O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:15.10.2016 7- dars
GRANIT. QUM YA GIL
Darsning ta’limiy maqsadi: o'quvchilarga granit, qum va gil haqida ma’lumotlar berish, ulardan nimalar tayyorlanishi haqida tasavvurlar hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: granit, qum va gildan turli narsalar tayyorlashda hunarmandlarning amaliy san’atiga va mehnatiga hurmat uyg‘otish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning granit, qum va gil, ulardan turli narsalar tayyorlanishi haqida dunyoqarashlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari: granit, qum va gil, bir bo‘lak kesak, likopcha; qum va gildan tayyorlangan buyumlar tasvirlangan rasmlar, asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan O‘zbekiston xaritasi, darslik.
Darsda qodlaniladigan metod: savol-javob, amaliy ishlar o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, granit, bo‘r, qum va gil namunalarini o‘quvchilarga ko‘rinadigan joyga qo‘yish, qum va gildan tayyorlangan buyumlar tasvirlangan rasmlarni osish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Yer osti boyliklari» mavzusi yakunida berilgan savol-larga o‘quvchilar javob beradilar. Berilgan topshiriqlar tekshirib chiqiladi.
O‘quvchilar bilimi savollarga javob berishlari natijalariga qarab baholanadi.
3. Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzuni bayon etishni boshlashdan avval o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
1. Qum tuproqdan nimasi bilan farq qiladi?
2. Sopol idishlar nimadan yasalganligini bilasizmi?
Bu savollar asosida o‘quvchilar yangi darsga qiziqtiriladi va yo‘naltiriladi. Oquvchilarga granit haqida maTumotlar beriladi, granit bilan o‘tkaziladigan amaliy ish bajariladi, oquvchilarga granit namunasi, uning ichida kvars, dala shpati va slyuda mavjudligi ko‘rsatiladi, 0‘quvchilarga granitning xususiyatlarini, granit qanday maqsadlarda ishlatilishi tushuntiriladi, xaritadan granit qazib chiqariladigan joylar ko‘r-satiladi.
Qum va gil haqida ma’lumotlar beriladi, ulardan qanday buyumlar tayyorlanishi tushuntirib beriladi. Qum va gil bilan o‘tkaziladigan amaliy ishlar bajariladi. Qum suvga solinganda loyqa hosil qilmasligi, gil esa loyqa hosil qilishi, namlangan qum yopishqoq emasligi, suvga aralashtirilgan tuproq yopishqoq bo’lishi, undan (loydan) turli shakldagi buyumlar yasash mumkinligi tushuntiriladi. Qum sochiluvchan mayda zarralardan tuzilganligi, suvni o‘tkazishi, gil yopishqoq bo‘lishi, suvni yomon o‘tkazishi haqida xulosa chiqariladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilar bilan quyidagi savollar asosida savol-javob o‘tkaziladi:
1. Granit qanday ko‘rinishda bodadi?
2. Granitdan qayerda foydalaniladi?
3. Gilning qumdan qanday farqi bor?
4. Sinfdagi qaysi narsalar qumdan yasalgan?
5. Chinni buyumlar nimadan yasaladi? Ko'za, xum, sopol buyumlarchi?
O‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan toddiriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, qum va gildan yasalgan buyumlarning nomini daftarga yozib kelish uyga vazifa sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |