T. Xudayshukurov


Ovqatlanish  va  ziyofat  stoli  atrofida  o’tirish  va  o’zini  tutish



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

12.4.Ovqatlanish  va  ziyofat  stoli  atrofida  o’tirish  va  o’zini  tutish 
qoidalari  
 
 
Restoranga  ovqatlanish  uchun  borgan  va  ziyofat  stollari  atrofida 
o’tirishda  xo’randa  va  mehmonlar  uchun  amalda  qator  etik  qoidalari 
shakllangan.  Ushbu  qoidalarning  o’quvchi–kitobxon  va  talabalar 
tomonidan  tez  va  oson  o’zlashtirilishi  uchun  har  bir  biznesmen  o’zini 
oddiy  xo’randa  va  mehmondo’stlikka  kelgan  mehmon  o’rniga  qo’yishi 
lozim. 
 
Mehmondorchilikda  ham,  restoranda  ham  erkak  kishilar  stol 
atrofidagi  o’z  joylariga  ayol  kishilar  o’tirgandan  keyingina  o’tirishlari 
mumkin.  O’tirganda  tizzalar  tik  va  yelka  kengligida  bo’lishi  shart. 
Qo’llarini  yoki  tirsaklarini  ovqatlanish  yoki  ziyofat  stoli  ustiga  qo’yib 
o’tirish  madaniyatsizlik  belgisi  sifatida  qaraladi.  Shu  boisdan  ham  taom 
iste’mol qilinib boshlanmaguncha qo’llar tizza ustida ushlab turilishi shart. 
Amaldagi  etik  qoidalarga  ko’ra  stulda  engashmasdan  tik  o’tirish  lozim. 
Uning uchun xo’randa yoki mehmonning orqasi stulning suyanchig’iga bir 
tekis tegib turishi kerak. 
 
Oyoqlarni uzatib, chalqanchasiga o’tirish ham yevropacha xalqaro va 
sharqona etiket qoidalari bo’yicha qat’iy man qilinadi. Xuddi shuningdek, 
yonidagi  ayol  kishi  tomon  orqasi  bilan  o’girilib  o’tirish  ham  mumkin 
emas.  
 
Stol  atrofida  o’tirganda,  qayerda  bo’lishidan  qat’iy  nazar,  sochlarini 
tarash,  atir–upa  sepish  va  lablarini  buyosh,  tishlarini  kovlash    ham  man 
etiladi,  chunki  bunday  hatti–harakatlar  nafaqat  yevropacha  xalqaro, 
sharqona  etiket  qoidalariga  ham  to’g’ri  kelmaydi.  Yana  bir  narsa  esdan 
chiqmaslik  kerakki,  restoranda  yoki  mehmondo’stlikda  stol  atrofida 
o’tirishda  amaldagi  etik  qoidalarga  ko’ra  xizmat  qiluvchi  xodimlarni 
baland ovoz chiqarib chaqirish yoki baland ovoz bilan, ayniqsa masofada, 
taom  va  ichimliklarga  buyurtma  berish  ham  mumkin  emas.  Ular  faqat 
ovozsiz imo–ishoralar yordamida chaqiriladi yoki kelishi kutib turiladi.  
 
Mehmondorchilikda  yoki  restoranda  ovqatlanish  stoli  yoki  ziyofat 
stoli  atrofida  o’tirganlardan  biri  aksirganda,  uning  tanish  yoki  notanish 
bo’lishidan qat’iy nazar, unga “sog’ bo’ling” tilagani bildirmaslik kerak va 


 
 
91 
eshitmaganlikka  solib  suhbatni  davom  yetkazish  lozim.  Sharqona  etiket 
qoidalari ham shuni talab qiladi. 
 
Stol  atrofida  o’tirganda  taomni  keltirishmaguncha  gaplashib  o’tirish 
mumkin. Bunda ham ma’lum bir qoidalarga rioya qilinishi lozim. Bu yerda 
ularning faqat asosiylariga e’tibor beriladi. Stol atrofida baland ovoz bilan 
yoki  shivirlab  gaplashish  mumkin  emas,  chunki  sizning  baland  ovozingiz 
boshqa  kishilarga  halaqit  berishi  yoki  yoqmasligi  mumkin;  shivirlab 
gapirish  esa  odam  psixikasiga  baland  ovozdan  ham  yomon  salbiy  ta’sir 
qiladi. 
 
Bundan  tashqari  suhbat  mavzusi  stol  atrofida  o’tirganlarning 
hammasi  uchun  qiziqarli  bo’lishi  shart.  Hyech  qachon  munozarali 
masalalar  va  taomlarning  narxi  to’g’risida  stol  atrofida  gap  ketmasligi 
kerak,  chunki  munozara  vaqtida  birovlarning  ko’ngliga  ozor  berilishi, 
taomlar  va  ichimliklar  narxi 
to’g’risidagi  gaplar  esa  sizlarni 
mehmonchilikka chaqirgan kishiga yoqmasligi mumkin. 
 
Bu yerda banda qo’yilgan masaladan ozgina chetlanib quyidagi etiket 
qoidasiga  kitobxonlar  diqqatini  tortmoqchimiz:  shunday  vaziyatlarning 
guvohi  bo’lamizki,  mehmon  bo’lib  kelgan  kishilar  taklif  qilgan  kishining 
imkoniyatlarini  hisobga  olmasdan  hohlagan  taomlariga  va  ichimliklariga 
buyurtma  berisha  beradi.  Amaldagi  xalqaro  va  sharqona  etiket 
qoidalalariga  ko’ra  buyurtma  berish  mehmonchilikka  chaqirgan  kishiga 
havola  qilinishi  kerak,  chunki  u  o’zining  iqtisodiy  imkoniyatini  va 
mehmonlar hohishini hisobga olib buyurtma beradi. 
 
Band mavzusiga qaytib, shuni ta’kidlash lozimki, yonidagi kishining 
u tarafidagi mehmon bilan gaplashishi zarur bo’lsa, etiket qoidalari bunday 
vaziyatda  qo’shnining  orqa  tomonidan  engashib,  aytmoqchi  bo’lgan 
gaplarini  sekin  gapirishni  va  suhbatni  cho’zmaslikni  tavsiya  qiladi. 
Gapirishda  ham  suhbatdoshning  diqqatini  o’ziga  tortish  maqsadida  unga 
qo’l bilan teginish mumkin emas. 
 
Restoranda  va  mehmondo’stlikda  boshqa  stollar  atrofida  o’tirgan 
kishilar bilan gaplashish zarur bo’lib qolganda quyidagicha harakat qilish 
lozim:  yonida  o’tirgan  kishilardan  kechirim  so’rab  va  o’rnidan  turib, 
boshqa  stol  atrofidagi  kishi  yoniga  borib,  uning  yonidagilardan  kechirim 
so’rab, gapiradigan gaplarini gapirishi va tezda joyiga kelib o’tirishi kerak; 
qayta  kelib  o’tirishda  ham  yonida  o’tirganlardan  yana  bir  bor  kechirim 
so’rashi lozim. 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish