2.1 Ekologik muammolar va bartaraf etish chora tadbirlari
asrning o‘rtalariga qadar odamzodtabiatni buza oladigan darajadagi kuchli vositalarga ega emas edi.Yadroviy ob’ektlarning va zaharli kimyoviy moddalarning ko‘plabmiqdorlarda bir joyda to‘planishi va ishlab chiqarilishining o‘sishi,odamning ekosistemaga katta zarar keltirish, xatto, ayrim hududlarda unibuzib yuborish imkoniga ega qildi. Insoniyatning aktiv texnogen faoliyati tufayli planetamizning ko‘pgina hududlarida biosferaga putur etgan va yangi yashash muhiti turi - texnosferavujudga kelgan. XIX asr boshlarida odam umrining uzunligi o‘rtacha 35 - 40 yil bo‘lgan bo‘lsa, XX asrga kelib 60 - 63 yilga etgan. Lekin, inson ongi va qo‘li bilan yaratgan texnosfera ko‘p xollarda odamlar umidini oqlamadi. YAratilgan ishlab chiqarish va shahar muhiti xavfsizlik satxi bo‘yicha talab darajasidan ancha orqada. Texnosferaning paydo bo‘lishi, uning borgan sari kengayib borishi biosferani siqib chiqarmoqda, uning o‘rnini olmoqda. Bu esa planetamiz ekosistemasini buzilishiga olib kelmoqda. Hozirgi kunda yer yuzida ekosistemasibuzilmagan maydonlar oz qismni tashkil qiladi. Masalan, Evropada 15,6%, Osiyoda 43,6%, Shimoliy Amerikada 56,3% halos.
Mamlakatimiz birinchi Prezident Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida respublikamizda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda, xususan, atrof- muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida salmoqli yutuqlarga erishilganligini ko‘rsatib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga o‘tishining maqsad va vazifalariga muvofiq tabiatni muhofaza qonunchiligi takomillashtirilmoqda, atrof-muhit sohasiga oid qator strategik hujjatlar, mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini qayta texnik isloh qilishga yo‘naltirilgan hukumat qarorlari qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining amalga oshirilishi natijasida respublika bo‘yicha ekologik holatning barqarorlashuv tendensiyasi kuzatilmoqda.
Barqaror rivojlanish, xususan, tabiiy muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun suv resurslarining ahamiyatni hisobga olgan holda, O‘zbekiston suv resurslarini kompleks boshqaruv tizimini rivojlantirishga, ulardan samarali foydalanish hamda suv, suv ta’minoti va sanitariya masalalari bo‘yicha xalqaro darajada qabul qilingan majburiyatlarini bajarishga intilmoqda. Bunda suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va boshqaruvini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maishiy va kommunal xo‘jalikda suvdan foydalanishni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni kelgusida yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (1999 yil 1 iyundagi 278-sonli), “Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni kelgusida yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2003 yil 17 sentyabrdagi 405-sonli) qarorlari qabul qilindi.
Respublikada «2009-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiyalash Sxemasi» amalga oshirilmoqda, O’z DSt 250:2000 “Ichimlik suvi. Gigienik talablar va sifat nazorati” standartlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Bundan tashqari, respublikada suv ta’minotini yanada yaxshilish maqsadida Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki, Quvayt Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish banki, AQSH Xalqaro rivojlanish agentligi, Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati, Ispaniya Qirolligi, Fransiya va SHveysariyaning investitsiyalarini jalb etgan holda ichimlik suv ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ajratilgan kreditlar hisobidan Orolbo‘yi mintaqasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari hamda Samarqand, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi shaharlarida ichimlik suv ta’minoti loyihalari bajarilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida”gi Qonun hamda «25.12.2009 yil 0‘RQ-240-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi»ga muvofiq Dastur ishlab chiqildi va uning asosida suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Mazkur Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi umumiy va suvdan maxsus foydalanish turlari ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinishi, suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish, suvdan maxsus foydalanish va suvni maxsus iste’moliga ruxsatnomani berish bo‘yicha tartib haqidagi Nizom loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan suvdan cheklangan asosda foydalanishning vaqtinchalik tartibini qayta ko‘rib chiqish, suv olish va suvdan foydalanish, shuningdek suv iste’moliga Namunaviy shartnomalar loyihalarini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, shuningdek ichimlik suv va maishiy suv ta’minoti, davolash va madaniy- sog‘lomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi Nizomni qabul qilish to‘g‘risida takliflar kiritdi.
Yer resurslaridan samarali foydalanish, yer unumdorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish sohalarida qator muvaffaqiyatlarga erishildi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, kollektor-zovur tizimini rekonstruksiya qilish, yaylovlar degradatsiyasi darajasini pasaytirish bo‘yicha eroziyaga qarshi tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (2007 yil 29 oktyabrdagi PF-3932- sonli) hamda “2008-2012 yillarda sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat Dasturi haqida”gi 2008 yil 19 martdagi PQ-817-sonli qarori asosida erlarning melioratsiyasi bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar bajarildi. 2010 yilning o‘zida ushbu maqsadlarga 150 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi, bunda 585 km uzunlikdagi ochiq kollektorlar, 154 km uzunlikdagi yopiq drenaj tarmoqlari rekonstruksiya qilindi, 12,89 ming km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari tozalandi. 2010 yilda jami 266 ming gektar sug‘oriladigan erlarda sizot suvlar darajasining pasayishiga erishildi, meliorativ holati yaxshilandi.
Biologik va landshaftlar xilma-xilligi - O‘zbekistonning milliy boyliklaridan biridir. O‘zbekistonning o‘simlik dunyosi boy va xilma-xil: uning hududida 4500 turdagi o‘simlik o‘sadi, shundan 3000 turi yovvoyi o‘simliklar bo‘lib, 270 tasi - endemiklar hisoblanadi. YUrtimizning zamonaviy faunasi esa, unda umurtqali hayvonlarning 688 (sutemizuvchilar - 105, qushlar - 441, sudralib yuruvchilar - 60, amfibiyalar - 3 va baliqlar - 76) turi mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiqligi aniqlangan.
Respublikada ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda aniq natijalarga erishilganini ta’kidlash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Eko-energiya” ilmiy-tadbiqiy markaz tomonidan qator fotoelektr va quyosh stansiyalari, mikro-GES, gelioisitgichlar, quyosh oshxonalari, chorvachilik, sanoat va maishiy chiqindilardan biogaz hamda ekologik toza va yuqori samarali bioorganik o‘g‘itlarni olish qurilmalari ishlab chiqildi va yurtimizning turli mintaqalariga o‘rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |