T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


Buldozerlar bilan bajariladigan ishlar



Download 9,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/188
Sana29.05.2022
Hajmi9,78 Mb.
#617396
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   188
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish

Buldozerlar bilan bajariladigan ishlar
va ularni tashkil qilish
Buldozerlar avtomobil va tem ir yo‘l ko‘tarm alarini qurish, 
to‘g‘on va dambalar ko‘tarish, kanal va kotlovanlar qazish, zovur 
va chuqurliklarni to ld irish , qurilish maydonlari va sug‘oriladigan 
dalalarni tekislash, y o ila rn i va aerodrom larni tozalash, trassalarni 
tayyorlash, daraxtlarni agdarish, to‘nkalarni kovlab olish, butalar 
va mayda daraxtlarni qirqish va yig‘ishtirish, xarsang toshlarni 
yig‘ishtirib olish kabi ishlarda ishlatiladi.
Buldozer-yumshatkichlar ham yuqoridagi ishlarni bajaradi, biroq 
ulardan m uzlagan gruntlarni yum shatish ham da m ustahkam va 
toshloq gruntlarni qazishda foydalaniladi.
Buldozerning ish sikli quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: 
ag‘dargichni kerakli holatgacha tushirish, gruntni kesish va to‘plash, 
uni olish, gruntni surish, uni yotqizish, buldozerni yana dastlabki 
xolatiga qaytarish.
G runtni kesish va to'plash 
siklning 
asosiy 
operatsiyasi 
hisoblanadi. U yengil gruntlarda va tekislash ishlarida 55-60° 
kesish burchagi ostida, zich gruntlarda esa 45-55° burchak ostida
310


buidozerni birinchi uzatm ada to‘g‘ri chiziqli harakatlashirib amalga 
oshiriladi, bunda grunt kategoriyasiga hamda ish turiga qarab yer 
qatlamini kesishning m aqsadga muvofiq usulidan foydalaniladi. 
M asalan, tekislash ishlarida qiya joydan grunt ofishda yer qatiamini 
o‘zgarm as qalinlikda kesish (to‘g‘ri 
temburchak 
shaklida) 
usulidan 
foydalaniladi, Loyli gruntlarda yer qatlami o‘zgaruvchan qalinlikda 
ponasimon voki taroqsimon usul bilan kesiSadi, Qumloq tuproq 
qatlamlari ham taroqsimon usulda kesiladi.
Zich va m uzlagan gruntlarni qa/ishni osonlashtirish uchun ular 
buldozer-yumshatkichlar bilan yum shatiladi. U larning ish sikli 
quyidagi operatsiyalardan tashkil topgan: tishlarni pastga tushirish 
va ularni gruntga botirish, gruntni yum shatish va yum shatkich 
tishlarini gruntdan chiqarib, uni dastlabki holatiga qaytarish 
(salt yurish). Agar gruntni yum shatish va surishda buldozer- 
yum shatkichlardan foydalanilsa, u avval m a’lum uchastkada 
yum shatkich sikli bo‘yicha ishlab, gruntni yum shatadi, so'ngra uni 
buldozer ag‘dargichi bilan suradi.
Buldozer o‘tkir pichoqlarni ishlatib qiyalikda harakatlanganda 
gruntni olish tezlashadi. Eng maqbul qiyalik 10-15° hisoblanadi. 
Qum li 
gruntlarda 
ishlaganda 
har 
4 0 0 -6 0 0
soatdan 
so‘ng, 
loyli gruntlarda ishlaganda esa har 
1000-1200
soatdan so'ng 
pichoqlarning o‘rnini almashtirish yoki ularni charxlash (agar oldin 
ularning o‘rni alm ashtirib qo‘yilgan bo‘lsa) lozim.
G runt yotkiziladigan joyga bul dozerning birinchi uzatm asida 
suriladi. Qiya joylardan tushishda uning tezligi oshirilishi mumkin. 
Bunda buldozerning ish unum i ham ortadi. M asalan, buldozer 10° 
qiyalikdan pastga tushganda ish unumi u tekis joyda ishlagandagiga 
nisbatan 30% ortiq bo‘ladi.
G runtni surishda uning isrofini kamaytirish uchun buidozerni 
kengaytirgich, uzaytirgichlar bilan jihozlash, shuningdek, gruntni 
zovur usuli bilan, buldozerlarni qo‘shlashib ishlatish kabi usullardan 
foidalanib surish lozim bo‘ladi.
G runtni yotkizishda qatlamma-qatlam to‘kish, tekislam asdan bir 
joyga to‘kish, bir joyga to‘kib, tekislash usullaridan foydalaniladi.
311


Qatlamma-qatlam 
to'kish 
ko‘tarm a 
va dam balarni tiklashda 
qo‘llanadi. Bunda grunt buldozer ag‘dargichi biroz ko‘tarilgan 
holda tekislanadi. Mar bir yotqizilgan qatlamning qalinligi 
20 
-2 5 s.m bo'ladi. Xandaqlarni, kotlovanlarni to‘ldirishda, to'siqlar 
hosil qilishda tekislam asdan bir joyga to‘kish usulidan. sun'iy 
vnshooiiar. zovurlarga ozroq miqdorda grunt to‘kishda bir joyga 
to'kib tekislash usulidan foydalaniladi. Buldozer dastlabki holatga 
m um kin qadar katta tezlikda qaytarilishi lozim. 70 m gacha b o ig an
oraliqda dastlabki holatga ketinga yurib. undan katta oraiiqlarda esa 
oldinasiga yurib qaytarilishi maqsadga muvofiqdir.
Buldozerning ish natijasiga ularning ish siklida harakatlanish 
sxemasi katta ta'sir ko‘rsatadi. Buldozer oldiga yurganida gruntni 
surib, orqasiga salt qaytadigan mokisimon harakatlanish sxemasi 
eng ko‘p tarqalgan.
Yer-tuproq inshootlarining turi va qurilish sharoitiga bog‘liq 
holda, ularni tiklashning turli usullaridan foydalaniladi. Masalan, 
ortiqcha grunt yon atrofga yotqiziladigan o‘yilm alar qazishda uning 
ko‘ndalang usulidan foydalaniladi. Bunda buldozer o'yilm aga 
nisbatan ko‘ndalangiga m okisimon sxema bo‘yicha harakatlanadi 
va gruntni o'yilm aning bir tomoniga yoki ikkala tom oniga suradi. 
O 'yilm a uzunligi uncha katta bo‘lmagan hamda gruntni uning 
yaqinidagi ko‘tarm aga yotqizish zarur bo‘lgan hollarda qazishning 
bo‘ylama usulidan foydalanish tavsiya etiladi.
Ko‘tarm alar ham ikkita: ko‘ndalang va bo‘ylama usullar bilan 
hosil qilinadi. Birinchi usulda grunt ko‘tarm aga bir tomondagi yoki 
ikki tomondagi rezervdan suriladi. Birinchi holda grunt ko‘tarm aga 
qaram a-qarshi tomonidan boshlab, ikkinchi holda esa o'rtasidan 
boshlab yotqiziladi. K o'tarm alarning qiyaligi 0,3 gacha bo‘lganida 
ularni buldozerlar yordam ida ko'tarish samaralidir.
Tog' yonbag‘irlari uncha tik boTmaganida buldozer bilan 
ko‘ndalang o‘tishlar qilib, grunt qiyalik bo‘ylab yarim ko‘tarm aga 
suriladi. Qiyalik burchagi katta bo'lganida buriladigan ag‘dargichli 
buldozerlar bilan bo‘ylamasiga qaziladi. Bunda birinchi o‘tishlar 
qiyalikning chetidan boshlanadi; keyingi o‘tishlarda grunt yarim
312


ko‘tarm aga suriladi, bunda bul dozerning qiyalikdan sirpanib yoki 
to‘nkarilib ketm aslik chorasini ko‘rish lozim.

Download 9,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish