, issiqlik va oziq) rejimlarining qulay bo’lishi uchun sharoit yaratiladi, ya’ni
haydalma qatlam tuzilishi va uning donadorligi o’zgaradi;
tuproqning quyi qatlamidagi oziq moddalar yuqoriga ko’tarilib, uning aylanish davri va mikrobiologik jarayonlar tezlatiladi;
begona o’tlar yo’qotiladi;
organo-mineral o’g’it va ang’izlar tuproqqa qo’shiladi;
tuproq yuza qatlamida yoki o’simlik qoldiqlarida yashayotgan ekinlarning zararkunanda va kasallik qo’zg’atuvchilari yo’qotiladi;
yerni ekin ekishga tayyorlash, egat va jo’yak olish hamda ekinni parvarish qilishda qator orasiga ishlov berish;
begona o’tlarni yo’qotish kabi ishlar bajariladi.
O’simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug’lik, issiqlikni esa fazodan oladi.
O’simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish - har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. O’simliklar qancha normal oziqlansa, shuncha yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Barcha o’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun yorug’lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo’lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir.
O’simliklar tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalьtsiy, magniy, temir kabi elementlar anchagina (0,01% gacha) bo’ladi, ular makroelementlar, oz miqdorda (0,01-0,001 %) bor, mis, ruh, marganets, kobalьt, molibden kabi elementlar uchraydi, ular mikroelementlar deb ataladi. O’simliklar tarkibida 70 dan ortiq kimyoviy elementlar topilgan.
Ko’pchilik tuproqlarda o’simliklar oson o’zlashtiradigan shakldagi azot, fosfor va kaliy kam bo’ladi, ammo o’simliklarning bu elementlarga bo’lgan talabi asosan yerga har xil mineral o’g’itlar solish orqali qondiriladi. Tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o’simliklar normal o’sib rivojlanmaydi. Lekin, oziq elementlari xaddan tashqari ko’p bo’lsa ham o’simliklarga salbiy ta’sir etadi.
Oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan sharoitga bog’liq (-jadval).
-jadval
Ekinlarning turiga qarab 1t hosil bilan chiqib ketadigan oziq elementlar (kg)
Ekinlar
|
azot
|
fosfor
|
kaliy
|
G’o’za
|
56
|
23
|
53
|
Kuzgi bug’doy
|
37
|
13
|
23
|
Arpa
|
29
|
11
|
20
|
Bahori bug’doy
|
47
|
12
|
18
|
Suli
|
33
|
14
|
29
|
Makkajuxori (don uchun)
|
34
|
12
|
37
|
Javdar
|
31
|
14
|
26
|
Sholi
|
21
|
8
|
26
|
Tariq
|
33
|
10
|
34
|
Ko’k no’xat
|
66
|
15
|
40
|
Zig’ir
|
80
|
40
|
70
|
Qand lavlagi
|
5,9
|
1,8
|
7,5
|
Kartoshka
|
6,2
|
2,0
|
8,0
|
Kungaboqar
|
50
|
27
|
228
|
Tamaki
|
24
|
7
|
51
|
Soya
|
71
|
16
|
18
|
Makkajuxori (silos uchun)
|
2,4
|
0,9
|
3,6
|
Poliz ekin
|
5,5
|
1,6
|
5
|
Ildiz mevalar
|
2,7
|
1,9
|
4,8
|
O’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o’g’itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlar faoliyatiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnika tadbirlarining qo’llanishiga ham ko’p jihatdan bog’liq.
Azot: Azot tuproqda eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanishi manbalaridan bo’lgan nitratlar (NO2, NO3) dan va ammoniy tuzlari (NH4) dan o’zlashtiradi.
Bunday shakldagi azot tuproqda kam bo’ladi, chunki ular suvda yaxshi eriydi, o’simliklar va mikroorganizmlar ularni to’la o’zlashtiradi. Faqat dukkakdosh o’simliklar tuproqdagi azotdan tashqari, tugunak bakteriyalar yordamida atmosferadagi molekulyar azotdan ham oziqlanadi.
Fosfor: Tuproqda fosfor kam harakatchan bo’ladi, tuproqqa singadi, suvda yomon eriydi, o’simliklar qiyin o’zlashtiradi. Tuproqda uning yalpi miqdori juda ko’p. Agar ular o’simliklar o’zlashtira oladigan holatga o’tkazilsa, yerlarga fosforli o’g’it solinmasdan ham 40-50 yil davomida ekinlardan mo’l hosil olish mumkin bular edi.
O’simliklar vegetatsiyasining dastlabki davrlarida fosfatlarni ko’plab o’zlashtiradi. Ular fosfor bilan yetarli darajada oziqlanmasa, ekinlarning keyingi rivojlanishi susayadi. Dastlabki davrda fosfor yetishmasligi oqibatlarini keyinchalik ekinlarni normal oziqlantirish bilan tuzatib bo’lmaydi.
O’simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida qizg’ish yoki qo’ng’irroq tusli dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va tushib ketadi.
Kaliy: Kaliy o’simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar hosil bo’lishini va harakatini faollashtiradi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
Kaliy kartoshka tugunaklarida kraxmal va qand lavlagi ildizida shakar to’planishida hamda o’simliklar organizmida oqsillarning taqsimlanishiga ta’sir etadi.
O’simliklarni kaliyga muxtojligi sezilganda umuman barglari, barglarning cheti va uchi sarg’ayadi yoki sarg’ish-qo’ng’ir tusga kiradi, go’yo kuygandek ko’rinadi. Dastlab pastki shoxlaridagi qari barglar, keyin esa yosh barglar kasallanadi. Bunga sabab o’simlik yerdan kaliy ololmagandan keyin yangi barglar chiqarish uchun shoxlarining barglaridagi kaliydan foydalanadi. Qo’ng’ir tusga kirgan barglar so’liydi va qurib qoladi.
Ekinlardan mo’l va sifatli hosil olishda tuproqning oziq rejimini boshqarish va uni o’rganish katta ahamiyatga ega.
Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
Tuproqni oziq moddalar bilan boyitish.
Tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq elementlarini o’zlashtiradigan holatga o’tkazish.
Oziq moddalarni o’simliklar oson o’zlashtirishi uchun sharoit yaratish.
Tuproqdagi oziq moddalar miqdorini kamayishiga qarshi kurashish.
Ma’lumki, asosan yerga mineral o’g’itlar solish orqali tuproq oziq moddalarga boyitiladi. Ammo, yuqorida keltirilgan tadbirlar hamda tuproqda atmosfera azotining fiksatsiyasi hisobiga to’planishi bevosita dehqonchilik madaniyatiga va qo’llanilayotgan agrotexnika tadbirlariga bog’liq.
Go’ng solinganda yerlarda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, ya’ni mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi yengil tuproqlarning yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.
Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqni ohaklash, ishqoriylarni gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani yaxshilash, yetarli namlikni saqlash, oziqa rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi.
Tuproqning oziqa rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don ekinlarini ekish yaxshi ta’sir etadi.
Yuqorida aytib o’tilganlardan ko’rinib turibdiki, dehqonchilikda to’g’ri almashlab ekish tizimini joriy qilish va ekinlarni tegishli ravishda navbatlash, tuproqni azot bilan boyitadigan ekinlar ekish, shuningdek, tuproqni ma’lum bir tizim asosida ishlash hisobiga tuproqning oziqa rejimini yaxshilash hamda o’g’itlarning samaradorligini oshiradi.
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1. tuproqni oziq moddalar bilan boyitish;
2. tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq elementlarini o’zlashtiradigan holatga o’tkazish;
3. oziq moddalarni o’simliklar oson o’zlashtirishi uchun sharoit yaratish;
4. tuproqda oziq moddlar kamayishiga qarshi kurash.
Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan sharoitga bog’liq.
G’o’za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan o’simlik. Masalan: 1 t paxta etishtirish uchun taxminan 56 kg azot, 23 kg fosfor va 53 kg kaliy talab qilinadi. Kungaboqar azot va fosforga qaraganda kaliyni ko’proq o’zlashtiradi. 1t kungaboqar hosili uchun tuproqdan 228 kg kaliy, 50 kg azot va 27 kg fosfor sarflanadi. Ildizmevalilar va tugunakmevalilar ham fosfor va azotga qaraganda kaliyga ko’proq talabchan.
Odatda oziq elementlarning umumiy miqdori har gektar yerda bir necha tonna atrofida bo’ladi. Masalan: kuzatishlarga qaraganda, qadimdan deyarli 100 yildan ortiq sug’orilib dehqonchilik qilayotgan bir gektar tipik bo’z tuproqli yerning 28 sm haydalma qatlamida o’rtacha 59,1 t chirindi, 4 t azot, 8 t fosfor va undan keyingi 28-100 sm qatlamda esa yuqoridagilarga muvofiq 73,5; 4,97 va 16 t oziq elementlari bo’lar ekan.
O’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o’g’itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo’llanishiga ham bog’liqdir.
O’simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo’linadi: avtotrof, mikrotrof va baktyeriotrof usullar. Avtotrof oziqlanishda o’simliklar tuproqdan suvda yerib oksidlangan minyeral tuzlarni o’zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o’simliklar uchun asosiy hisoblanadi.
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo’ladi. O’simliklarning baktyeriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo’lgan nitratlar, (NO2, NO3 )dan va ammoniy tuzlari (NH4)dan o’zlashtiradi.
Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish protsessi ammonifikatsiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib, nitrat va nitrat kislotalarga aylanish protsessi nitrofikatsiya deyiladi.
O’simliklarga fosfor etishmasa, bargi va tanasida qizg’ish va qo’ng’ir tusli dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va tushib ketadi. Kaliy o’simliklarda fotosintez protsessini, uglevodlar hosil bo’lishini va harakatini aktivlashtiradi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
Go’ng solinganda yerlarda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, ya’ni mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi engil tuproqlarning yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.
Yerga minyeral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqlarni ohaklash, ishqoriylarni gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani yaxshilash, etarli namlikni saqlash, oziq rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi.
Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don ekinlari ekish ayniqsa yaxshi ta’sir etadi. Tuproqning oziq rejimi va unumdorligi unda sodir bo’ladigan mikrobiologik jarayonlarga bevosita bog’liq bo’ladi. Ya’ni ayrim mikroorganizmlarning hayot faoliyati ta’sirida tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lagan oziq moddalar to’planadi. Tuproqdagi turli mikroorganizmlar hayot faoliyati, ularni suv, havo va issiqlik rejimlariga bog’liq. Shuning uchun dehqonchilikda turli agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish zarur. Bunda ayniqsa, yerlarga o’z vaqtida ishlov berish, organik-minyeral o’g’itlar solish, almashlab ekish joriy qilish va boshqa tadbirlar katta ahamiyatga ega.
2.2. Organik o’g’itlarning tuproq oziq rejimiga ta’siri.
Tuproqda harakatchan oziq moddalarning bo’lishi o’simliklarning yaxshi o’sib rivojlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, tuproqqa organik o’g’itlarni qo’llash tuproqdagi nitratli va ammoniyli azot miqdorini o’simlikning butun o’suv davrida ishonarli oshiradi.
Umuman olganda, tajriba dalasi tuprog’ida ammoniy shakldagi azot miqdoriga nisbatan nitrat shakldagi azot miqdori sezilarli yuqori bo’lishi bir qancha tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan. Bu esa tuproqda ammonifikasiyaga nisbatan nitrifikasiya jarayoni kuchli borishini ko’rsatadi. Chunki tuproqda ammoniyning miqdori juda katta konsentrasiyaga yetsa, u tirik organizmlar, jumladan miroorganizmlar uchun xavfli hisoblanadi.
Tuproqda ammoniyli va nitratli azotlar yig’indisidan iborat bo’lgan mineral azot miqdori o’simliklarning azotli oziqlanishi to’g’risida ko’proq va kuchliroq axborot beradi. Tuproqda mineral azot miqdoriga qarab to’laqonli xulosa chiqarish mumkin.
O‘g‘itlarning xususiyatlari va tuproq bilan o'zaro ta’sirini hisobga olgan holda o'simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda muayyan tuproq – iqlim sharoitlari uchun o’g’it qo’llashning eng samarali me’yori, usuli, muddatlarini va nisbatlarini belgilash muhim ahamiyatga ega.
Yuqori va sifatli hosil olish uchun o'simliklarda barcha oziq moddalar bo’lishi zarur. Ular tuproq tarkibida organik va mineral birikmalar shaklida bo’ladi. Ularning parchalanishi (yemirilishi) va minerallashishi natijasida o‘simliklar o‘zlashtiradigan holatga o'tadi. Azotni — o‘simliklar ammoniy (NH4) kationi, azot anioni yoki azotli kislota (NO3), fosforni - fosfatlar, oltingugurtni — sulfatlar shaklida o‘zlashtiradi. Kaliy, kalsiy, magniy, kremniy o'simlik ildiziga ion shaklida, temir-ion yoki murakkab birikma (holatlar), marganes, mis, rux - kationlar, molibden va bor — anionlar (molibdat va borat) shaklida tuproqdan o'tadi.
Oziq moddalarning miqdori tuproqning suv va havo rejimi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Tuproq eritmasidagi ionlar miqdori namlikka bog’liq. Tuproq qatlamidagi kislorod ildiz orqali nafas olishni va oziq moddalarning o'zlashtirishini ta’minlaydi. Bu jarayonlarning yo‘nalishi va jadalligi iqlim sharoitiga ham bog’liq bo’ladi.
O‘g‘itlar organik va mineral holatda bo’ladi. Organik o‘gitlar qadimdan qishloq xo'jaligining dehqonehilik sohasida qoilaniladi. Organik o'gitlarning asosi hayvonot va o'simlik dunyosining qoldiqlari hisoblanadi. Ular tuproqqa aralashgach mikroorganizmlar ishtirokida chiriydi va o‘simliklar uchun zarur bo’lgan moddalar bilan tuproqni boyitadi. Ma’lumki, o'simlik a’zolarida 85 dan ortiq makro va mikroelementlar mavjud. O'simlik va hayvonot dunyosi qoldiqlari tarkibida ham mazkur moddalar ma’lum darajada bo’ladi.
Ekinlarni almashlab ekish organik o’g’itlarni qo’llash tuproqning suvga chidamli mikro va makro strukturalari miqdorini oshirishga turtki bo’ladi. Tuproqning strukturalari uning gidrotermik aerasiya va mikrobiologik xossalarini belgilaydi.
Bularning hammasi o’simliklar optimal darajada o’sishi va rivojlanishiga hosilni oshishi va uning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Organik o’g’it sifatida go’ng, parranda qiyi xazon, uglegumin o’g’iti, bentonet, daladan chiqarib tashlangan va chiritilgan begona o’tlarni qo’shish mumkin. Organik o’g’itlar tuproq unumdorligiga va ekinlar hosildorligiga beqiyos katta ahamiyatga ega.
Organik o’g’itlarning tuproqning biologik aktivligini oshiradi. Go’ngni kompostlaganda nafaqat begona o’t urug’lari yo’qoladi. Turli xil kasalliklarni kamayishiga va hosildorlikni oshishiga xizmat qiladi. Yaxshi chirigan go’ng va kompostlarni ko’zgi shudgor ostiga qo’llashdan tashqari bahorda chizillash oldidan berish ham muhim ahamiyatga ega.
Bu tuproq mikrobiologik faolligini yaxshilaydi, tuproq naligi va yumshoqligini ham oshiradi, qaqaloqni salbiy ta’sirini pasaytiradi hamda chigitni tez unib chiqishini va nihollar yaxshi jadal rivojlanishiga yordam beradi.
Organik o'g'itlarga quyidagilar kiradi: go'ng - hayvonot dunyosining chiqindilari. Uning tarkibida o'simlik uchun zarur bo’lgan barcha ozuq moddalar mavjud. Go'ngning chirishi natijasida hosil bo’lgan organik modda ta’sirida tuproqning suv-fizik xossalari (suv o'tkazuvchanligi, nam sig'imi, issiqlik sig'imi, zichligi), biologik xususiyaflari yaxshilanadi.
Organik modda parchalanganda ajralayotgan ko‘mir kislotasi ta’sirida qiyin o‘zlashtiriladigan birikmalar harakatchan holatga o‘tadi.
Undan tashqari, tuproq sathidagi havoning karbonat angidrid gazi bilan boyishi natijasida o‘simliklarda fotosintez jarayoni jadallashadi.
Go‘ng bilan birga tuproqqa juda ko‘p mikroorganizmlar tushadi, ular ishtirokida ozuq moddalarini o‘simlik o'zlashtirishi jadallashadi.
Go‘ngning yigilishi, miqdori va sifati (tarkibi) mollar parvarishiga, berilayotgan yem-xashakning sifati va tarkibiga, mollarning turi va yoshiga bog’liq bo’ladi. Yirik shoxli moldan bir kunda 20-30 kg, otdan 15-20 kg, qo'ydan 1,5-2,5 kg go'ng yigiladi. Molxonalarda yigiigan go‘ng tuproqqa solishdan oldin maxsus joylarda maium muddatda saqlanishi lozim. Shunday qilinsa go’lig tarkibidagi organik modda parchalanadi, yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblar oiadi, begona o‘tlar urugining irnish darajasi keskin pasayadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, har gektar dalaga solingan go'ng almashlab ekish tarkibidagi o‘simliklar hosildorligini don hisobiga 1 sentnerga oshiradi. 1 gektar yerga solinadigan go‘ng miqdori 20-30 tonna bo’lib, kuzgi shudgor oldidan maxsus moslamalar yordamida dalaga sepiladi. Ayrim xo‘jaliklarda go‘ng suvga aralashtirilib “sharbat suvi” sifatida g‘o‘zaning rivojlanish davrida beriladi.
Kompostlarni (har xil organik qoldiqlar aralashmasi) tayyorlashda fosfor o‘g‘iti ham qo‘shiladi va alohida joyga (chuqur bo’lmagan o‘ra, katta hajmdagi maxsus moslamalar) yig’ilib ustidan suyuq go‘ng yoki suv quyilib bostirib qo‘yiladi.
Torfni (to’liq chirimagan, botqoqlikda o‘sadigan o‘simliklar qoldig’i) odatda go’ngga qo‘shib dalaga sepish (shudgordan oldin) foydalidir.
Parranda go‘ngi tarkibida ozuq moddalar go‘ngga nisbatan ko‘p. Ammo tarkibidagi azot tez uchib ketadi. Shuning uchun uni quruq joyda ustiga tuproq yoki torf yopib saqlash kerak. Dalaga har bir gektarga 2-4 tonna solish mumkin.
Ko‘kat o‘tlar (sideratlar) yetishtirilayotgan o4simliklar (no‘xot, shabdar va boshqalar) yaxshi rivojlanganidan so‘ng haydaladi. Natijada tuproq organik moddaga boyiydi.
Tashlandiq (oqova) suvlar qoldig‘idan (kanalizatsiya va h.k.) maxsus usulda quritilgach o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat chiqindilarini ham o‘g it sifatida ishlatish mumkin.
Chorvachilik fermalarida yigilayotgan suyuq go‘ng yuqori sifatli va tez ta’sir etuvchi organik о ‘g it qatoriga kiradi. Uning tarkibida 0,3-0,4 % azot, 0,3-0,6 % kaiiy bo‘ladi. Suyuq go‘ng o'simlik rivojlanayotgan davrda oziqlantirish uchun ham ishlatilishi mumkin. Sabzavot ekinlari ekiladigan yerlarga go‘ng shudgordan oldin solingani ma’qui.
Mineral osg‘itlar tarkibida o‘simlik uchun zarur bo‘lgan ozuq moddalar kimyoviy usul bilan olinadi. Mineral o‘git!ar tuproqqa solinganda shaklianishi mumkin bo’lgan muhitga qarab quyidagiiarga bo’linadi:
a) fiziologik nordon o‘g‘itlardan o‘simlik jadal suratda kationni o‘zlashtiradi, anion esa tuproq eritmasiga o‘tadi (ammoniy sulfat, kaliyli xlorid, kaliyli sulfat, ammoniy-azotli o‘g‘it va karbamid);
b) fiziologik-ishqoriy o'gitlardan o ‘simlik anionni o ‘zlashtiradi, kation esa yigilib tuproq muhitini ishqoriylashtiradi (natriy nitrati, kaliy va kalsiy nitratlari);
d) fiziologik neytral o‘g‘itlar.
O‘g‘itlarning yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlari tuproq xossalari va holatini nazarda tutgan holda ishlatishda inobatga olinadi. Masalan, xlorli sho‘rlangan tuproqlarda tarkibida xlor-ion bo‘lmagan o‘g‘itlar (sulfatli kaliy), sulfatli sho‘rlangan tuproqlarga kaliy xlorid o‘g‘iti solinishi zarur.
Tarkibidagi ozuq moddalarning turiga qarab mineral o‘g ‘itlar oddiy va murakkab o‘g‘itlarga bo’linadi. Oddiy o‘g‘itlar azotli, fosforli, kaliy va mikroelementlilarga bo’linadi.
Azotli o‘g‘itIar: ammiakli selitra-(NH4NO3) tarkibida 34-35% azot nitrat yoki ammiak shaklida bo’ladi. Suvda yaxshi eriydi, nam tortadi. Quruq yerda (binoda) saqlash kerak. Ammoniy sulfat (NH4)2S04 tarkibida 20,5-21 % azot bo’ladi. Karbamid (mochevina), tarkibida 46 % azot bo’ladi. Ammoniy xlorid - NH4Cl tarkibida 24-25 % azot bo’ladi. Ammiakli suv – NH3+H20 yoki NH4+OH tarkibida 16-20 % azot mavjud.
Fosforli o‘g‘itlarga ammoniyli superfosfat, oddiy superfosfat va boshqalar kiradi. Ammoniyli superfosfat donador, tarkibida 14-16 % fosfor va 1,5-2,0 % azot bo’ladi, oddiy superfosfat - kukunsimon va donador, tarkibida 14-20 % о‘zlashtiriladigan fosfor bo’ladi. Qo'sh superfosfat donador, uning tarkibida 45 % gacha o‘zlashtiriladigan fosfor bo’ladi.
Kaliyli o‘g‘itlar: kaliy xlorid (KC1) – mayda kristall. Kukunsimon shaklda, tarkibida 54-60 % K2O bo’ladi. Asosiy kaliyli o‘g‘it hisoblanadi. Kaliy sulfat (K2SO4) - oq rangli mayda kristall kukun, tarkibida 46-50 % K2O bo’ladi. Kaliy tuzi (KCl+NaCl) —mayda kristall ko‘rinishda, tarkibida 40 % K2O bo’ladi.
Kompleks o‘g‘itlar: Nitrofos - murakkab azotli-fosforli o‘g‘it, tarkibida 23-24 % azot va 14-17 % fosfor bo’ladi. Nitrofoska – tarkibida asosiy ozuqa moddalari (azot - 12 %, fosfor - 12 %, kaliy - 12 %) mavjud. Murakkab fosforli-azotli o‘g‘it donador shaklda bo’lib, tarkibida 43—46 % fosfor va 11 % azot mavjud. Ammofos tarkibida 50 % fosfor, 10-12 % azot, 1,2-1,4 % mis va rux bo’ladi.
Nitroammofos - tarkibida 16-17 % dan azot, fosfor va kaliv bo’ladi.
Ammoniy polifosfati - donador shaklda, tarkibida 10-12 % azot va 62-64 % fosfor bo’ladi. Suyuq aralashmali murakkab o‘g‘it tarkibida 10 % azot, 34 % fosfor bo’lib samaradorligi bo‘yicha kukunsimon yoki donador quruq holatdagi o‘g‘itlardan qolishmaydi.
Mineral o‘g‘itlar samaradorligi ulami maqbul muddatda, me'yorda va vaqtida ishlatishga bog‘liq. Ular odatda ekinlarni ekishdan oldin, urug‘ tuproqqa qadalayotganda va o‘sib rivojlanish davrida dalaga solinadi. Ko‘p yillik tajribalarga ko‘ra, kuzgi shudgordan oldin dalaga 20-30 tonna/ga go‘ng, fosforli o‘g‘itlar yillik me’yorining 70-80 % ini, kaliyli o.g‘itlarning esa 50 % ini solingani maqsadga muvofiq.
Azotli o‘g‘itlarning 25-30 % ini g‘o‘za urugini ekilayotganda dalaga solinsa, unib chiqqan nihol jadal rivojlanadi.
G‘o‘zaning o‘sib-rivojlanish davrida mineral o ‘gitlar (asosan azotli va kaliyli, qisman fosforli) dalaga o ‘simlikni oziqlantirish uchun solinadi. Bunda quyidagilar inobatga olinishi zarur; o‘simliklarning asosiy о ‘sish davrlarida ozuq moddalarga bo’lgan biologik talabi; o‘simlik ildizining rivojianish tartibi; o‘g‘itlarning tuproqdagi holati.
G‘o‘za misolida o‘simlikni oziqiantirish uchun mineral o‘g‘itlar quyidagi tartibda tuproqqa solingani ma’qul: nihol 2-4 ta chinbarg chiqarganida ko‘chatdan 15-18 sm; shonalash davrida ko'chatdan 20-22 sm; gullash va hosil paydo bo‘lish davrida ko‘chatdan 30-35 sm uzoqlikda va egat tubidan 3-5 sm chuqurlikka solinadi.
So‘nggi yillarda mineral o‘gitlammg yangi turlari yaratilmoqda, xorijiy davlatlardan keltirilmoqda. Ulardan foydalanish har bir tuproq-iqlim sharoitida o‘ziga xos tabaqalashtirilgan yondashishni talab qiladi. Mineral o‘g‘itlarni qishloq xo‘jaligida ishlatishning muhim talablaridan biri, ular o‘simlik taiabini yetarli darajada qondirishi bilan bir qatorda tuproq, oqar va yer osti suvlarining sifatini buzmasligi (ifloslamasligi) kerak.
Mineral o‘g‘itlarning aksariyat ko‘pchiligi suvda tez eruvchan va harakatchan bolganligi sababli, ular tarkibidagi moddalarning ma’lum qismi oqava, yer osti suvlarini ifloslaydi. Undan tashqari, ayniqsa azotli o‘g‘itlar, o‘simlikning biologik talabidan ko‘p tuproqqa solinsa yetishtirilgan hosil (poliz ekinlari, ho‘l mevalar) tarkibida azot moddasining miqdori ko‘payib ketadi. Uni iste’mol qilgan inson organizmi zaharlanadi.
Shuning uchun mineral o ‘g‘itlarni keng miqyosda ishlatish bilan bir vaqtda inson, hayvonot va o'simlik dunyosi va atrof-muhit (oqar va yer osti suvlari, tuproq) ifloslanmasligi asosiy mezon sifatida inobatga olinishi zarur.
Mineral o‘g‘itlarni ishlatish tuproqning unumdorlik darajasiga, o‘simliklarning turiga, mo‘ljallangan hosil miqdoriga ham bog’liq bo‘ladi. O‘zbekistonning har xil mintaqalarida o’tkazilgan tajribalarga qaraganda g’o’zaga mineral o‘g‘it quyidagi tartibda berilgani maqsadga muvofiq.
Azotli o‘g itlar - maqbul me’yorining 25-30 foizi urug‘ni ekishdan oldin, 5-10 % urug‘ ekilayotganda, qolgan qismi 2-3 marotaba o‘simliklarning o‘sib rivojianish davrida (g‘o‘zada oxirgi oziqiantirish 10-15-iyuldan kechga qolmasligi ma’qul).
Fosforli o‘g‘itlar - maqbul me’yorining 70-80 % kuzgi shudgordan oldin (sho‘rlangan yerlajda urug‘ ekishdan oldin tuproqqa ishlov berilganda), qolgan qismi urug‘ ekish vaqtida va g‘o‘zaning gullash davrida (azotli o‘g‘itga qo‘shib beriladi).
Kaliyli o‘g‘itlar maqbul me’yorinmg 50 % dalani shudgor qilishdan oldin, 50 % g‘o‘zaning shonalash-g‘unchalash davrida (azotli o‘g‘itga qo‘shib beriladi).
Boshoqli ekinlar ekilgan dalalarga maqbul me’yoming fosforli va kaliyli o‘gitlarning 100 %, azot o ‘g‘itlarning 30 % ini yerni haydashdan oldin, qolgan qismini teng miqdorda erta bahorda va naychalash davri boshlanishida ozuq sifatida beriladi.
O’simliklar o’sishi, rivojlanishi va yuqori hosil berishi uchun suv, yorug’lik, issiqlik, havo va oziq moddalari yetarli bo’lishi shart. Oziqa moddalardan azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir shularga o’xshash makroelementlar bilan bir qatorda bor, marganes, kobalt, molibden kabi mikroelementlarning ham bo’lishi shart. Bu oziqa moddalardan tashqari tuproqning ma’lum reaksiyasi, tuproq havosida O2 ning yetarli bo’lishi ham shart.
O’simliklarning har xil sharoitga talabchanligi har xil rivojlanish davrlariga qarab ham turlicha bo’ladi. O’simlik talab qilgan sharoit talab qilgan davrda bo’lmasa o’simlikni o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. M: yosh g’o’za fosforga talabchan bo’ladi. Shu davrda tuproqda fosfor yetishmasa, keyinchalik uni qo’llash bilan o’simlikni talabini qondirib bo’lmaydi. O’simlikning yashashi uchun biror xil sharoit yetishmasa, o’simlik o’sib rivojlanmaydi. Akademik V.R.Vilyams aytganidek bir sharoitni boshqa bir sharoit bilan almashtirib bo’lmaydi M: uzun kun o’simligi qisqa kunli sharoitda yaxshi o’smaydi.
O’simliklar jadal rivojlanishi uchun tuproqdan uzluksiz va yetarli miqdorda suv, yengil o’zlashtiradigan shakldagi oziqa moddalarni bo’lishi va ularni ildiz tizimi orqali olib turishda to’sqinliklar bo’lmasligi katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |