T. Xudayshukurov



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 

So’z boshi  
 
 
Oxirgi  yillarda  respublikada  tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish 
bo’yicha  qabul  qilinayotgan  rasmiy  xujjatlar  xalq  xo’jaligining  barcha 
sohalarida biznes faoliyatining barqaror va intensiv rivojlanishiga sababchi 
bo’lmoqda.  Biznes  faoliyati  bilan  shug’ullanadigan  xotin–qizlar  salmog’i 
ham yildan yilga oshib bormoqda. 
 
Biznes  bilan  shug’ullanadigan  kishilar  ham  jamiyat  a’zosi 
hisoblanadi. Shu sababli ham ular nafaqat ish davrida, ishidan keyin ham 
jamiyatda  o’rnatilgan  ahloq  va  odob  qoidalariga  qat’iy  rioya  qilishlari 
shart.  Biznes  shunday  faoliyatki,  biznesmen  o’ziing  faoliyati  davrida  har 
xil  madaniyat  darajasiga,  fe’l–atvorga,  diniy  va  dunyoqarashlarga  ega 
bo’lgan  nafaqat  O’zbekiston  fuqarolari,  chet  elliklar  bilan  ham 
munosabatga  tushadi.  Bunday  vaziyatlarda  biznesmen  nafaqat  o’zining  u 
mansub  bo’lgan  o’zbek  xalqining  va  respublikasining  madaniyatini 
namoyon  qilish  hamda  ijobiy  natijalarga  erishish  uchun  biznesmenlar 
faoliyatiga  mansub  xalqaro  darajada  va  o’z  jamiyatida  qabul  qilingan 
ahloq–odob,  ya’ni  etiket  qoidalariga  qat’iy  rioya  qilgan  holda  harakat 
qilishlari  kerak.  Bundan  tashqari  biznesmen  o’z  hamkorlari,  hamkasblari 
va fuqarolar o’rtasida o’z imijini (mavqyei yoki obro’y) oshirish yo’llarini 
yaxshi bilishlari va ulardan oqilona foydalanishlari lozim.  
 
Biznesmen  faoliyatining  poydevorini  biznesmen  madaniyati  va 
bilimdonligidan 
tashqari, 
sabr–toqatlilik, 
xushmuomalalik, 
ya’ni 
shirinsuxanlik, ochiq chehra, ya’ni tabassum, o’z hamkorlari, hamkasblari 
va  boshqa  kishilarga    nisbatan  izzat–hurmat  ko’rsatish  hamda 
boshqalardan  o’zini  ustun  quymaslik  va  ularni  ba’zi  bir  xususiyatlariga 
(dini,  tili,  dunyoqarashi,  jinsi  va  boshqalar)  ko’ra  kamsitmaslik  tashkil 
qiladi. 
 
Biznesmen  doimo  hamkasblari,  hamkorlari  va  uni  bilgan  xalq 
nazorati  ostida  bo’ladi.  Shu  boisdan  ham  biznesmenlar  o’zlarining 
qiyofasiga,  ya’ni  yuvinib–taranishiga,  kiyadigan  kiyimining  sifatiga, 
tozaligiga,  doimo  dazmollanganligiga  e’tibor  beribgina  qolmasdan, 
yurish–turishda hamda suhbatlar o’tkazishda oyoq va qo’llarining holatiga,  
mimikasiga katta e’tibor berishlari lozim. Bundan tashqari biznesmen ham 
boshqa xodimlardek, aksariyat hollarda umumiy ovqatlanish korxonalarida 
nonushta  qiladi,    xizmat  yuzasidan  borgan  joylarida  mehmondo’stlik 
ziyofatlarida  qatnashadi  va  kelgan  hamkorlarini  restoranda  yoki  uyida 
ziyofat  qiladi.  Shu  sababli  ham  biznesmenlar  ovqatlanish  stoli  atrofida 
o’zini  tutish,  taom  iste’mol  qilish  va  taom  iste’mol  instrumentlaridan 


 
 

foydalanishga  hamda  mehmonlarga  stol  yoki  uy  egasi  (bekasi)  sifatida 
xizmat qilishga qo’yiladigan etik talablarni ham yaxshi bilishlari shart. 
 
Xalqaro  biznesda  ishtirok  etuvchi  biznesmenlar  xizmat  yuzasidan 
chet  mamlakatlarga  borganda  chet  ellik  hamkorlar  ularga  O’zbekiston 
xalqining  ilg’or  vakillari  deb  qarashadi.  Shuning  uchun  ham  safaringiz 
davrida  sizning  hatti–harakatingizga,  muomala  qilishingizga  va  yurish–
turishingizga  qarab  nafaqat  siz,  millatingiz  va  davlatingiz  madaniyati 
to’g’risida  xulosa  chiqaradi.  Xalqaro  biznes  vakillari  ham  yuqorida 
ko’rsatilgan  etiket  qoidalarini  juda  ham  yaxshi  bilishlari  va  ularga  rioya 
qilishlari  lozim.  Bundan  tashqari  chet  elliklar  kelgan  hamkorlardan  o’z  
mamlakatlarining  qonun–qoidalarini  va  xalqining    urf–odatlarini  hurmat 
qilishini kutadi. Demak, chet ellik va xalqaro biznesmenlar xalqaro etiket 
qoidalarini  bilishlaridan  tashqari  boradigan  mamlakat  xalqalarining  urf–
odatlari va qonun–qoidalari to’g’risida ham ma’lumotlarga ega bo’lishlari 
shart.  
 
Ushbu  darslik  materiallari  muallifning  uzoq  yillar  davomida  ishlab 
chiqarishda, pedagogik faoliyati davrida chet ellik mehmonlarni kutish va 
kuzatish hamda haqiqiy  madaniyatli  insonlar bilan uchrashuvida orttirgan 
tajribasi va adabiyotlardagi mavjud ma’lumotlar sintezi hisoblanadi. 
 
Darslik  materiallari  oliy  maktablar  talabalaridan  tashqari  xizmat 
sohalari  kollejlarining  o’quvchilari  va  o’qituvchilari  hamda  tadbirkor  – 
biznesmenlar uchun ham foydali bo’ladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish