Sog‘lig‘imizni saqlaylik (4 soat)
Inson tanasining tuzilishi. Teri, skelet va muskullar, ularning vazifalari. Yurak va qon tomirlari. Yurakning tanada joylashishi, ko'rinishi va bajaradigan vazifasi. Qon tomirlari, unda qonning aylanishi.
O‘pka va nafas olish. 0‘pkaning tanada joylashishi, ko‘rinishi va bajaradigan vazifasi. Nafas olish. Havoning inson organizmi uchun ahamiyati.
Ovqat hazm qilish a’zolari. Qizilo‘ngach, oshqozon, ichaklar. Odamda ovqatning hazm bodishi.
Nerv sistemasi. Bosh miya, orqa miya va nervlar, ularning vazifalari. Nerv sistemasining sog‘lom bo‘-lishi va me’yorda ishlashi uchun shart-sharoitlar yara-tish.
Chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand modda-larning inson organizmiga ta’siri.
Ekologiya (1 soat)
Tabiat va inson — bir butun. Ekologiya. Ekologik halokatlar, ularning oldini olish.
«0‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi». «Qizil ki-tob»ga kiritilgan o‘simlik va hayvonlar. Ularni asrash.
Takrorlash (1 soat)
3- sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
— jonli va jonsiz tabiatni, tabiat hodisalarini tasavvur qila olishi;
— tabiatda suvning aylanishini, atmosferadagi hodi-salar (bulut va yog‘inlarning paydo bo‘lishi)ni tasavvur qila olishi;
— o‘simliklarda va hayvonlarda modda almashinuvini tasavvur qila olishi;
— tabiatdagi o‘zaro bogdiqlikni, insonning jonli va jonsiz tabiat bilan o‘zaro aloqasini bilishi;
— jism va moddalarni farqlay olish;
— o‘tsimon va butasimon o'simliklardan, daraxtlardan 5—6 tasi nomini ayta olishi;
— foydali va zararli hasharotlarni bilishi;
— odam tanasining tuzilishini, teri, skelet va muskul-larning, yurak va qon tomirlarining, nafas olish va ovqat hazm qilish organlarining, nerv sistemasining vazifalarini bilishi;
— inson organizmiga ekologik muhitning ta’sirini, chekish, alkogol ichimliklari va giyohvand moddalarni iste’mol qilishning organizmga ta’sirini bilishi;
— suvning muzlashi, muzning erishi, suvning qaynashini tavsiflay olishi;
— yashash joyidagi keng tarqalgan o‘simlik va hayvonlarni tavsiflay olishi;
— madaniy o'simliklar (paxta, bug‘doy, kartoshka, sabzavot (3—4 xil) va poliz ekinlari, mevali daraxtlar (5—6 xil), anor, anjir, qulupnayni parvarish qilish va hosilini yig‘ishni tavsiflay olishi;
— madaniy o‘simliklarni begona o‘tlardan tozalashni tavsiflay olishi;
— manzarali o‘simliklarning ahamiyati va ulardan 3—4 xilini parvarish qilishni, tabiat manzarasini tavsiflay olishi;
— soat yoki sekundomer yordamida vaqt oralig‘ini o‘lchay olishi;
— maktab yer uchastkasidagi yerga ishlov berish, o‘simlik va gul o‘tqaza olishi;
— «O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi»ni bilishi, unga kiritilgan 5—6 ta o‘simlik, 3—4 ta hayvon turlarini ayta olishi;
— gerbariy yasash;
— tabiatda muntazam kuzatishlar olib borish, kuzatishlarga yakun chiqara olishi kerak.
DARS MAVZULARINING TAQSIMOTI
Do'stlaringiz bilan baham: |