O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:2 9.10.2016
8- dars
KALSITLAR
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga kal-sitlardan bo‘r, ohaktosh va marmartosh haqida ma’lumotlar berish, ularda kalsitlarning qurilishda foydalanishi haqida tasavvurlar hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarga odkamiz hududi bo‘r, ohaktosh va marmartosh kabi foydali qazilmalarga boyligi haqida ma’lumotlar berish orqali ularning Vatanga bodgan g‘ururlarini oshirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning kalsit haqida ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: bo‘r, ohaktosh va marmartosh namunalari, kalsitlarning qodlanilishi tasvirlangan rasmlar, asosiy foydali qazilmalar tasvirlangan 0‘zbekis-ton xaritasi, darslik.
Darsda qodlaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlarni o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, bo‘r, ohaktosh va marmartosh namunalarini o‘quvchilarga ko‘rinadigan joyga qo‘yish, kalsitlarning qodlanilishi tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Foydali qazilmalar» mavzuyi yakunida berilgan savollar asosida o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi. Ularga quyidagi qo‘shimcha savollarni berib, suhbatlashish davom ettiriladi:
1. Granitdan qaysi joylarda foydalanilganligini aytib bering.
2. Qumning gildan qanday farqi bor?
3. Uyingizdagi qaysi buyumlar qumdan, qaysilari gildan yasalgan?
Suhbatlashish davomida faol ishtirok etgan o‘quv-chilar rag‘batlantiriladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. 0‘quvchilarga bo‘r, ohaktosh va marmar namunalari ko‘rsatiladi. Ularga quyidagi savollar beriladi:
1. Doskaga nima bilan yozamiz?
2. Uyimiz devorlarini nima bilan oqlaymiz?
3. Marmardan qoplangan devorlarni qayerda ko‘r-gansiz?
Bu bilan o‘quvchilarni yangi mavzuga qiziqtiriladi.
Kalsitning uch turi — bo‘r, ohaktosh va marmartosh bir-biriga o‘xshamasligi, ularning ishlatilishi, 0‘zbe-kistonda bu materiallarning konlari mavjudligi, qazib olinishi haqida ma’lumotlar bayon qilinadi.
O‘quvchilar bilan sinf doskasiga yozish uchun ishlatiladigan bo‘r, uning xususiyatlari, bo‘rdan yana qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi haqida suhbatlashiladi. Bo‘r bilan bogdiq bodgan amaliy ish o‘tkaziladi. Ohaktosh bilan bog’liq bodgan amaliy ishlar ham o‘tkaziladi. Ohaktoshning xususiyatlari, uning bo‘rdan farqi, ishlatilishi haqida suhbatlashiladi.
Marmartosh haqida ma’lumotlar beriladi, uning ajoyib xususiyatlari, ishlatilishi haqida suhbatlashiladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Kalsitlarga qanday moddalar kiradi?
2. Bo‘r qanday xususiyatlarga ega? Undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
3. Ohaktosh bo‘rdan qanday farq qiladi? U qayerlarda ishlatiladi?
4. Marmartosh haqida nimalarni bilasiz?
O‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savol-larga javob topish, 1—8- darslarda o‘tilgan mavzular bo‘yicha kelgusi darsda test sinovlari o'tkazilishi munosabati bilan unga tayyorgarlik ko‘rish uyga vazifa sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |