T. Xudayshukurov


 Restoran va ziyofatlarda sigaret chekish etiketi



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

12.5. Restoran va ziyofatlarda sigaret chekish etiketi  
 
 
Chekish – bugungi kunda dunyo xalqalari boshiga kelgan balo (ofat) 
hisoblanadi.  U  millat  ham,  jins  ham,  yosh  ham,  kasb  ham  tanlamaydi. 
Sigaretni,  ayniqsa  O’zbekistonda,  yoshlar  ham,  qariyalar  ham,  erkaklar 
ham, ayollar ham chekishadi. Buning ustiga u ish joylarida ham, ko’chada 
ham, 
jammoat 
joylarida 
ham, 
ovqatlanish 
korxonalarida 
ham 
chekilaveradi.  Shunday  ekan,  ushbu  bandda  biznesmenlar  uchun 
restoranlarda  va  mehmondo’stlikda  chekish  bo’yicha  xalqaro  etiket 
qoidalarini yana bir bor eslatib o’tish lozim deb topildi. 
 
Chekish bo’yicha umumiy tavsiya shundan iboratki, restoranlarda va 
boshqa kishilar uylarida, jamoat joylarida, ko’chada chekishdan vaqtincha 
voz kechish kerak, chunki sigaret tutining  chekmaydigan kishilar sog’lig’i 
uchun zarari juda ham katta; agar chekmay turish iloji bo’lmasa, faqat shu 
maqsadda ruxsat berilgan joylarda chekish mumkin. 
 
Sigaretning  odam  organizmi  uchun  zararligini  hisobga  olgan  holda 
Yevropaning  qator  mamlakatlarida,  masalan,  Germaniya  va  Fransiyada, 
restoranlarda  chekish  man  qilinmoqda  va  sigaret  chekuvchilar  uchun 


 
 
93 
alohida zallar va joylar ajratilmoqda.  Biznesmen vatandoshlar, esingizdan 
chiqmasinki,  chet  mamlakatlarda  boshqa  kishidan,  agar  u  taklif  qilmasa, 
so’rab, sigaret chekish qoidasi qabul qilinmagan.  
 
Restoranga  borgandan  keyin  bu  yerda  chekish  mumkinmi  yoki 
mumkin  emasligini  bilish  kerak.  Agar  ovqatlanish  stoli  ustida  kuldon 
bo’lmasa  yoki  chekish  mumkin  emaslik  belgisi  quyilgan,  yoki  “chekish 
mumkin  emas”  deb  yozib  qo’yilgan  bo’lsa,  siz  uchun  qancha  qiyin 
bo’lmasin, chekishdan vaqtincha voz kechib turish kerak. Agar ovqatlanish 
zalida  chekishga  ruxsat  berilgan    bo’lsa,  stol  ustiga  kuldon  qo’yilgan 
bo’ladi.  Ba’zi  bir  restoranlarda  chekish  uchun  maxsus  xonalar  ajratib 
qo’yilgan bo’lishi ham mumkin. 
 
Ovqatlanish  zalida  sigaret  chekishga  ruxsat  berilgan  restoranlarda 
ham  sigaret  chekish  uchun  erkak  kishi  avval  ayol  kishilardan,  keyin 
o’zidan  yoshi  ulug’lardan  ruxsat  olishi  kerak.  Agar  ayol  kishi  sigaret 
chekmoqchi bo’lsa, u  uchun faqat yoshi ulug’larning ruxsati kifoya qiladi. 
Maxsus  ajratilgan  xonaga  sigaret  chekish  uchun  chiqishda  ham, 
chekuvchining  jinsidan  qat’iy  nazar,  kechirim  so’rab,  stol  atrofida 
o’tirganlardan chiqish uchun ruxsat olishi kerak. 
 
Agar siz ziyofat berishda ziyofat stoli atrofida mehmonlarning sigaret 
chekishga  roziligingizni  bildirish  uchun  stol  ustiga  kuldonlar  qo’yish 
kifoya  qiladi.  Mehmonchilikda  sigaret  chekadigan  erkak  ham,  ayol  ham 
avval uy bekasidan, keyin qolganlardan bundan oldin ko’rsatilgan tartibda 
ruxsat  so’rashlari  lozim.  Stol  atrofida  o’tirganlardan  biron  kishi  sigaret 
chekib  boshlagandan  keyin  erkak  kishilar  chekish  uchun  faqat  yonida 
o’tirgan  ayol  kishilardan  ruxsat  so’rashi  kifoya  qiladi.  Agar 
mehmondorchilik ziyofati hovlida yoki dalada tashkil qilinsa, ovqatlanish 
stolidan  biroz  nariroq  joyda  sigaret  chekuvchilar  uchun  ustiga  kuldon 
o’rnatilgan stol qo’yilishi kerak. 
 
Restoranlarda  chekuvchilar  uchun  alohida  ovqatlanish  zali  tashkil 
qilingan  Yevropa  mamlakatlariga  guruh  bo’lib  safarga  borganda  barcha 
guruh    a’zolari  oldida  katta  muommo  paydo  bo’lishi  mumkin,  chunki 
chekuvchilar  va  chekmaydiganlar  bir  joyda  ovqatlanishlari  uchun  sigaret 
chekmaydiganlar  chekuvchilar  bilan  birga  chekish  ruxsat  berilgan  zalga 
yoki  sigaret  chekuvchilar  chekmaydiganlar  bilan  birga  chekish  ruxsat 
berilmagan  zalga  kirishlari  kerak.  Birinchi  vaziyatda  chekuvchilar  sigaret 
chekishdan 
vaqtincha 
voz 
kechishga, 
ikkinchi 
vaziyatda 
esa 
chekmaydiganlar sigaret tutiniga chidab turishga majbur. 
 
Ba’zi  bir  Yevropa  mamlakatlarida  joylar  faqat  sigaret  yoki  faqat 
trubka,  yoki  sigaret  va  trubka  chekish  uchun  ajratilgan  bo’lishi  mumkin. 


 
 
94 
Bunday mamlakatlarning sigaret chekish joyida trubka chekish yoki trubka 
chekish joylarida sigaret chekishda katta jarima to’lash xavfi mavjud. 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish