O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:1o.12...2016
13- dars
ATROFIMIZDAGI O‘SIMLIKLAR
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda o‘z teva-rak-atroflarida o‘sadigan o‘simliklar, daraxt, buta va o‘t o'simliklari, bog‘, xiyobon va o‘rmon daraxtlari haqida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘z tevarak-atroflarida o‘sadigan o‘simliklar haqida ma’lumotlar berish orqali o'quvchilarda yashil o‘simliklarga bo‘1gan mehrlarini oshirish va ularni ko‘paytirishga undash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarda daraxt, buta va o‘t o'simliklari, bog‘, xiyobon va o‘rmon daraxtlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Darsning jihozlari: suvzamchi, zubturum, qoqio‘t, shuvoq, ajiriq, sachratqi, ayiqtovon va bedaning urug‘lari, tuproq solingan tuvaklar, tevarak-atrofda o'sadigan o‘simliklar, daraxt, buta va o‘t o‘simliklari, bog‘, xiyobon va o‘rmon daraxtlari tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo’llaniladigan metod: «Klaster» interfaol metodi, amaliy ishlar o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, tevarak-atrofda o‘saaigan o‘simliklar, daraxt, buta va o‘t o'simliklari, bog‘, xiyobon va o‘rmon daraxtlari tasvirlangan rasm-larni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Tuproq» mavzuyi bo‘yicha o‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish uchun «Klaster» interfaol metodidan foydalaniladi. Buning uchun har bir o‘quvchiga quyidagi muammolardan biri yozilgan varaq beriladi:
I. Tuproq tarkibida nimalar borligini bayon qiling.
II. O‘simlik tuproqdan qanday oziqlanishini yozib bering.
III. Tuproq tarkibida havo va suv borligini tajribada qanday aniqlanishini tushuntiring.
IV. Tuproq tarkibida chirindi va mineral tuz borligini tajribada qanday aniqlash mumkinligini aytib bering.
V. Tuproq qanday hosil bo’lganligini yozib bering.
Berilgan muammo bo‘yicha fikr-mulohazalarini yozishga 10 minut vaqt beriladi. Berilgan vaqt tugagach varaqlar yig‘ishtirib olinadi va darsdan tashqa-ri vaqtda tekshiriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Atrofimizdagi o'sim-liklar» mavzuyi boshida ikkita savol berilgan:
1. Qanday o‘simliklar madaniy o'simliklar deb ataladi? Ularga misollar keltiring.
2. Uyingiz atrofida qanday daraxtlar va boshqa o'simliklar o'sadi?
O'quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradi, qolganlari to'ldiradi.
Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarga o'z tevarak-atroflarida o'sadigan o'simliklar, daraxt, buta va o't o'simiiklari, bog', xiyobon va o'rmon daraxtlari haqida batafsil so'zlab beriladi.
Darslikda keltirilgan amaliy ishlarni bajarish bir necha hafta davom etadi. Ushbu darsda nomlari keltirilgan o't o'simliklarining urug'lari dokaga tugilib, bankadagi suvga tushirib qo'yiladi. Urug'larning doim suvga tegib turishi, bankadagi suvning kamayib ket-masligi nazorat qilib turilishi o'quvchilarga vazifa sifatida topshiriladi.
Amaliy ishlarning keyingi bandlarini bajarish keyingi darslarda davom ettiriladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilar bilan quyidagi savollar asosida savol-javob o'tkaziladi:
1. Ariq bo'ylarida, dala va bog'larda, yaylovlarda ko'proq qanday o't o'simiiklari o'sadi?
2. Daraxt, buta va o't o'simiiklari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
3. Bog'larda qanday daraxtlar o'sadi?
4. Ko'cha chetlarida, xiyobonlarda qanday daraxtlar o'sadi?
5. O'rmon deganda nimani tushunasiz? U yerda asosan qaysi daraxtlar o'sadi?
5. Uyga vazifa berish. O'quvchilarga darslikdagi mavzuni o'qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, topshiriqlarni bajarish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |