BMI ning tarkibiy tuzilishi. Ushbu tadqiqot ishi kirish, ikki bob, 7 ta band xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
1.1 Inson taraqqiyotining tabiatga ta`siri
Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo‘lib, alohida sotsial mazmunga ega. Tabiat va jamiyat o‘zaro uzviy bog‘langan, bir butun materiyaning ikki qismi, o‘ziga xos sotsekosistema hisoblanadi. Tabiat va jamiyat o‘zaro aloqadorlik tizimida inson markaziy o‘rin egallaydi. Inson bir vaqtning o‘zida ham tabiat, ham jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, biosotsial mohiyatga ega. Modda va energiya almashinuvi tabiat mavjudligining asosidir. Materia harakatining yuqori shakli bo‘lgan jamiyat tabiatning alohida «insoniylashgan» qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi.
Ekologiyaga doir adabiyotda jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’sirini davrlarga bo‘lish xususida turli fikrlar mavjud. Muammolarning bir toifasi beshta davrni, boshqalari to‘rtta, uchinchilari uchta davrni tilga oladilar. Adabiyotlarda shuningdek jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siri tarixini to‘rt davrga bo‘lish keng o‘rin olgan. Ya’ni 1) o‘ziniki qilib olish; 2) agrar; 3) industrial; 4) noosfera davrlari.
F. Engels «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi kitobida inson tabiatni o‘zlashtirishi tamoyiliga qarab jamiyat tarixida uch davrni ajratib ko‘rsatadi. «Yovvoyilik deb yozadi Engels - bu asosan tabiatning tayyor mahsulotlarini o‘zlashtirish davridir; inson tomonidan yaratilgan mahsulotlar asosan ana shunday o‘zlashtirishda yordamchi qurol bo‘lib xizmat qiladi. Vaxshiylik bu chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanila boshlagan davr, inson faoliyati yordamida tabiat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish usullarini egallash davridir. Sivilizatsiya bu tabiat mahsulotlariga ishlov berishni yanada egallash davri, asl ma’noda sanoat va mohirlik davrdir».
Neogen davri yer yuzida neantrop yoki Homosapues (ongli odam)ning paydo bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan munosabati ham o‘zgarib borgan. Ba’zi bir tadqiqotchilar tabiat va jamiyatning o‘zaro munosabatlaridagi asosiy tarixiy bosqichlarni 4 davrga bo‘lishadi. A) Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kishilar o‘zi foydalanadigan tabiiy resurslarning holatiga ma’lum darajada e’tibor berib, iste’mol qiladigan o‘simliklarni va ov qiladigan hayvonlarni himoyaga ola boshlaganlar. CHunki bu davrga kelib aholi soni ko‘payib, ishlab chiqarish qurollari ancha takomillashib, o‘q-yoy murakkabroq baliq ovlash asboblari yaratildi. Bular o‘z navbatda ibtidoiy jamoa kishilarining yashashi uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslarni va muqaddas hisoblangan joylarni himoya qilish yuzasidan ba’zi bir choralarni ko‘rishga undagan edi. Hatto ma’lum hududlarda hayvonlarni ovlash, foydali o‘simlik urug‘larini ko‘plab terib olish man etila boshlandi. Foydali hayvonlarni ko‘plab qirib tashlagan kishilar ibtidoiy jamoa tuzumida o‘lim jazosiga hukm qilingan.
Noyob va qimmatli o‘simlik hamda hayvonlar mavjud bo‘lgan erlar «muqaddas joy» deb e’lon qilingan va u erlarda ov qilish, o‘simliklarni mevasi va urug‘ini terish man etilgan. Bu tadbir- choralar esa tabiatni muhofaza qilish tarixining boshlanishi bo‘lgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ibtidoiy odam o‘zi uchun kerakli narsani tabiatdan olar ekan, buning oqibati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmas edi. CHunki ibtidoiy odamlar soni jihatidan juda oz bo‘lib, tabiatga deyarli qaram bo‘lgan.
B) Quldorlik jamiyati - xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, insonning tabiatga ko‘rsatgan ta’siri ancha kuchaygan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga sabab bo‘lgan. Yirik quldorlar qullar kuchidan foydalanib katta hududlarni haydab, tabiiy o‘simlik va hayvonlarni yo‘q qilib, ekin dalalariga aylantirganlar. Bunga O‘rta Osiyoda, Misrda, Mesopotamiyada, Xitoyda va Hindistonda erlarni haydab, sug‘orib dehqonchilik qilgan quldorchilik davlatlari misol bo‘ladi. Quldorlik tuzumida erlardan foydalanish to‘g‘risida o‘ylamaslik sababli, tuproqning tabiiy holati yomonlashib borgan.
Quldorlik faoliyati davrida ba’zi davlatlarda yog‘och-taxtalarga talab juda ko‘p edi. SHu sababli, o‘rmonlardan to‘g‘ri foydalanish va ularni qo‘riqlash sohasida choralar ko‘rila boshlangan. Bunga misol tariqasida Vavilon davlatining bundan 4 ming yil oldin o‘rmonlarni muhofaza qilish sohasida choralar ko‘rilganligi, bu choralarni buzgan kishilar qattiq jazolanganligi va hatto o‘limga mahkum qilinganini aytib o‘tish mumkin. Hatto Misrda quldorlik jamiyatida «O‘liklar daftari» tashkil etilgan. Bu daftarda tabiat muhofazasi sohasida juda qiziqarli savollar yozilgan. Unda o‘lgan kishiga oxiratda quyidagi savol-javoblar berilishi yozilgan: «Men ularning yaylovlaridagi hayvonlarni o‘ldirganim yo‘q, hayvonlarni tangri erlaridan haydab chiqarganim yo‘q. Men baliq tutganim yo‘q». Bundan ko‘rinib turibdiki, Qadimgi Misrda hayvonlarni o‘ldirish, o‘simliklardan noto‘g‘ri foydalanish, me’yoridan ortiqcha baliq tutish zararli va gunoh hisoblangan.
Feodalizm tuzumida mehnat vositalarining takomillashuvi, aholi sonini ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va surati o‘sib borgan. Feodalizm davriga kelganda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi, natijada, juda katta territoriyalarda o‘tloq va o‘rmonlar yo‘q qilinib, dehkonchilik uchun foydalaniladi. Ayniqsa, rivojlangan G‘arbiy Evropadagi davlatlar dengizda suzish, yangi erlarni zabt etish uchun ko‘plab kemalar qurdi va ma’danlarni eritish uchun ko‘plab o‘rmonlarni kesishgan. O‘sha davrda bir kemani qurish uchun 400 ta tup dub daraxti kesilgan. Istoniyaning «Engilmas Armada» harbiy kemasini qurish uchun yarim million dub kesilgan. Natijada Ispaniyada hanuzgacha o‘sha o‘rmonlar tiklangani yo‘q.
Feodalizm davrida ko‘plab o‘rmonlarning qirqilishi oqibatida tuproq eroziyasi kuchaygan, daryo suv rejimi o‘zgargan, qimmatli hayvonlar (shimol bug‘usi, tur, sayg‘oq kabi hayvonlar) kamayib keta boshlagan. Xullas, bu davrga kelganda yer kurrasi tabiatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berib, tabiatda buzilish yuz bera boshlagan.
Yuqorida qayd qilingan va tabiatda ro‘y bergan salbiy o‘zgarishlar bilan birga feodalizm davrida ham tabiatni muhofaza qilish choralari ko‘rilgan. Bunga O‘rta Osiyoda o‘sha davrda tashkil etilgan qo‘riqxonalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bundan 1000 yil oldin Buxoro yaqinida atrofi baland devorlar bilan o‘ralgan SHamsobod qo‘riqxonasi tashkil etilgan bo‘lib, uning ichida bug‘u, kiyik, tulki, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar yashaganligini tarixchi geograf Narshaxiy yozib qoldirgan edi. Bulardan tashqari Bobur zamonida Samarqand yaqinida Bedana ko‘rig‘i (bedana ovlangan) mavjud bo‘lgan. Bunday ishlar Evropa davlatlarida ham amalga oshirilgan edi. Biroq bu qo‘riqxonalar podsho, qirol va amaldorlarning ov qilib, dam oladigan manzilgoh erlariga aylangan edi.
Jamiyatning tabiatga ta’sir jihatidan bu davr ikkinchisidan kam farq qiladi. Ikkinchi davr bilan uchinchi davr o‘rtasida jiddiy farq shundaki, qulchilik shakllarining krepostnoy qaramlik bilan almashishi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, tabiatni bilish va o‘zgartirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi.
Kapitalizm davrida jamiyat bilan tabiiy muhit orasidagi ta’sir juda ham kuchayib ketdi. Kapitalistik iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o‘zlashtirilishi tabiatga ta’sirning yuqori darajaga etkazdi. CHunki ishlab chiqarish vositalari xususiy mulkchilikka asoslangan, o‘zaro raqobatlar mavjud bo‘lgan, xo‘jaligi notekis rivojlanayotgan kapitalistik jamiyatda tabiiy resurslardan rejasiz vahshiylarcha foydalanildi. Natijada tabiiy resurslarning tabiiy xususiyatlarida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda ko‘plab yog‘och-taxta tayyorlash oqibatida Evropada va SHimoliy Amerikadagi katta-katta territoriyalarda o‘rmonlar kesilib, shamol va suv eroziyasi kuchayib, hosildor erlar qishloq xo‘jalik oborotiga yaroqsiz bo‘lib qoldi. AQSHda o‘rmonlarni ko‘plab kesish, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish tufayli territoriyasining 48% qismida eroziya jarayoni tezlashib ketgan.
Kapitalizm jamiyatida ko‘plab zavod-fabrikalarning yoqilg‘iga asoslangan transport turlarining kuchayishi, atom va yadro qurollarini sinash, yangi shaharlarni vujudga kelishi va boshqalar natijasida, tabiatga ko‘plab zaharli gazlar, iflos suvlar, qattiq zarrachalar va axlatlarni chiqarib tashlash oqibatida atmosfera, suv va tuproq ifloslanib ketmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |