Milliv „zndlik Hindiston xalqlan mustamlakachdik zulmiga qar- horoWi shi ozodhk kurashi ohb bordi. 1885-yilda Bombey shahnda muayyan dasturiga ega siyosiy parhya - „Hindiston milliy kongressi“ (HMK) tuzildi. Ayni paytda, „Musulmon- lar ligasi“ ham tashkil topdi. Endi inglizlar hind-musulmon raqobatini yanada kuchaytirib yubordilar.
Kongress o‘z safiga yirik savdo-sanoat kapitali vakillarini, liberal pomeshiklar hamda milliy ziyolilami birlashtirdi. Dastlabki vaqtlarda Hindiston milliy kongressiga ingliz mustamlaka ma’muriyati qarshi- lik qilmadi. Bunday munosabatni Hindiston vitse-qiroli lord Dafferin „milliy Kongress inqilobdan arzonroq“ deb izohlagan edi.
Inglizlar o‘ylagandek, milliy kongressning talablari dastlabki payt- larda juda ham mo‘tadil bo‘ldi. Bu talablar Britaniya hukmronligini saqlab qolgan holda, ba’zi islohotlar o‘tkazishnigina ko‘zda tutardi. Ya’ni chetdan keltiriladigan ip-gazlamalarga boj belgilash, mahalliy vakillik muassasalarining huquqini kengaytirish, hindlami boshqarish ishlariga jalb etish, texnik ta’limni uyushtirish va boshqalar edi. Bi- roq vaqt o‘tishi bilan bu partiya katta mavqega ega bo‘la bordi.
1890-yilda ,,so‘l“ - radikal oqim shakllandi. Unga Bal Gangad- xara Tilak (1856-1920) rahbarlik qildi. U hind xalqining milliy ongi- ni uyg‘otish, milliy g‘ururini ko‘tarish yo‘lidan bordi. Dinga, uning ommani uyushtiruvchi kuchiga katta baho berdi. Tez orada u Puna shahrida mustaqil o‘rta maktab tashkil qildi. Maktab o‘quvchilar ongi- ga vatanparvarlik g‘oyalarini singdira boshladi. Tilak „Kesari“ (Sher) gazetasini tashkil etdi. Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qildi. Hindiston sharoitida qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan ozod- likka chiqishning iloji yo‘qligini anglagan Tilak „kuch ishlatmaslik" yo‘lini tanladi. Bu usulda asosiy e’tiW inglfz tovarlarini boykot qi- lishga qaratildi. „Xudo Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech qa- chon hadya qilgan emas“, der edi ^lak.
Tilak tarafdorlari ommani mustamlakachilarga qarshi nafrat ruhida tarbiyalashardi. Bundan xavfsiragan inglizlar Tilakni bir yarim yilga qamadilar. Lekin tez ora^a ozod qilishga majbur bo‘ldilar.
ш»*. I Milliy oz°dlik harakatini bo‘g-ishga intilib, ing- bolinishi hz muatam akachitan 1905-yUda. Bengahyan, rkkr qismga bo hb tashlashdi. Chunki Bengahya mus- tamlakachilikka qarshi kurashning eng kuchli harakat markazlaridan bmga aylangan ed. Bu tadbrr aks ta srrga ega bo dr Hrndrsionda milliy ozodhk harakati yangidan kuchayib ketdi. Kalkuttada katta namoyish bo‘ldi. Norozilik chiqishlari birin-ketin mamlakatning katta qismini egalladi.
1906-yil dekabrda „soT‘ radikal oqim talabi bilan Hindiston milliy Kongressi qo‘shimcha qaror qabul qildi. „Svaraj“ („o‘z hokimi- yatimiz“), „Svadeshi“ („o‘z ishlab chiqarishimiz“), „Ingliz mollari- ga boykot“ xalq orasida katta e’tibor qozondi. Tilak nafaqat ingliz mollaridan, balki ingliz boshqaruvidan ham voz kechishga chaqirdi. Boshqaruvni hindlashtirishga, mahalliy burjuaziyani fabrika va zavod qurishga chaqirdi.
Bombey viloyatining Surat shahrida Hindiston milliy Kongressi- ning qurultoyi chaqirildi. Mo‘tadil oqim ingliz imperiyasi tarkibida qolish, ayni paytda, o‘z-o‘zini boshqarish huquqi berilishi ma’qullandi. Radikal oqim (Tilak boshliq) HMK tarkibidan chiqarildi.
Ingliz ma’murlari tez orada qonunga xilof majlislar va matbuot haqida taqiqlovchi qonunlar chiqardilar va shafqatsiz qatag‘onga zo‘r berdilar.
Hindistonning mahalliy hukmron doiralari ing-
Do'stlaringiz bilan baham: |