2. Etiket turlari va biznes etiket
2.1. Etiket turlari
Jamiyatdan ajralgan holda odam bir o’zi hyech qachon va hyech
qayerda yashay olmaydi. Agar u boshqa odamlar bilan aloqa qilmasa, o’z
fikrlarini boshqalarga izhor etmasa, xursandchilik va qayg’u – g’amlarini
boshqalar bilan baham ko’rmasa, uni hyech qanday boylik ham, metin
sog’liq ham baxtli qila olmaydi. Lekin jamiyatda yashash qator rasm–
rusumlarga itoat qilishni talab qiladi, chunki odamlarning o’zaro
munosabat qilishi, yurish–turish madaniyati insonlar tomonidan ming
yillar davomida shakllangan ma’lum bir qoidalarga asoslanadi.
Odamlarning bir–birlari bilan o’zaro munosabatga tushish va yurish–turish
qoidalari Fransiya qiroli Lyudovik XIV tufayli etiket nomini olgan.
Ma’naviy madaniyatli biznesmenlar uchun etiket qoidalarini faqat bilish
11
kifoya qilmaydi. Ularni yoshlikdan butun umri bo’yicha o’rganish va rioya
qilish kerak.
Ushbu bandda etiket turlari, Biznes–etiketning mohiyati to’laroq
ochib beriladi. Etiket odamlarning o’zaro munosabatga tushish va yurish–
turish modelini tuzish uchun zarur bo’lgan simvollar va belgilar tizimidan
iborat bo’ladi. Har bir sosial soha modelini belgilaydigan etiket qoidalari
mavjud bo’lib, ular quyidagilarga bo’linadi: umumfuqarolik etiketi, saroy
etiketi, diplomatik etiket va harbiy etiket.
Umumfuqarolik etiketi – bu barcha fuqarolarning bir–birlari bilan
turli vaziyatlarda uchrashuvida rioya qilinishi kerak bo’lgan qoidalar va
rasm–rusumlar majmui hisoblanadi. Umumfuqarolik etiketiga o’z
xizmatlari doiralaridan tashqari paytlarda diplomatik, davlat arboblari,
harbiy xodimlar ham itoat qilishadi.
Saroy etiketi deganda davlat saroylarida o’rnatilgan qoida va rasm–
rusumlar tushunilib, ularga davlat boshqaruv idoralari xodimlari
tomonidan itoat qilinadi.
Diplomatik etiket – bu diplomatlarning va boshqa davlat rasmiy
shaxslarining turli diplomatik qabul va marosimlarda, rasmiy tashriflarda
va muzokaralarda bir–birlari bilan munosabatga tushish va o’zini tutish
qoidalarining majmuidir. Bu qoidalarga diplomatiya xodimlari va rasmiy
shaxslar tomonidan qat’iy itoat qilinadi.
Harbiy etiket deganda armiya xizmati doirasida harbiylar tomonidan
itoat qilinishi kerak bo’lgan o’zaro munosabatga tushish va yurish –turish
qoidalari tushuniladi.
Xizmat turlari sohalarida, shu jumladan biznes sohasida, xizmat
etiketi qoidalariga amal qilinadi. Biznes–etiket umumfuqarolik etiketining
bir turi hisoblanib, biznes sohasida ishlaydigan xodimlarning xizmat
yuzasidan turli vaziyatlarda uchrashuvlarda o’zaro munosabatga tushish va
yurish–turish qoidalarini bildiradi.
Biznes–etiket biznesmenlarning turli xizmat vaziyatlarida so’zlashish
(gaplashish) mohirligini, ularning o’zlarini tutish (yurish-turish) va
kiyinish tarzini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari biznes–etiket qoidalarida
kasb – mehnat muomalasi bilan bog’liq salomlashish, tanishish va
tanishtirish, sovg’alarni tortiq qilish, kutib olish, hamkor va hamkasblari
bilan suhbatlar o’tkazish, telefonda gaplashish, ovqatlanish stoli atrofida
o’zini tutish va boshqalarning izzat-nafsiga tegmasdan bahslashish kabi
masalalarga katta e’tibor beriladi.
Xushmuomalalik, hulq–atvor qoidalarini bilmaydigan, bilsa ham
ularga itoat qilmaydigan biznesmen nafaqat o’ziga, ota–onasiga va ularga
12
aloqador bo’lgan barcha kishilarga isnod keltiradi. Jamiyatda biznes
sohasida yuqori martabaga erishish, ommaviy hurmatga, izzat–ikromga
sazovor bo’lish uchun nafaqat biznes–etiket qoidalarini, jamiyatda
o’rnatilgan barcha umumfuqarolik qoidalarini o’rganishlari va ularga rioya
qilib, faoliyat ko’rsatishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |