O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:24.09.2016
4- dars
TABIATDA SUV
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda tabiatdagi suvlar okean va dengizlar, muzliklar, yer osti suvlari hamda yer ustidagi suvlardan iborat ekanligi haqida tasavvurlar hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarni suvni toza saqlash, ifloslantirmaslik va undan tejab-tergab foydalanishga o‘rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, ekologik dunyo-qarashini va tafakkur doirasini kengaytirish.
Darsning jihozlari: maktab globusi, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko‘1 tasvirlangan rasmlar, 0‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: savol-javob o‘tkazish, «Aqliy hujum» interfaol metodi.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O‘quvchilar davomatini tekshi-rish, ularning darsga tayyorligini aniqlash, maktab globusini o‘quvchilarga ko‘rinadigan joyga qo‘yish, okean, dengiz, muzlik, yer osti suvlari, daryo, ko‘l tasvir-langan rasmlarni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Bizni o‘rab turgan havo» mavzuyi yakunida berilgan savollarga o‘quvchilar javob beradilar. Javob bergan o‘quvchilarga qo‘shimcha savollar beriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Aqliy hujum» interfaol metodi yordamida yangi mavzuni bayon qilish boshlanadi. O‘qituvchi quyidagi topshiriqlar javobini topishni so‘raydi:
Dengiz, daryoda yashar,
Tez-tez ko‘klarga ketar.
Zeriksa bormi, osmondan
Zamin uzra qaytib tushar.
(Bug‘, yomg'ir)
Men bor joyda gul bo‘lar,
Mensiz gulzor cho‘l bo‘lar.
(Suv)
— Bugun biz sizlar bilan «Tabiatda suv» mavzuyi ustida ishlaymiz.
— Suv qayerda bo‘ladi? (Okean, dengiz, daryo, ko‘l, ariqlarda).
— Daryolar qayerdan boshlanadi? (Togdardan).
O‘qituvchi «Tabiatda suv» mavzuyida o‘quvchilarga hikoya qilib beradi. Globus va 0‘zbekiston Respublikasi tabiiy xaritasidan okean, dengiz, daryo va kodlar ko'rsatiladi.
— Hozir biz sizlar bilan kichik tajriba o‘tkazamiz:
Birinchi kuni har doimdagidek ertalab yuz-qo‘li-mizni, tishimizni yuvish uchun qancha suv ketishini hisoblab ko‘ramiz. Buning uchun suv quvuri suvini yopib turib, ketadigan suvni stakanda odchaymiz.
Ikkinchi kuni suvni tejab, yuz-qo‘limiz va tishla-rimizni yuvamiz. Ishlatilgan suvni o‘lchaymiz. Birinchi kuni ishlatilgan suv 15 stakan bo‘lsin, ikkinchi kuni esa 11 stakan deb hisoblaymiz. Demak, 4 stakan suvni tejaymiz: 15—11=4 (st).
Agar sinfimizdagi 38 ta o‘quvchi har kuni 4 stakandan suv tejasa, hammasi bo‘lib 152 stakan suv tejalar ekan. Buni butun shahar (qishloq) miqyosida hisoblasak, tejalgan suvning miqdori katta raqamlarga aylanadi.
O‘quvchilarga Zafar Diyorning quyidagi she’ri o‘qib beriladi:
SUV BILAN SUHBAT
Hoy sen, jiyron toychamdek 0‘ynab-o‘ynab oqqan suv. Dalalarga bayramdek Guldan bezak taqqan suv.
Quloq solgin so‘zimga,
Nega buncha shoshasan? Qayerdan bu kelishing, Qirg‘oqlardan toshasan?
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik, globus va xarita bilan ishlanadi. Darslikdagi amaliy ishlar bajariladi. 0‘quvchilarga quyidagi savollar bilan muro-jaat qilinadi:
1. O‘zbekiston hududidan o‘tadigan yirik daryolarni aytib bering.
2. O‘lkamiz hududida qanday kodlar bor?
3. Nima uchun Orol dengizini ko‘l deb atalmaydi? (Orol aslida ko‘l, u dengiz kabi katta bodgani uchun ko‘l deb emas, balki dengiz deb atashgan).
4. Nima uchun Orol dengizi quriyapti?
5. Uni qutqarish uchun nima qilish kerak?
Suvni toza saqlash, tejash kerak. Bu haqda bundan ancha ilgari yozilgan muqaddas kitob — «Avesto»da ham aytib o‘tilgan. Buyuk olim va hakim Ibn Sino ham suvni toza saqlash, ifloslangan ariq, quduq suvlaridan ichmaslik lozimligini aytib o‘tganlar.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savol-larga javob topish, topshiriqlarni bajarish uyga vazifa sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |