O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:22.10.2016
9- dars
1-N.I
1-8- DARSLARDA 0‘TILGAN MAVZULARNI MUSTAHKAMLASH. 1- MSNI NI O‘TKAZISH
Darsning maqsadi: o'quvchilarning 1—8- darslarda egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini mustahkamlash, tekshirish va baholash.
Darsning jihozlari: 1-8- darslarda foydalanilgan jihozlar.
Darsda qo‘llaniladigan metod: «6 x 6» interfaol metodi, test sinovi o'tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, darsda foydalaniladigan jihozlarni joylashtirish.
2. 1—8- darslarda o‘tilgan mavzularni mustah-kamlash. Ushbu mustahkamlash darsida «6 x 6» interfaol metodidan foydalaniladi. Bu metodni qo‘llash uchun quyidagi 6 ta topshiriq 6 ta varaqqa yoziladi va 6 ta stolga qo‘yib chiqiladi:
I. Havoning ahamiyatini bayon qilib bering.
II. Suvning xususiyatlarini aytib bering.
III. Suv tabiatda qanday aylanib yurishini tushuntirib bering.
IV. Metall foydali qazilmalar haqida nimalarni bilasiz?
V. Qum va gilning qanday xususiyatlarga ega ekanligini bayon qiling.
VI. Granit, bo‘r, ohaktosh va marmartoshning qaysi joylarda qanday maqsadlarda ishlatilishini aytib bering.
3. 1- MSNI ni o‘tkazish. 0‘quvchilarning o‘tirgan qatorlariga qarab, o‘qituvchi ularni ikki variantga ajratadi. Test topshiriqlari ikki variantda beriladi.
Quyida test topshiriqlari namunasi keltirilgan. 0‘qituvchi shu test sinovlaridan foydalanishi yoki qayta tuzishi mumkin.
NAMUNAVIY TEST TOPSHIRIQLARI
I variant
1. Jonli tabiat jismlarini ko‘rsating:
a) toshlar, o‘simliklar, hayvonlar;
b) boychechak, olma daraxti, chumoli;
d) suv, qushning sayrashi, quyon;
e) Quyosh, Yer, Oy.
2. Tabiat hodisalariga keltirilgan misollardan qaysi biri to‘g‘ri?
a) tog‘, qush, qushning sayrashi;
b) baliq, baliqning suzishi, yomg‘ir yog‘ishi;
d) tosh, shamolning esishi, yomg‘ir yog‘ishi;
e) chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq gumburlashi, shamolning esishi.
3. Shamol — bu ... .
a) havoning harakati;
b) yomg‘ir manbayi;
d) bulut haydovchi;
e) haroratni o'zgartiruvchi.
4. Globusda okean va dengizlar qanday rangda tas-virlanadi?
a) qizil; b) yashil;
d) havorang; e) sariq.
5. Muz necha darajada eriydi?
a) 0°; b) +5°;
d) +10°; e) +20°.
6. Quyidagi mulohazalardan qaysi biri noto‘g‘ri?
a) qor, yomg'ir, yer osti suvlari daryoni hosil qiladi; b) suv ombori muzliklarning suvidan hosil bo‘la,di;
d) daryolar o‘z suvini dengiz va ko‘llarga quyadi;
e) okean, dengiz va quruqlikdagi suvlardan bug‘lan-gan suv zarralari bulutlarni hosil qiladi.
7. Javoblarning qaysi birida foydali qazilma to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) oltin, ko‘mir, neft;
b) paxta, temir, gaz;
d) suv, oltin, neft;
e) kumush, ko‘mir, bug‘doy.
8. Qaysi moddalar kalsitga kiradi?
a) granit, bo‘r, ohaktosh;
b) kvars, granit, slyuda;
d) slyuda, bo‘r, ohaktosh;
e) bo‘r, ohaktosh, marmartosh.
II variant
1. Jonsiz tabiat jismlarini ko‘rsating:
a) toshlar, o‘simliklar, hayvonlar;
b) boychechak, olma daraxti, chumoli;
d) suv, qushning sayrashi, quyon;
e) Quyosh, Yer, Oy.
2. Tabiat hodisalariga keltirilgan misollardan qaysi biri to‘g‘ri?
a) chaqmoq chaqishi, tosh, kitob;
b) avtomobilning harakati, shamolning esishi, qor yog‘ishi;
d) Quyosh, momaqaldiroq gumburlashi, bulut.
e) yulduzlar, musiqa ovozining tarqalishi, qush.
3. Havo tarkibidagi moddalardan odam va hayvon-lar uchun eng muhimi qaysi modda?
a) suv; b) karbonat angidrid;
d) azot; e) kislorod.
4. Muz necha darajada qaynaydi?
a) 0°; b) +20°;
d) +50°; e) +100°.
5. Yomg‘ir qanday hosil bo‘ladi?
a) bulutdagi qorning erishidan;
b) bulutdagi tutun zarralarining birlashishidan;
d) bulutdagi suv bug‘i zarralarining birlashishidan;
e) tumandagi suv bugTarining birlashishidan.
6. Suv qanday sharoitda kengayadi, qanday sha-roitda siqiladi?
a) issiqlikdan kengayadi va siqiladi;
b) sovuqlikdan kengayadi va siqiladi;
d) sovuqlikdan kengayadi va issiqlikdan siqiladi;
e) issiqlikdan kengayadi va sovuqlikdan siqiladi.
7. Gildan qanday buyumlar tayyorlanadi?
a) oyna, g‘isht, chinni buyumlar;
b) shisha buyumlar, sopol buyumlar, g‘isht;
d) g‘isht, chinni buyumlar, sopol buyumlar;
e) shisha buyumlar, chinni buyumlar, sopol buyumlar.
8. Ohaktosh qanday maqsadlarda ishlatiladi?
a) qurilish materiali sifatida;
b) yozish maqsadida;
d) chinni buyumlar tayyorlashda;
e) sopol buyumlar tayyorlashda.
Do'stlaringiz bilan baham: |