davlattarning^ahvoli 1аг ichki ЬаУо11ёаJuda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiyot harbiy maqsadlarga bo‘ysundirildi. Og‘ir va yengil sanoatning asosiy qismi urush ehtiyoj- larini qondirish uchun ishladi. Urush, ayni paytda, qishloq xo‘jaligini ham og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish keskin kamaydi. Deyarli barcha davlatlarda oziq-ovqat tanqisligi vujudga keldi. Na- tijada, hukumatlar oziq-ovqat mahsulotlariga kartochka tartibi (qat’iy belgilangan me’yor) joriy etdilar. Aholi o‘rtasida shovinizm zo‘r berib targ‘ib etila boshlandi. Shu tariqa, urush parlament demokratiyasiga qattiq zarba berdi. Butun urush davomida bironta ham parlament qonli qirg‘inga qar- shi norozilik bildirmadi. Endi davlat ishlab chiqarishni tartibga sola boshladi. Banklar, xomashyo taqsimoti va harbiy buyurtmalar ustidan davlat hokimiya- tining nazorati kuchaydi. Urushdan charchagan aholi urushning tezroq tugatilishini talab etib hukumatga qarshi bosh ko‘tara boshladi. Shu tariqa, urushning dastlabki yillarida jamiyatda qaror toptirilgan fuqarolik birligi buzildi. Ba’zi frontlarda askarlarning birodarlashuvi, dushman tomonlaming bir-biriga o‘q otmasligi yuz berdi. Chunki qo‘shin ham urushdan charchagan edi. \ _ . . . .. Urush Rossiyamng iqtisodiy va siyosiy ah- ossiyanmg a vo ivonni hadda^t^shqari keskinlashtirib yubor- di. Buning oqibatida, 1917-yilning fevral oyida Rossiyada inqilob yuz berdi. Rossiya imperatori taxtdaft voz kechishga majbur bo‘ldi. Hokimiyat burjuaziya qo‘liga o‘tdi. U muvaqqat hukumat tuzdi. Muvaqqat hukumat urushni davom ettirishga qaror qildi va hatto shu yilning yozida u rus^o‘sninining hujumini ham uyushtirdi. Biroq bu hujum muyaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu muvaffaqiyaBBllk Rossiyadagi busiz ham о ta murakkab bo 1- gan siyosiy vaziyatm yanada murakkablashtinb yubordi. Natijada, 1917-yilning 7-noyabrida davlat to'ntarishi yuz berdi. Muvaqqat bu- kumat agdarildi. Hokimiyatm V. I. Lenin boshchihgidagi bolsheviklar (kommumstlar) partlyasi bosib oldi va u Sovet hukumati deb atalgan hukumat tuzdi. 1917-yilning 8-noyabr kuni Sovet davlati „Sulh to‘g‘risida“gi dekretni qabul qildi. Sulh to‘g‘risidagi dekretda bosqinchilik urushi keskin qoralangan va u insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat deb e’lon qilingan edi. Sovet hukumati har qanday sharoitda ham separat sulh tuzishga intildi. Chunki qo‘shin jangovar ruhini to‘la yo‘qotgan va Sharqiy front chok-chokidan so‘kilib ketgan sharoitda urushni davom ettirish to‘la halokat bilan barobar edi. 1917-yilning dekabrida Sovet Rossiyasi va Avstriya-Germaniya qo‘mondonligi o‘rtasida yarashish bitimi imzolandi. Bunday bitim Ruminiya bilan ham imzolangan edi. Shunday qilib, Sharqiy front harakatsiz qotib qoldi.