O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
T OSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MENEJMENT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA)”
“MENEJMENT”
fani bo’yicha tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Ijtimoiy dasturlar va ularning menejmentdagi roli.
Talaba :
|
|
M-51-2 guruh talabasi Sanaqulov Ma’murjon Musobek o’g’li
|
Ilmiy rahbar:
|
|
dots. Allayarov Sh.
|
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
__________________________(imzo)_____________'>«____» _______2021 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
«____» _______2021 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
«____» _______2021 y.
Baho«_____» _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a'zolari:
__________________
__________________
__________________
|
Toshkent – 2021
REJA:
KIRISH..............................................................................................................3
1. Ilg’or o’zgarishlar davri…….……………………………………………….......5
2.Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi....................9
3. Zamonaviy boshqaruv madaniyati………………..............................................10
XULOSA……………………………………………………………………....13
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………...….15
KIRISH
Biz o’z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug’ maqsadni qo’ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avallo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo’lib xizmat qilishi lozim
Ushbu maqsad yo’lida yoshlarimiz o’z oldiga katta marralarni qo’yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko’mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo’lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.
Shu maqsadda “Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g’oya asosida keng ko’lamli islohotlarni amalga oshiramiz1.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan “Ta‘lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asosan menejment yo’nalishida ta‘lim olayotgan talabalarga yetarli bilim berish maqsadida o’quv qo’llanmalar tayyorlash va ularni talabalarga yetkazishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga ko’ra, jamiyatning rivojlanishi markazida faqat oddiy iqtisodiy ko’rsatkichlar emas, balki, avvalo, insonturishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni–odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume‘tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma‘naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatli qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mamlakatimizda eng dolzarb masalalardan biri ijtimoiy siyosatdir.
Ijtimoiy siyosat - ijtimoiy masalalarni yechish maqsadida butun aholini, barcha xo’jalik va boshqaruv tuzilmalari subyektlari kuchini birlashtirishga qaratilgan davlatning ijtimoiy sohadagi faoliyati dir.
U fuqarolarning yaxshi yashash sharoitlari, jamiyat hayotida erkin ishtirok etishda huquqlarini davlat nazorati orqali amalga oshiradi (qonunchilik, dasturiy-maqsadli, moddiy-moliyaviy va h.k.). Shuning uchun ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi integral hisoblanadi. U davlat mafkurasi, huquq, ijtimoiy standartlar, iqtisodiy vositalar, madaniyat, psixologiya, demografiyani o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy siyosatning maqsadi - barcha fuqarolar hayot sifatini oshirish va aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta‘minlaydigan mexanizmlar yordamida, turli ijtimoiy manfaatlar muvozanati asosida ijtimoiy muhit va ijtimoiy kelishuvni yaratishdir.
Turli jamiyatlar, millat va xalqlarning dunyoqarashi, madaniyati, mqadriyatlari turlicha bo’lsada, barcha joyda―turmushning yuksak darajasi deganda, qarashlar o’xshash bo’ladi. U oilaviy farovonlik, salomatlik, uzoq umr ko’rish, moddiy farovonlik, ma‘lumotning yuqori sifat darajasi, nafaqat salmoqli daromad, balki mehnatdan ma‘naviy qoniqish, jamoatchilik orasida obro’ orttirish, xavfsizlik, madaniy hordiq kabi tushunchalarni qamrab oladi. Odamlar har doim shaxs va fuqaro sifatida o’z dunyoqarashini ifoda etish imkoniyatiga ega bo’lishni, jamiyat hayotida ishtirok etishni, huquq va erkinliklarining hurmat qilinishini, fikrlari e‘tiborga olinishini har doim qadrlab kelishgan.
“Ijtimoiy menejment” fanini o’qitishdan maqsad, talabalarga ijtimoiy menejmentning rivojlanishi va uning ilmiy maktab larini, mijtimoiy menejmentning qonunlari va tamoyillarini, ijtimoiy menejment muslublarini, ijtimoiy menejment tizimlarini va ijtimoiy boshqaruvning mfundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv xarajatlari bilan eng ko’p ijtimoiy samara olishga intilish haqida nazariy-amaliym bilimlarni o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |