1.2. Atrof muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi
Atrof muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antropogen modda va energiya almashinuvi vujudga keldi. Antropogen modda almashinuvi, ya’ni xom ashyolarni tabiatdan oshig‘i bilan olinishi va zararli chiqindi holiga atrof muhitga tashlanishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatni buzilishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rivojlanishiga biogen, antropogen va texnogen (noogen) bosqichlar ajratiladi.
Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida inson bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi munosabat turlicha bo‘lgan. Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichida neolitda inson bilan tabiatning o‘zaro munosabati ibtidoiy ahvolda bo‘lgan. Kishilar bu davrda tabiatni emas, balki tabiat kishilarni o‘ziga bo‘ysundirgan. Ikkinchi bosqichida ya’ni quldorlik jamiyatida xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, insonning tabiatga ko‘rsatgan ta’siri ancha kuchaygan. Uchinchi bosqichda feodalizm davriga kelganda ishlab chiqarish kuchlari rivojlangan va insonning tabiatga ta’siri yanada kuchaygan. To‘rtinchi bosqich katalizm davrida jamiyat bilan tabiiy muhit orasidagi ta’sir juda ham kuchayib ketdi. Natijada, XX asr boshlariga kelib, yer kurrasidagi suv havzalari, atmosfera havosi, tuproqlar, sanoat, transport, maishiy-kommunal, qishloq xo‘jaligi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi juda ham kuchayib ketdi. Bular o‘z navbatida sayyoramiz biologik resurslarining holatiga va ayniqsa kishilar salomatligiga ziyon etkazmoqda. Shu sababli jahon mamlakatlarida ham tabiiy muhitni toza saqlash uni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha bir qancha ijobiy ishlar qilinmoqda.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Mahalliy, mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolarni ajratish mumkin. Ayrim yirik shahar, sanoat markazlari, alohida tumanlarda mahalliy, Orolbo‘yi, CHernobilda mintaqaviy ekologik teng vaziyatlar vujudga kelgan. Ozon tuynuklari muammosi, kislotali yomg‘irlar, cho‘llanish, dunyo okeanining ifloslanishi va boshqalar umumsayyoraviy ekologik muammolar hisoblanadi. yer yuzida ekologik inqiroz xavfining real ekanligini ko‘rsatadi. Agar keyingi 30-40 yil ichida ekologik muammolarni hal qilish uchun barcha chora tadbirlar ko‘rilmasa ekologik inqiroz muqarrardir.
Tabiatni muhofaza qilish deganda hozirgi va kelgusi avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof muhitni musaffo holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmuasi tushuniladi. Tabiatni muhofaza qilish deganda kompleks fan ham nazarda tutiladi. Demak, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish tushunchalari alohida mazmun va maqsadga ega bo‘lgan tushunchalardir. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi.
Atrof muhitni muhofaza qilish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tushunchalari ma’nodoshdir.
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd qilingan. O‘simlik va va hayvonlar, inson hayotining atrof muhit bilan bog‘liqligi Ibn Sino, Beruniy asarlarida ham yoritilgan. XIX -asrga kelib ekologiya ilmiy asosda A.Gumboldt, J.Lamark, K.Rule, CH.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritildi. Lekin ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab o‘simlik va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20-yillarida ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi. 20-30 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida D.N. Kashkarov va E.P. Korovinlar ekologiya-geografiya maktabi tashkil etilib, O‘lkamiz tabiatini ekologik tatqiq qilish boshlanadi. 1940-50 yillarda sobiq ittifoqda ekologik bilimlarning rivojlanishi susayib qoldi. Atrof muhit holati tez o‘zgara boshlagan XX asrning 60-yillariga kelib ekologiya jadal rivojlandi, turli yangi yo‘nalishlar vujudga keldi.
Inson va atrof muhit o‘rtasida o‘zaro munosabatlar keskinlashgan, fan-texnika jadal rivojlanayotgan davrda tabiaini muhofaza qilish eng asosiy muammolardan hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish tushunchasi insonning atrof muhitga salbiy ta’siri yuzaga kelgan uzoq o‘tmishdan yaxshi ma’lum. Agar ilgari tabiatni muhofaza qilish deganda ma’lum amaliy tadbirlar majmuasi tushunilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda alohida kompleks fan shakllanmoqda. Tabiatni muhofaza qilish antropogen modda va energiya almashinuvi qonuniyatlari, bu jarayonning tabiat va jamiyat o‘zaro aloqadorligiga ta’siri xususiyatlari, insoniyatning kelajak rivojlanishi maqsadlarida ushbu jarayonni boshqarish yo‘llarini ishlab chiqadigan fandir. Ushbu fanning sotsekologiya, antropotsenologiya, tabiatdan foydalanish kabi turli nomlari ham taklif qilingan.
Tabiatni muhofaza qilish jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida maqsad va mazmuniga ko‘ra farqlangan. Tabiatning muhofaza qilishning dastlabki bosqichida yo‘qolib borayotgan alohida o‘simlik va hayvon turlarining muhofazasi amalga oshirilgan. Insoniyatning ehtiyojlari o‘sishi bilan tabiiy resurslarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bosqichi vujudga kelgan. XX asrning o‘rtalaridan boshlab tabiiy resurslar bilan bir qatorda alohida noyob tabiiy hududlarni muhofaza qilish bosqichi ajratiladi. Atrof muhitni hozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi insonning tabiatga ta’siri umumsayyoraviy miqyosga etgan.
Tabiatdan foydalanish, uni o‘zgartirish va tabiatni muhofaza qilish o‘zaro chambarchas bog‘langan jarayonlar hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy qilish, atrof muhitni ifloslanishidan saqlash, salbiy o‘zgarishlarni bashorat qilish va ularni oldini olishdan iboratdir. Tabiat muhofazasi haqidagi fan juda serqirra bo‘lib, u faqatgina geografiya, biologiya, fizika, ximiya, iqtisod va boshqa ko‘plab tabiiy va ijtimoiy fanlar tutashgan joydagina muvaffaqiyatli rivojlanadi.
Insonning tabiatga bevosita va bilvosita, ijobiy va salbiy ta’sir shakllari ajraladi. O‘rmonlarning kesilishi, hayvonlarni ovlash, yangi erlarni o‘zlashtirish, konlarni qazish natijasida inson tabiatga bilvosita ta’siri bevosita ta’sirining salbiy oqibatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, yangi erlarning o‘zlashtirilishi ham o‘simliklar va hayvonlarning qirilishiga olib keladi. Tashlandiq erlarni, o‘rmonlarni tiklash, ko‘kalamzorlashtirish, o‘simlik va hayvonlarni ko‘paytirish insonning tabiatga ijobiy ta’siriga kiradi. Har qanday ijobiy ta’sirning ham salbiy bo‘lishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilishning ahamiyati xilma-xil bo‘lib, ularni umumlashtirib quyidagi iqtisodiy, ilmiy, sog‘lomlashtirish-gigiena, tarbiyaviy, estetik yo‘nalishlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |