41-§. Adabiyot
Tanqidiy n
X asr oxiri - XX asming boshlarida Yev- ropa mamlakatlarining madaniy hayotida rea- listik oqim bilan dekadentlik oqimi o‘rtasida kurash avj oldi. Xalq dekadentlik ruhida yozilgan asarlami qabul qilmadi Natijada, tur- mushm aniq ifodalaydigan asarlarga ehtiyoj ortdi. Realistik yozuvchi- lar atrofdagi voqelikni dadil va haqqoniy aks ettirishga intildilar. Shuning uchun bu davr realizm yoki „tanqidiy realizm“ nomini oldi. Bu davrda rus adabiyoti namoyandalari F M. Dostoyevskiy, L. N. Tolstoy, A.P. Chexov chet ellardagi zamondoshlari uchun realistik ijod- ning yangi imkoniyatlarini ochib berdilar.
Gi de Mopassan o‘zining „Hayot“, ,,Azizim“, ,,Mont-Oriol“ va boshqa asarlari bilan fransuz badiiy dunyosida qator ijtimoiy masa- lalami mahorat bilan rango-rang bo‘yoqlarda tasvirlagan ijodkordir.
Amerika yozuvchisi J. Londonning ijodi radikal intilishlar bilan ajralib turar edi. Uning „Temir tovon“ romanida insoniyat oldida
turgan halokat yoki dahshatli azoblar oldindan aytib berildi. Avtobiografik tarzdagi „Marten Iden“ romanida yozuvchi halol ijod ahlining soxta madaniyat bilan fojiali to‘qnashuvini ochib berdi.
Bu davrda satira katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Nemis yozuvchisi, yumorist G. Manning „Sodiq fuqaro“ romani hamda ,,Imperiya“ tri- logiyasiga kirgan boshqa asarlari juda katta fosh etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ldi. Uning sahifalarida ko‘plab qirollar va kansler- larni, zodagonlami va amaldorlami, xalqqa xi- yonat qilganlarni hamda viloyatlardan chiqqan ' ‘ os oyevs *У zodagonlami, hatto imperator Vilgelm II ni ko‘nsh mumkin.
Mavjud tuzumni hajv qilishning yirik ustasi, atoqli fransuz yozuvchisi A. Frans edi. Uning „Silvester Bonnaming jinoyati“ asarida „Uchinchi Respublika“ning illatlari, hukmron doiralaming ma’naviy buzilishi, siyosat arboblarining sotqinligi, monarxlarning fitnalari kes- kin, oshkora kulgi ostiga olindi. Atoqli amerikalik satirik yozuvchi M. /Venning romanlari, hikoyalari, rtfaqolalari achchiq va darg‘azab satiraga boydir. „Olomon qiluvchi Qo‘shma Shtatlar“ maqolasining nomi yoki „Senator turmada q‘tirmagan vaqtlarida - qonun chiqaruv- chi kishi“, „Xalq xizmatkonari - porani taqsimlash uchun o‘z la- vozimlariga saylangan shaxslar" nomli o'tkir ta’riflaming o‘zi juda qimmat Khr -
Hind gumanist yozuvchisi R. Tagor falsafiy teranhgi va badiiy barkamolligi bilan ajralib turuvchi romanlar pyesalar, hikoya va she rlan bilan butun dunyoga mashhur bo Idi. Uning butun ijodi mil- hy mustaqilhkka otashin chaqinqdan iborat edi. Aymqsa, „Halokat“ romani mashhur bo‘ldi. Xitoylik Lu Sinning ijodi kambag‘allaming og‘ir ahvoliga chuqur hamdardlik ruhi bilan sug‘orilgan edi.
_ Demokratik adabiyot iiodkorlari tenglik va
adolat tamoyillarinmg g alaba qihshiga, in- sonning ijodiy kuchlariga, uning dunyoni o‘zgartira olishiga ishonar edilar. Uning namoyandalaridan biri amerikalik adiba G.Bicher-Stou bo‘lgan. Uning „Tom tog‘aning kulbasi" romani jahon adabiyoti- ning nodir asarlaridan hisoblanadi. Romanda XIX asr Amerika qul- lari va quldorlari hayoti, ular o‘rtasidagi ziddiyat, qulchilikka qar-
shi qora tanlilar isyoni haqqoniy yoritilgan. Uning „Men va mening xotinim", „Biz va qo‘shnilarimiz“ asarlarida ham Amerika hayoti haqqoniy tasvirlanadi.
Jek Landowning tabiatni bo‘ysundirgan qahramon haqidagi „Hayotga muhabbat", ish- chi va dehqonlar hayotiga bag‘ishlangan „Bir parcha go‘sht“, „Dengiz bo‘risi“ va boshqa asarlari mashhurdir.
Ingliz dramaturgi Bernard Shou o‘z asarlarida ekspluatatsiyani, meshchanlik axloqini, munofiqlik, soxtalikni qoralagan. „Qariyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |