1. Ilg’or o’zgarishlar davri.
Biz yashayotgan davr bu dinamik o’zgarishlar davri. Barcha jarayonlar juda tez va qarama-qarshi rivojlanmoqda. Bunday vaziyatni amerikaliklar «chaqiriq» so’zi bilan ataydilar, u o’zida ma‘lum imkoniyatlar va tahdidlarni mujassamlashtiradi. Juda xavfli tendensiyalar ichida quyidagilar asosiy hisoblanadi:
1. Sayyoraning resurs imkoniyatlari qisqarib borayotgan paytda yer aholisining tez ko’payishi. Kelajakda nima bo’lishini hech kim tasavvur qila olmaydi. Biroq bu muammolar qanday bo’lishiga qaramasdan, menejerlar bu muammolarni hal qilishi kerak bo’lgan va shunday mas‘uliyatga ega bo’lgan kishilar qatoriga kiradi. Menejer doim barcha rivojlanish tendensiyalari ichida bo’ladi. Jamiyat kelajakda qanday muammolarga duch kelishidan qat‘i nazar, menejer ularni tushunish va hal qilish qobiliyatini o’stirishi lozim. Menejerlarni o’qitish - jamiyatning kelajakdagi muammolarini hal qilishga eng yaxshi tayyorgarlik. U menejerning barcha vaziyatlarni ratsional va ilmiy tahlil qila olishini ta‘minlashi kerak. Hissiyotga berilish, sxoshmasxosharlik, noto’g’ri axborot yoki boshqa shunday holatlarda qaror qabul qilish juda jiddiy xato deb ko’rilishi lozim. Resurslar muammolari. Yer shari aholisi juda tez sur‘atlar bilan o’smoqda. Hozirgi vaqtda unda 7 mlrddan ortiq kishi yashaydi. Har bir inson hayoti uchun muayyan miqdordagi resurslar zarur. Kishilar mavjud resurslar bilan qanoatlanmaydilar va yuqori turmush darajasini ta‘minlash uchun resurslar bo’yicha raqobat kuchayib boradi.
2. Sayyoramiz tabiiy muhitida sodir bo’layotgan o’zgarishlar (biologik xilma-xilliklarning tez yo’qolib ketishi, chuchuk ichimlik suvi zaxirasining tobora kamayishi, «bug’xona samarasi»ning oshishi va buning natijasida iqlimning o’zgarishlari, ozon qatlamining yemirilishi, o’rmon maydonlarining qisqarishi, yer, suv va atmosferaning inson faoliyati chiqindilaridan zaharlanishi).
Atrof-muhit. Har bir inson atrof-muhit muhofazasi haqida qayg’urishi kerak. Sanoatlashtirish va kishilarning shaharlarda, mintaqalarda to’planishi chiqindilar bilan bog’liq global muammoni keltirib chiqaradi. Bu atmosferaga chiqarilayotgan kimyoviy chiqindilar yoki axlatxonalarga tashlanadigan chiqindilar bo’lishi mumkin. Bundan tashqari quyoshdan himoya qiluvchi ozon qatlamining o’zgarishi insoniyatga katta xavf tug’diradi. Ayrim kishilar ekologik muammolar oshirib yuborilgan deb hisoblaydilar. Shubhasiz, bunday muammolar mavjud va hukumat bu sohadagi nazoratni kuchaytirmog’i lozim. Ist e‘molchi soliq yoki tovarning yuqori qiymati orqali barcha xarajatlarni to’laydi, har doimgidek menejer foyda va iste‘molchi o’rtasida turadi. U past baholi yaxshi tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlarida yangi mas‘uliyatga ega bo’ladi. Atrof-muhit bunda qo’shimcha va ortib boruvchi qiyinchiliklar tug’diradi.
3. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish rejimining buzilishi, kelajak avlod manfaatlarini zamondoshlar tomonidan hisobga olmaslik. Shuning uchun, shunday xavf paydo bo’lmoqdaki, uning markazida insonning zavol topishi, uning jamiyat bilan aloqasida madaniyat va ma‘naviyatining yemirilishi yotadi.
4. Har xil mamlakatlar o’rtasida va alohida mamlakatlar ichida ijtimoiy farqlanishning tez o’sishi. Bu resurslar kurash bilan uyg‗unlashib, joriy mahalliy mojarolar va global xavfni keltirib chiqarmoqda.
5. Inson shaxsi murakkablashmoqda. Menejer kunda insonlar muammolarini yechish bilan shug‗ullanadi. Ammo u jamiyatning umumiy rivojlanish muammolariga ham duch keladi. Avvalo, aholining ko‗payishi. Kishilar nisbatan ilgari nafaqaga chiqadilar. Yaxshi tajribali xodimlar unumsiz va ularni ijtimoiy ta‘minot tizimi evaziga ta‘minlashning zarur bo’lib qolishi, bu tizim qiymatini oshiradi. Keksa xodimlar ishni tark etadi. Ularning o’rnini bosishi mumkin bo’lgan yoshlar soni qisqaradi. Inson resurslarining bunday muammosi bilan menejer hozirning o’zidayoq shug’ullanmoqda. AQSh va Kanadada ishlab chiqarishda faol band xodimlarning o’rtacha yoshi 34-35 atrofida, Meksikada esa bu ko’rsatkich 19 yoshga teng. Bu mamlakatlar demografik ahvolining bunday farqlanishi inson resurslari muammosidir. Malakali va tajribali xizmatchilarning yetishmasligi bilan birga, xodimlar tomonidan kutilayotgan munosabatlar ham o’zgarib bormoqda. Bu kelajak tendensiyasidir. Ijtimoiy munosabatlar va hukumat qarorlari insonlar farovonligini oshirishda menejer va kompaniyalar mas‘uliyatini kuchaytirishga qaratilgan. Ilgari kompaniya va xizmatchilar o’rtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan cheklanar edi. Bugun bu munosabatlar xodimlarning korxona va ish joyidan tashqaridagi hayotida kompaniya javobgarligining kengayishi bilan xarakterlanadi.
Lekin bunday qarama-qarshilikni anglash juda qiyin kechadi. Ha, menejerlik (boshqaruv) inqilobi XX asrning ikkinchi yarmida yetakchi mamlakatlarning tezkor rivojlanishidagi, bozor munosabatlarini amalga oshirish, tanazullarni yengib o’tishda, bozor munosabatlarini takomillashtirishda ko’plab bozor subyektlari va mulk ko’rinishlarining paydo bo’lishida asosiy omil bo’ldi. Menejerlik inqilobi ta‘sirida ko’p zamonaviy sivilizatsiyalar yuksak ijtimoiy natijalarga erishdilar.
Tadbirkorlik hamda boshqaruvning yangi madaniyati shakllanmoqda. Uning mazmuni nimada? Birinchi navbatda, unda oqilona boshqarish, bilim, ilmiy loyihalashtirish va dasturlash, matematik va ijtimoiy modellashtirishni oqilona tatbiq etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy boshqaruvning bu usullari ijtimoiy resurslar, «inson omili» resurslaridan to’liq foydalanishga qaratilgan. Boshqaruv bilimlarining, boshqaruv konsepsiyalarining, loyiha va dasturlarning shakllanishi mahalliy hamjamiyatlar yutug’i natijasida mahalliy menejment tez rivojlanmoqda.
Millionlab boshqaruvchilar (menejerlar) miyasida sifat o’zgarishlari sodir bo’lib, ular mutaxassislarga aylanib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur‘atlariga samarali ta‘sir qilmoqda. Moliya institutlari va tijorat tashkilotlarining shaxsiy egalari soni ortmoqda. Shartnoma asosida yollangan va boshqaruv faoliyatiga mas‘ul bo’lgan har bir mahalliy menejer o’z ishi natijalariga ko’ra boshqaruv sohasida kichik bir tadbirkorga aylanadi. Shunday qilib, tadbirkorlikning yangi turi - menejerlik shakllanadi. Bu jarayon keng doirada sodir bo’lib, butun boshqaruv tizimida, o’z o’rnida, negizidan o’zgartirib, uni maqsadli qiladi: aholi-aksiyadorlar kengashi - menejment. Natijada menejerlar keng vakolatlarga ega bo’ladi, lekin berilgan vakolatlarga aholi oldida javobgar bo’ladilar, jahon tajribasiga binoan, bu nafaqat menejerning, balki mahalliy ma‘muriyat va mansabdorlar apparatining ham mas‘uliyatli va professional jamoasini tuzishning eng samarali usulidir. Menejment va korporatizm tamoyillariga asosan, aholi ma‘muriyat va menejerlar mahalliy hamjamiyatining rivojlanish maqsadlarini belgilab berib, uning davlat tashkilotlarining mahalliy organlariga hisobot topshirishini kafolatlaydi. Bu ijtimoiy boshqaruv tashkilotining asosiy tamoyili sifatida ishtirok etmay, balki tadbirkorlikning zamonaviy boshqaruv madaniyatini amalga oshirish mexanizmi sifatida ishtirok etadi. Rivojlangan kichik tadbirkorlik yordamida, birinchi navbatda,innovatsion, ilmtalab sohalar yordamida butun jamiyat hayotini ma‘naviyat va boshqaruvchanlik asosida sog’lomlashtirish uchun sharoit yaratildi. XXI asrda bu tendensiyani yanada ken gaytirish talab qilinadi, sababi bu asrda ijtimoiylashuv va ma‘naviyatni iqtisodiyot emas, balki jamiyat taraqqiyoti, uning maqsadlari va ehtiyojlari boshqaradi. Jamiyatda, oxir-oqibat, shunday haqiqatni anglash sodir bo’ladiki, uning muvozanati juda boylar va juda qashshoqlar daromadlarida 10 martalik farq bo’lishi mumkin emasligiga olib keladi. Aholining 10% dan kami qashshoqlikda, obyektiv sabablar bo’yicha, yashashi mumkinligi tobora oydinlashmoqda. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar uchun bu inqirozli nuqta hisoblanadi. Muammoni tushunish, joriy rivojlanish tendensiyalarining namoyon bo’lishi, ularni hal qilishning yangi usullarini ham keltirib chiqaradi. Ular boshqaruv sohasida yuzaga kelib, strategik va taktik xarakterga ega. Boshqaruv organlari, shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalash choralarini ishlab chiqmoqda. Bu bozorni yanada ijtimoiy cheklashga imkon beradi.
Boshqaruvning bosh obyekti - davlatga yangi talablar qo’yilmoqda. Bu, o’z navbatida, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiymoliyaviy va huquqiy bazasini mustahkamlaydi, qachonki faqat tabiat resurslaridan emas, balki hududiy resurslaridan (ijtimoiy, madaniy-ma‘naviy, boshqaruv) to’g’ri foydalanganda. Ular hukumat va boshqaruvning yuqori pog’onalarida, ular vazifalariga xos bo’lmagan asos topadi va boshqaruvning zamonaviy usullariga e‘tibor qaratishga imkon beradi. Hozirda mahalliy hamjamiyatlar, alohida tashkilot yoki firma, axborotlar, texnologiyalar, ma‘lumotlar banki asosida korporativ maqsad natijalariga asoslangan holda o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda. Shuning uchun, jamiyatda boshqaruv madaniyati o’rnatilishining tezlashgan jarayoni, «pastdan yuqoriga» konseptual fikrlash amalga oshirilmoqda. Hayotda sinalgan dasturiy-maqsadli va boshqaruvning bashorat usullari,uning hamma bosqichlarida boshqaruv faoliyatining me‘yoriga aylanmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi, ijtimoiy muvozanatni buzishning asosiy sababi bo’lib, ijtimoiy boshqaruv tizimining rivojlanmagani, ijtimoiy menejmentning samarasizligi, uning nazariya va amaliyotini o’zlashtirishdagi yetishmovchiliklar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |