Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

Алексеев П.В.
Социальная философия: Учебное пособие. - М.: ООО «ТК 
Велби», 2003.-С.171.
199


Kislotali yog‘ingarchilik havo vasuvni zararlashi tufayli kishilarda 
yurak, o ‘pka, oshqozon-ichak kasalliklari avj oladi va allergiyaga 
moyillik kuchayadi.
Tuproq eroziyasi tufayli ishlanadigan yer maydonining 26 
mln. gektarida har yili hosildorlik pasayib bormoqda. Suv va havo 
eroziyasidan AQShda unumdor tuproq har yili 3,1 mlrd tonnagacha 
ishdan chiqmoqda. Bu yetishtirilgan bir tonna bug'doy hisobiga 
6 tonna tuproq yo‘qotilishini bildiradi. Shuning uchun AQShda 
dehqonchilik ixtiyoriy qisqartirilib, yerlarning zaxiralarini saqlay- 
digan fermerlarga har yili har bir akr (0,4ga) yer uchun 48 dollar 
to‘lanishi to‘g‘risida qonun qabul qilingan.
3. XX asrning ikkinchi yarmida “katta qurg‘oqchilik” laming 
tez-tez bo‘lib turishi natijasida choMlar maydoni yiliga 6 mln. 
gektarga kengaydi. Natijada, o‘simlik va hayvonot olamida salbiy 
o ‘zgarishlar yuz bermoqda. A gar ilgari choMlar hosil bo‘lishi faqat 
tabiiy y o ‘l bilan yuz bergan boMsa, endilikda insonning o ‘rmon- 
larga o‘tkazayotgan ta’siri, o ‘rmon va qishloq xo‘jaligiga yaroqli 
yerlar nisbatining buzilishi, aholining tinimsiz ko'payishi natijasida 
sun’iy tarzda sodir bo‘lmoqda.
4. Sanoatlashgan mamlakatlardagi minglab ко*liar biologi- 
yaviy o ‘lik holga kelib qolmoqda. Har yili jahon suv havzalariga 
32 kub km. tozalanmagan sanoat oqava suvlari kelib tushmoqda. 
Turli maqsadlar uchun suvga boMgan ehtiyoj tobora oshib borishi 
natijasida suv sarfi ham shunga yarasha ko‘payib bormoqda. 
Afrika, Shimoliy Amerika va boshqa qator mintaqalarda yer osti 
suvi manbalari kamayib, sifati keskin o ‘zgarib bormoqda.
5. Atrof-muhitga antropogen ta’sir etish, uni texnogen bulg‘ash 
oqibatida hayvonot va o'sim lik olami uchun jiddiy xavf yuzaga 
keldi. H ar yili ko‘plab hayvon va o ‘simlik turi yo'qolishi oqibatida 
XX yildan so‘ng mavjud turlaming beshdan bir qismi batamom 
barham topishi mumkin. B u esa hayvonot va o ‘simlik olami 
genofondining qisqarishigagina olib keimay, Yer biosferasida 
oqibati jiddiy boMgan o'zgarishlam i keltirib chiqaradi.
6. Yer yuzidagi ekologik o ‘zgarishlar oqibatida 2050 yilga borib 
atmosferadagi o'rtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha ko‘tarilishi
200


kutilmoqda. Atmosfera yuqori qismlarida ozon qatlami siyqalanib, 
Antarktida va Arktika ustidagi “tuynuklar” kengayib bormoqda. 
Ozon qatlamining yemirilishi natijasida barcha jonli mavjudot- 
larga halokatli ta’sir etadigan quyosh radiatsiyasi nurlari uchun yo‘l 
ochilib ekologik falokatlar (o‘simliklarda fotosintez jarayonining 
qisqarishi, konserogen moddalar ta’sirida kelib chiqadigan kasal- 
liklaming ko'payishi va h. k.) ro‘y berishi mumkin.
7. 
Tabiatda inson sog‘ligi uchun xavfli boMgan metallar va ular 
birikmalarining yig‘iiib qolishi tufayli zamondoshlarimiz tanasida, 
ibtidoiy odamlardagiga qaraganda, kadmiy (yurak kasalliklarining 
sababchisi) 70 marta, qo‘rg‘oshin (ateroskleroz va buyrak kasal- 
liklari sababchisi) - 10, simob (asab kasalliklarini chaqiruvchisi 
va gepatik o ‘zgarishlar sababchisi) — 19 m arta ko‘p to ‘plangan. 
Havoni bulg‘ovchi moddalaming soni 100 dan ortadi, ularning 
к о ‘pi zaharli, ba’zilari esa konserogen xususiyatlarga egadir.
Hozirda olimlar insonning tabiatga salbiy ta’sirini “ekologik 
iz” tushunchasi bilan izohlamoqda. Ekologik iz — insonning 
atrof-muhitga ta ’sirini ifodalovchi ko‘rsatkichdir.- U biz iste’mol 
qilayotgan barcha mahsulotlar va resurslami olish uchun qancha 
miqdor unumdor erlar va tabiiy toza chuchuk suvdan foydalanayot- 
ganimizni yaqqol ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda insoniyatning resurs- 
lardan foydalanish darajasi biosferaning bu resurslami qayta tiklash 
imkoniyatidan yuqori ekanligi m a’lum.
Atrof-muhitning bulg‘anishi bilan birga, insoniyat uchun zarur 
boMgan tabiiy resurslar, birinchi navbatda, oziq-ovqat manbalari 
muammosi ogMrlashib bormoqda. Ijtimoiy rivojlanish davomida 
oziq-ovqat ishlab chiqarish to‘xtovsiz o ‘sib borgan boMsa-da, 
hozirgi vaqtda uni ekstensiv ko'paytirish imkoniyati qariyb tugab 
bormoqda.
Oziq-ovqat resurslarini ko‘paytirishning intensiv imkoniyatlari 
ham yerlaming choMga aylanishi, tuproq eroziyasi, sho‘r bosishi, 
sanoat va fuqaroga qurilish uchun ajratib berilishi va hokazolar 
tufayli cheklangandir.
Bulardan ko‘rinadiki, mavjud imkoniyatlar doirasida oziq-ovqat 
muammosini hal etish o'tkirligicha qolmoqda.
201


Global muammolar tizimida jahonning barcha mamlakatlarida 
energiya quvvatining yangi manbalarini topish zaruriyati ham 
tobora birinchi o ‘ringa chiqmoqda.
MaMumki, energiya q uw ati resurslari ikki xil — qayta tiklan- 
maydigan (neft, gaz, ko‘mir) va tiklanadigan (suv q u w ati, yog‘och 
va h. k.) boMadi. Shuningdek, q u w a t manbalarini tashqi (quyosh) 
va ichki resurslari(masalan: atom yadrosi) tarzida ham tasnif etish 
mumkin.
Hozir atom reaktorlaridan olingan energiya elektr q uw ati ishlab 
chiqarishning 15% ga to‘g ‘ri kelmoqda. Keyingi paytlarda atom 
quvvatidan foydalanish xususida xilma-xil va qarama-qarshi fikrlar 
oldinga surilmoqda. Chemobil va Fukusima fojiasi bu boradagi 
tashvishlar o‘rinli ekanini ko‘rsatmoqda.
Jahon okeani resurslarini o ‘zlashtirish masalasi ham XX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab insoniyat oldida turibdi. Umuman 
olganda, sivilizatsiyaning butun tarixi davomida okean zaxiralari 
va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish masalasi insoniyat uchun 
katta ahamiyatga ega boMgan. Okean kislorod yetkazib beradi
g ‘oyat katta miqdordagi m a’dan xomashyosi zaxiralariga ega, oqsil 
xomashyosi olish uchun zarur boMgan biomoddalami salmoqli 
hajmda hosil etadi, iqlimni tartibga solib turadi va muhim transport 
yoMi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, hozirga vaqtda jahon 
okeani jam iyat ilgarilama harakati uchun muhim ahamiyatga ega 
boMgan omillardandir.
Jahon okeani boyliklarini o ‘zlashtirish jam iyat va tabiat 
aloqadorligining muhim ko‘rinishlaridan biridir. Hozirgi vaqtga 
kelib insoniyat quruqlik boyliklarini asosan o'zlashtirib boMdi. 
Okean suvlaridan ilgari baliq ovlangan, tuz, magniy, brom, yod, 
fosfor, natriy, kaliy olingan boMsa, endilikda uning tagidan neft, 
gaz, ko‘mir, temir, oltin, platina va boshqa nodir metallar qazib 
olinmoqda. Dengiz akvatoriyalari ostidagi neft va gaz zaxiralari 
1990 yilda qilingan hisob kitoblarga ko‘ra 450 mlrd. tonna(neftga 
aylantirilganda), metallar — quruqlikdagi zaxiralari hajmiga 
teng ekanligi maMum boMdi. Jahon okeani hududida ko‘miming 
umumiy zaxirasi quruqlikdagiga qaraganda 250 martadan ko‘proq,
202


hozir qazib olinayotgan hajmdan esa 200 m artadan ortiqdir. 30 ga 
yaqin unsurdan iborat temir, marganets qorishm alari chuqur suv 
osti maydonining qariyb 35 mln. kv.km. ni tashkil etadi.
Okeandan foydalanishning an’anaviy obyektlari baliqchilik, suv 
o'tlaridan foydalanish va hokazolar hozirgi vaqtda muhim bo'lib 
qolmoqda. Masalan, 1975yilda dunyo b o ‘yicha 70 mln tonna baliq 
ovlangan edi. Hozir esa ancha oshib ketdi. Dengiz mahsulotlarining 
soni ham ko'payib bormoqda. 2000-yilda ularning hajmi 130-135 
mln. tonnaga yetdi.
Dunyo okeani resurslaridan foydalanish kabi koinotni o'zlash- 
tirish masalalari ham insoniyat oldidagi global muammolardan 
hisoblanadi. Bu birinchidan, kosmik tadqiqotlarning qimmat- 
lashuvi bo‘lsa, ikkinchidan, koinot butun insoniyatning mulki deb 
tan olingandir.
Kishilarning koinotga kirib borishi, uni o ‘rganishi ham XX 
asrdagi fan va texnika taraqqiyoti asosiy yo'nalishlaridan biri bo‘lib 
qoldi.
Koinotni 0‘zlashtirish muammolari global boMgani uchun 
barcha mamlakatlarning kuch-g‘ayratlarmi birlashtirib, undan 
butun insoniyat manfaatlari y o 'lid a foydalanilishi lozim. Koinotiy 
nazariyalar sohasida ham dunyo olimlari o ‘rtasida bir-birini istisno 
qiladigan turli qarashlar mavjud. U lar o ‘rtaga q o ‘ygan fikrlarga 
ko‘ra, koinotni o ‘zlashtirish uchun sarflanadigan mablag‘lardan 
okean va quruqlikdagi muammolami bartaraf etish, yurak-tomir va 
rak kasalliklarini davolash kabi masalalarni hal etishda foydalanish 
lozim. Bu nuqtai nazar tarafdorlari koinot xarajatlarining yuqori- 
ligiga e’tibor beradilar. Shuningdek, koinotdan harbiy maqsadlarda 
foydalanish xavfi ham bu qarashlarda hisobga olingan.
Ikkinchi xil qarashlarga ko‘ra, koinotni o ‘zlashtirish zarur, 
chunki uning yordamida tarixiy taraqqiyotning borishi bilan yuzaga 
kelgan vazifa va muammolami yechish mumkin.
Bu qarashlar sirtdan qaraganda, so f ilmiy munozaralardek boMib 
ko‘rinadi. Lekin ularning zaminida koinotni o ‘zlashtirishda yetak- 
chilik qilayotgan davlatlarning siyosiy, iqtisodiy manfaatlari yotadi. 
Hozirgi asosiy vazifa-koinotni o'zlashtirishni butun insoniyatning
203


manfaatlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lashdadir. 
Boshqa barcha global muammolarni o ‘rganishda ham shu maqsad- 
lardan kelib chiqmoq kerak.
Aytib o ‘tilgan umumbashariy, umumjahon muammolar juda ko‘p 
va xilma-xil, keng miqyosli va o ‘ta murakkab ekanligi, ayni paytda 
ulardan har birining insoniyatning bugungi va ertangi hayoti, jahon 
sivilizatsiyasining, qolaversa, sayyoramizning ham taqdiri uchun 
naqadar muhim va zarurligi o ‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Shuning 
uchun ham hozirgi paytda butun insoniyat uchun umumbashariy 
muammolarni hal etishdan ko‘ra zarur va muhimroq vazifa yo‘q. 
Umumbashariy muammolar yechilmasa, ekologik falokatlar oldi 
olinmasa, tinchlik boMmasa, taraqqiyot ham, tarixning o ‘zi ham 
boMmaydi.
U m um bashariy va regional m uam m olarni hal qilish yo‘llari 
va x alq aro ham korlik.Global muammolami nazariy jihatdan 
anglab yetish va bartaraf etish nafaqat o ‘ta og‘ir va uzoq davom 
etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi 
xususida hali aniq javoblar.va uzil-kesil yechimlarga ega boMmagan 
ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklami 
bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning 
shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va 
uning insonparvarlashuvi bilan bogMamoqdalar. Buning uchun 
jiddiy asoslar bor. Zero, odamlaming feM-atvori, xatti-harakatlari, 
pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan 
ulaming hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.
Odamlar dunyoqarashi nafaqat ulaming dunyo haqidagi bilim- 
larida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosaJar 
chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon boMadi. Shu 
sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi 
lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada 
muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan 
holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali 
muvaffaq boMmaganini e ’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin 
emas. Xalqaro kuchlaming muayyan darajada birlashuvi, ulaming 
muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham
204


hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit 
beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to 4 la dunyoda 
kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin 
boMsa, bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi 
kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan, falsafa yechishga harakat 
qilayotgan bosh masalalardir.
Tarixiy 
tajriba turli xalqlaming yaqinlashuvi 
ularning 
manfaatlari mos kelgan joyda ayniqsa yaxshiroq yuz berishini 
ko‘rsatadi. 0 ‘zaro manfaatdorlik turli qiyinchiliklami tez bartaraf 
etish, savdo-sotiqni faol rivojlantirish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
aloqalami mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlaming u yoki 
bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapital- 
lam ing taqsimlanishida o ‘z muayyan manfaatiga ega boMadi. Ular 
tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni saqlash va shu kabi 
masalalarda doim o ‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu ularning 
siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham 
bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o'xshamas- 
ligiga sabab boMadi. B a’zan ichki manfaatlar umumiy manfaat- 
lardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda m azkur siyosat boshqa 
davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, 
ekologiya nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda yashovchi 
xalqlaming qarama-qarshi manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p 
kuzatiladi.
Ammo hozir, jam iyat hayotining intematsionallashuvi va 
iqtisodiy aloqalarning o‘sib 
borayotgan integratsiyalashuvi 
sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida jahon hamjami- 
yatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va 
resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat obyektiv manfaat­
larini o ‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni 
tobora ko‘payib bormoqda. M a’rifatli siyosiy va jam oat arboblari 
yanada aniqroq anglab etayotgan kelishilgan harakatlarga boMgan 
bu obyektiv ehtiyoj hoziming o'zidayoq ayrim davlatlar xulq-at- 
voriga ta ’sir ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi 
siyosatini m a’lum darajada belgilamoqda.
205


Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi 
va mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bogMiq. 
U kompyuter inqilobi ta’sirida o'zgarganiga qaramay, texnogen sivili- 
zatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqiab qolmoqda va shu 
sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchi- 
larini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) 
sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantimiayapti.
Ularning aksariyati fikriga ko'ra, hozirgi G ‘arb sivilizat- 
siyasi insoniyat uchun shikastli boMgan ko‘pgina ziddiyatlami 
yuzaga keltirdi, chunki uning zamirida tabiat va uning resurs- 
lariga nisbatan iste’molchilik yondashuvi yotadi. Tegishli qadri- 
yatlar tizimidan mustahkam o ‘rin olgan bunday tasaw urlar tarixan 
sanoat inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida shakllangan 
boMib, o ‘z ildizlari bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni 
bunyod etadi, uni tabiat imkoniyatlari va o ‘z imkoniyatlari bilan 
hisoblashmasdan o ‘z ixtiyoriga ko‘ra o ‘zgartiradi, degan dunyoqa- 
rashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik 
tangliklar, balki ma’naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda 
avvalgi dunyoqarash moMjallari obyektiv sharoit tazyiqi ostida 
o ‘zgarayotgan amaliyot bilan to‘qnashadi. Shu bois 0 ‘zbekistonda 
aynan ma’naviy inqirozning oldini olish maqsadida 1994-yilda 
“M a’naviyat va ma’rifat”jamoatchilik markazi tashkil qilindi, 1996- 
yilda markaz faoliyatini takomillashtirish bo'yicha hukumat qarori 
qabul qilindi va unga ko‘ra 1997-yildan barcha ta’lim muassasa- 
larida “M a’naviyat asoslari” fanini o ‘qitish joriy qilindi. 1999-yilda 
M a’naviyat va m a’rifat markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi 
M a’naviyat kengashi tashkil qilindi. 2008-yilda Islom Karimov 
o ‘zining “Yuksak m a’naviyat — yengilmas kuch” asarida m a’naviy 
tahdidlar va m a’naviy yuksalish omillarini nazariy asosladi, zero, 
“M a’naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir” 1,
1 Karimov l.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. -Т.: M a’naviyat, 2008. 
-B.18.
206


faqat m a’nan yetuk insongina har qanday tahdidga qarshi kurashga 
o ‘zida kuch topishi mumkin.
Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy rivojlan- 
ishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash moMjal- 
larini izlash jamiyatni m a’naviy yangiiashning bosh vazifalariga 
aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlaming olimlari boshqa 
qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o ‘zga sivilizatsiyaga o ‘tish 
amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa 
global muammolami bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli 
yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadri­
yatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qo‘yuvchi antro- 
potsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga 
va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e ’tiborni 
qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli 
mavjudot va mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida
bu bilan nafaqat hisoblashishi, balki tegishli tarzda ish ko‘rishi ham 
lozim. Uning dunyoga munosabatini o ‘zgartirish, insonparvarlik va 
koevolyutsiya, ya’ni tabiat va jam iyatning mushtarak rivojlanishi 
tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy 
rivojlanish mo‘ljallarini yaratishdan boshqa y o ‘li y o ‘q.
Dunyo xalqlar o ‘rtasida o ‘zaro aloqa va asosli hamkorlik 
yoMiga yanada ishonch bilan kirishi, odamlaming ijtimoiy-iq- 
tisodiy faoliyati esa tabiat bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun 
dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar haqidagi ilmiy bilim- 
lami kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, odamlaming 
yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarga o ‘z javobgarligini yanada 
teranroq tushunishiga erishish lozim. B u yana shuning uchun ham 
muhimki, zamonaviy elektron qurilmalar va hisoblash texnikasi 
insonning o ‘z faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin 
boMgan oqibatlami ham chamalash va bashorat qilish qobiliyatini 
ko‘p karra oshiradi. Shu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jaray- 
onlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning 
inson uchun ham, atrof-muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy 
va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin boMgan texnik loyihalar
207


bo'yicha qarorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz 
darajada oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda inson- 
parvarlik masalalari yana birinchi o'ringa chiqmoqda. Fan-texnika 
taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning, balki butun insoniyatning 
axloqiy fazilatlariga bevosita bo‘ysundiruvchi inson faoliyatini 
butunlay o ‘zgartirish lozimligini ifodalovchi “ilmiy insonpar­
varlik” atamasi faol ishlab chiqilmoqda. l.A.Karimov bu xususda: 
“M a’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o ‘z-o‘zidan 
mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod 
kelajagini ta’minlash yoMidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi 
va oxir — oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin”1 degan 
edi.
Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi 
“yangi insonparvarlik”ning mohiyati yer kurrasida yashovchi 
barcha odamlaming muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu 
sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan 
borliq m e’yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat Bunday 
qadriyatlaming ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy 
qoidalar sifatida ta’riflangan.
Insoniyat o ‘zini o ‘zi tashkil yetuvchi jonli tizim sifatida o ‘z 
mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erish- 
ishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globaliashuv jarayonlari 
va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida 
tarqoqlik va ixtiloflami yengib, o ‘z birligi sari harakat qilish, ayni 
vaqtda madaniyatlar, asriy an’analaming o ‘ziga xosligini, ayrim 
millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora 
qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. — Т.: Ma’naviyat, 2008. —


qadriyatlami e ’tiro f etish va ularga rioya qilish orqali erishish 
mumkin.
Nazorat uchun savollar
1. Xalqaro munosabatlar tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiy 
tuzilishini tushuntiring.
2. Globallashuv jarayonlarida xalqaro munosabatlaming o‘mi qanday?
3. Global muammolar qanday mezonlar bo‘yicha tasniflanadi?
4. Global ekologik muammolar deganda nimalami tushunmoq kerak?
5. Inson-jamiyat munosabati tipidagi global muammolarga qanday 
muammolar kiradi?
6. Global muammolami hal etishning qanday yo‘llari mavjud?
209


IZ O H L I LU G ‘ AT
Axloq 
(lot. “moralis” — qoidaga, xulq-atvorga, urf-odatga taalluqli, 
axloqli) kishilar orasidagi m unosabatlam i tartibga solishning o cziga 
xos tartib, qoidalari yig‘indisi.
B a rq aro r rivojlanish 
(ing. — Sustainable developm ent. Bu 
tushunchani B M T Tashqi m uhit v a taraqqiyot xalqaro q o ‘mitasining 
raisi G.X.Brutland 1987 yilda tak lif qilgan) — davlat, xalq, m illat- 
lam ing ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik m uhitning bir-biri 
bilan uzviy bogcliqligini ifodalovchi atama.
B ashorat 
- tabiat va jam iy at hodisalarining kelajakdagi holati 
yoki hozirgi kundagi nom a’lum m ohiyatini aniqlash qiyin bo6lgan 
hodisalarga asoslangan taxminlar.
Begonalashuv 
— ijtimoiy-falsafiy tushuncha sifatida, kishining 
jam iyatdan, uni boshqarishdan, o ‘zi yaratgan m unosabatlar va obyek- 
tivlashtirilgan narsalardan chetlanganligini bildiruvchi ijtim oiy hodisa.
Bilish 
— obyektiv voqelikni ongda aks ettirishga qaratilgan inson 
faoliyatining ijtim oiy-tarixiy jarayoni.
Bilish nazariyasi (gnoseologiya) 
- borliqni bilish, inson bilim la- 
rining kelib chiqishi va metodlari haqidagi falsafiy ta’limot. Falsafiy 
adabiyotlarda, shu jum ladan falsafiy qom uslar v a lug‘atlarda “gnose- 
ologiya” atamasi “bilish nazariyasi” deb tarjim a qilingan.
Bilish metodi 
- bilish jarayoni tam oyili, qonun-qoidasi, talablar 
sistemasi, uslub v a vositasi. Fan taraqqiyoti ilm iy bilish m etodlarini 
yuzaga keltirib, bilish, o ‘z navbatida, ikki p o g 'o n a - em pirik va 
nazariy m etodlarga bo‘Iinadi. K uzatish, tajriba, tavsiflash, o'lchash 
v a boshqa em pirik bilish m etodlari sifatida o'rganiladi. M avhum - 
lashtirish, rasm iylashtirish, kom pyuterda m odellashtirish v a hokazolar 
nazariy bilish metodlari hisoblanadi.
Bixeviorizm 
(ing. vehaviour - xulq-odat, xatti-harakat) — X IX
asr oxiri X X asr boshlarida psixologiyada paydo bo‘lgan yo‘nalish. 
B. asoschisi E.Torndayk hisoblanadi. B. dasturi v a term ini birinchi
210


m arotaba J.B.Uotson (1913) tom onidan kiritilgan. Bixeviorizm
zam irida inson hulqining tashqi m uhitda harakatiantiruvchi verbal 
va em otsional ta ’sirlar m ajm uasining tushunilishi yotadi. Bixevi- 
orizm ning um um iy m anbai sifatida pozitivizm falsafiy tam oyillari 
anglashiladi, chunki fanning vazifasini bevosita kuzatuvni tahlil etish 
v a bayon etish tashkil etadi, deb hisoblaydi.
V ahshiylik — yon-atrofga, m adaniyatga, inson hayotiga qarshi 
qaratilgan yovuz xatti-harakat. Vahshiylikning m aqsadi moMjalga 
olingan obyektlam ing tadrijiy (evolyusion) rivojlanishi, ulam ing ichki 
sistem alari v a qism lari o ‘rtasidagi aloqalarni buzish yoki bu obyekt- 
lam i y o ‘q qilishdan iborat.
V andalizm — ajdodlar tom onidan bunyod etilgan m adaniy v a 
m a’naviy boyliklam i, qadriyatlarni asossiz, o 'y lam ay y o ‘q qilish, 
vayron qilish g'oyasi ustuvor bo‘lgan oqim.
V oly untarizm (lot. Voluntas — iroda) - iroda borliqning eng oliy 
k o ‘rinishi deb qarovchi falsafiy oqim. Iroda volyuntarizm da tarixiy 
jarayonlam ing obyektiv qonuniyatlariga rioya qilm asdan, jam oatchilik 
bilan hisoblashm asdan o'zboshim chalik bilan o ‘z xohish-irodasini 
yuqori qo'yuvchi faoliyatdir.
V orislik (ilgarilab borish, an’a n a v iy lik )- um um falsafiy kategoriya 
b o 'lib , barcha fanlar uchun metodologik aham iyatga ega. Vorislik 
voqea v a hodisalarning obyektiv bog‘lanishini bildiradi. Vorislik — 
taraqqiyotning bir bosqichdan (darajadan) ikkinchi bosqich (darajaga) 
g a o ‘tishining asosini tashkil etadi v a u har qanday o ‘zgarishning zarur 
sharti hisoblanadi.
G a rm o n iy a (yunon. garm onia - bog'langanlik, qism ) bo‘lak- 
larning bir-biri bilan m os ravishda bog'langanligini bildiruvchi 
tushuncha.
G edonizm - (yunon. 
hedone
— huzur-halovat, rohatlanish) etika 
nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash tam oyili b o ‘lib, unga ko‘ra 
huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan qutqazuvchi narsa 
yaxshilik deb, azob-uqubat keltiruvchi narsa esa yom onlik deb ta ’rif 
qilinadi.
G eo g rafik m u h it (tabiiy m uhit, tashqi m uhit) — jam iy at hayotining 
zaruriy shart-sharoitini tashkil qiluvchi, ijtim oiy ishlab chiqarish jaray -
211


oniga bevosita aloqador boMgan va unga bevosita tortilgan tabiatning 
m uayyan qismi (yer p o 4sti, atm osferaning quyi qism i, suv, tuproq va 
tuproqning ustki qatlam i, o ‘sim lik v a hayvonot dunyosi)dir.
G eosiyosat (“geo” — “yer”, “siyosat” esa “davlat” v a “ ijtimoiy 
ish”) — turli xil davlat v a xalqlam ing m anfaatlari sistem asi unga 
boMgan yondashuv uslublari, vositalari u yoki bu hududiy joylashuvi, 
salohiyatiga boMgan m unosabatda ifodalangan m aqsadlar o ‘z ifodasini 
topgan tushuncha. Geosiyosat tushunchasi shved olimi va davlat arbobi 
R.Chellen tom onidan muomalaga kiritilgan.
G u m an izm — (lot. “Hum anitas” —insoniylik, insonparvarlik, inson 
haqida g ‘am xo6rlik) — insonni him oya qilishga, uning huquqlariga 
kafillik berishni maqsad qilib olgan ta ’limot.
D a v la t - hokim iyatning vujudga kelishi v a faoliyat k o crsatishi 
natijasida shakllangan jam iyat hayotini siyosiy tashkil etishni bildiradi. 
Q onun chiqaruvchi, ijroiya v a sud sistem asi idoralaridan iborat oliy 
hokim iyat boMib, jam iyat siyosiy sistem asining asosiy bo‘gMnidir. 
M uayyan hududiy yaxlitlikdagi jam iy at siyosiy sistem asining asosini 
tashkil etuvchi ijtimoiy institut. Bu institutning o ‘ziga xos belgilariga 
quyidagilar kiradi: l.H udud v a uning chegaralari. 2. A holi (fuqarolar). 
3 . 0 ‘z vazifalariga ega boMgan tashkilot va m uassasalar (qurolli 
kuchlar, hokim iyat va b.ruv idoralari sistemasi va h.k.) 4. Ichki va 
tashqi suverenitet.
D em ografiya (grek. D em os-xalq va grafo — yozam an) - aholi 
haqidagi fan. Demografiya aholi v a uning o ‘zgarishini son v a sifat tavsi- 
flariga muvofiq yaxlit holda ham, guruhlar holida ham o ‘rganadi. U 
aholi sonining geografik jihatdan boMinishini ham da aholini sinflarga, 
ijtim oiy guruhlarga mansubligiga, m ashg‘ulotiga, jin si, yoshi, millati, 
tili, oilaviy ahvoli, madaniy darajasiga v a h.k.ga qarab tadqiq qiladi. 
B unda aholini takror hosil qilish jarayonlari (tugMlish, oMish, nikohdan 
o ‘tish, um r ko‘rish ham da aholining m igratsiya jarayonlari) oqibatida 
yuzaga keluvchi om illam ing ularga ta ’sir qilishi dem ografiyada asosiy 
o ‘rinni egallaydi.
D e m o k ra tiy a (yunon. “demos”—xalq va “kratos”— hokim iyat) — 
“xalq hokim iyati” m a’nosini anglatadi. Jam iyat tuzum ining shunday 
shakliki, bu holda uning a ’zolari jam iyatni boshqarishda, qarorlar 
qabul qilishda, tenglik asosida qatnashadilar.
212


D avlat hokim iyatning quyidagi tam oyillarga asoslangan shaklidir:
a) yuqori davlat tashkilotlari v a lavozim iarga shaxslarning 
saylanishi va ularning almashishi;
b) m ansabdor shaxslarning saylovchilar oldidagi hisoboti va 
ularning nazorati ostida boMishi;
v) davlat tashkilotlarining tuzilishi v a ularning xalq oldidagi 
m as’uliyati;
g) kam chilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi;
d) barcha fuqarolam ing tengligi, ular huquqlari va erkinliklarini 
ta ’minlash.
D ete rm in izm (lot. 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish