Tabiat bilan jamiat o`rtasidagi munosabatlar keskinlashuvi va uning oqibatlari reja kirish I bob insoniyat va tabiat 1


Atrof muhitga salbiy ta`sirlar oqibati



Download 0,59 Mb.
bet6/8
Sana22.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#839266
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BMI Rahmonov

2.3 Atrof muhitga salbiy ta`sirlar oqibati
Tabiatni qo'riqlash qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, hal' yili atmosferaga 15-75 mln tonnagacha chang va tuz uchib chiqib dunyo bo'ylab tarqalib ketmoqda. Yilning hamma faslida bunday bo'ronli kunlami, bir necha hatta mobaynida to'xtovsiz havoda chang va qum bo'ronlari aylanganini ko'rish mumkin. Osmonga ko'tarilayotgan chang va tuzli bo'ronlar yaqin va uzoqdagi erlarga yog'ilib ulami ifloslantirib yubormoqda. O'zbekistonda o'simlik o'stirish mumkin bo'lgan er yuzasi juda kam, ammo Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi barcha erlar sho'rlanib bo'ldi. Markaziy Osiyodagi yagona katta suv havzasining qurib borishi unda yashayotgan 36 mIn odam uchun kata falokatdir. Shuni aytish lozimki, 36 mIn aholidan 27 millioni Respublikamiz hududida yashab umr kechiradi. Orolning qurib borishidan Markaziy Osiyo respublikalari ichida hech qaysi respublika biz kabi asorat ko'rmaydi. Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 1997 yil BMT Bosh Assambleyasining 48-50 sessiyalarida hamda Markaziy Osiyo davlatlarining Almati deklaratsiyasida Orol dengizi xavfi bugun xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolami keltirib chiqarishini ta'kidladi. Orol dengizi xavfining oldini olish uchun shu kungacha yagona ilmiy, huquqiy, moliyaviy va texnologik baza ishlab chiqilmagan. Orol atrofidagi aholi dengizning qurib borishidan IUhiy, moddiy, ma'naviy, iqtisodiy va ekologik jihatdan azoblanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda yagona hir dasturga asoslanib bu og'ir ekologik xavfui bartaraf qilish, hech bo'imaganda Orolni shu holda saqlab qolish chorasini ko'rsalar, yaxshi bo'lardi.
Orol dengizidan uchgan qum, chang va tuzlar faqatgina atmosfera emas, tuproq suvini ham baravariga ifloslantirib bormoqda. Bu hududlarda yashayotgan aholi ichimlik suvlarni faqatgina suv quvurlaridan ichishi lozim, shundagina ular istebmol qiladigan suv biroz toza bo'lishi mumkin. Ochiq havzalardan suv istebmol qilinganda havoga ko'tarilayotgan chang va tuzlar to'g'ridan-to'g'ri suv ustiga kelib tushadi. Ma'iumotiarga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida aholining quvurlardan ichadigan qismi 76% tashkil qiladi. Qolgan aholi ochiq havzalardan suv ichadi, respublika bO'yicha aholining suv quvuridan foydalanishi 89%, Qoraqalpog'iston Respublikasida bu ko'rsatkich Respublikadan ham past hisoblanadi. Respublikada Orol dengizining qurib borishi eng avvalo sug'orilayotgan dehqonchilikka salbiy ta'sir ko'rsatib, ekinlarning etarli suv bilan ta'minlanmasligi natijasida ularning hosildorligi pasayib borishini, tuproqlarning sho'rlanib borishi ko'payishi oqibatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik holat og'irlashishiga olib ke1adi. Sanoat korxonalaridan oqova suvlar, tog'-kon qazuvchi tashkilotlardan suyuq chiqindilar, toksik va radioaktiv cho'kindilar, og'ir metallarning atmosferadan va suy bilan o'simliklar oziqlanadigan tuproqqa kelib qo'shilish xavfning oldini olish lozim.
Ekologik xavfni baliaraf qilish uchun Markaziy Osiyo xalqlari yagona bir dastur asosida ish olib borishi kerak. BMT ma'lumotiga ko'ra, insonning o'zi atrof-muhitga juda ko'p miqdorda biologik chiqindi tashlaydi. Inson tashlaydigan chiqindi miqdori biosfera tashlagan chiqindiga qaraganda, 2000 marta ko'pdir. Inson o'z turmushi, huzurhalovati uchun har yili planetadan 10 trilion tonna xomashyoni-yonilg'i beruvchi energiya zaxiralari, foydali qazilmalarni, qurilish uchun zarur xomashyolarni o'zlashtiradi. Insonlar ehtiyoji uchun zarur bo'lgan neft, gaz va toshko'mir zaxiralari bu asrda juda kamyob. Foydali qazilmalar ham insonlar tomonidan XXI asrda qazib tugatish arafasida. Er ustida yashab hayot kechirayotgan hiologik turlar ham insonlar ta'siri ostida qurilib bormoqda. Ma'lumotlarga kO'ra har soatda dunyoda mavjud biologik turdan bittasi yo'qolib bormoqda. Tabiatga munosabat shu tarzda davom etaversa, XXI asr insoniyatni nimalarga olib kelishini aytish qiyin. Sivilizatsiya shu holda kechsa, 3000-yilgacha hayot bo'lishi dargumon bo'Jib qoladi. Moddiy zaxiralarni o'zlashtirish hozirgiday ketsa yana 100 yildan so'ng barcha yoqilg'i zaxiralari tugaydi, insoniyat energiyaga beradigan zaxiralar va xomashyoning 80% ini o'z manfaati yo'lida o'zlashtirib oladi. Bu ishlarni tashkillashtirish va nazorat qilish uchun taltibga rioya qilish zarur. Kuzatishlar bir tizimda va yaxshi holda bo'lishi, ularni o'tkazishda gidrologik vaziyatlardin kelib chiqib, kuzatish muddatini belgilash, suvning sifatini belgilangan usul bilan aniqlash lozim. Suvdan ma'lum davrlarda, standart talablariga ko'ra namuna olib, uning tarkibi aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasining er osti suvlari umumiy suv resurslarining ajralmas qismi bo'lib. iqtisodiyotning rivojlanishida. shaharlar va qishloqlar aholisining xo'jalik-ichimlik suv ta'minoti. sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning asosiy suv ta'minoti manbasi hisoblanadi.
Respublika hududidagi 6 ta daryoning (Qashqadaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo. Qoradaryo va Norin) suvni muhofaza qilish maydonlari jami 73,12 ming gektami, qirg'oq bo'yi polosalari esa 9,85 ming gektami tashkil etadi. Ushbu 6 ta daryoning suvni muhofaza qilish mintaqasida joylashgan 126 ta ekologik potentsial xavfli obyektlar mazkur mintaqalardan chiqarildi. Suv resurslarini chegaralanganligini inobatga olib, suvdan samarali foydalanish va joylarda tuzilayotgan Suvdan foydalanuvchitar uyushmasi (SFU)-lari faoliyatini yanada jonlantirish, ulardan unumli foydalanish, suv o'ta tanqis bo'lgan yillarda sug'orma suvlarga mincrallashgan zovur suvlarini zarur nisbatda aralashtirgan holda hamda tashlama suvlari bilan qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda ishlatishdek uslub, kclajakda keng qo'llanilishini hozirda vujudga kelgan vaziyat taqazo etmoqda


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish