3. Zamonaviy boshqaruv madaniyati
Jamiyatni boshqarish zamonaviy muammolari yechimida madaniy omilning roli ortmoqda. Bu qator holatlar bilan izohlanadi. Birinchidan, jamiyat hayotining ijtimoiy nazora tchilari axborot inqilobi talablari (iqtisodiy, huquqiy, siyosiy) bilan birga tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Ikkinchidan, ular jamiyatdagi o’zaro bog’liq kuchlarning yig’indisi sifatida kengayib, tizim ko’rinishiga kelmoqda va o’z ta‘sir maydonini kengaytirib, jamiyatning har bir elementi faoliyatiga kirib kelmoqda.
Uchinchidan, yalpi jamiyat mahsulotidagi aqliy mulk hissasi ortib bormoqda va rivojlangan davlatlarda 50% gacha yetdi. Bu jamiyatni uning asosiy resurslari–inson va aqldan oqilona foydala nishdagi mas‘uliyat va mohiyatni oshiradi.
Boshqarish madaniyatining belgilangan bir qancha madaniyat qismlari mavjud. Madaniyatning asosiy elementlari odam bilimi, hissiyotlari, kayfiyati, boshqaruv, falsafiy va iqtisodiy konsepsiyalari, fikrlash jarayonlari hisoblanadi. Biroq belgilangan madaniyatning manbalari bo’lgan boshqaruv mahorati, turmush sharoiti, urf -odatlar, tantanalar, jamiyat munosabatlari va boshqalarsiz, umumiy ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va moddiy-ma‘naviy ne‘mati iste‘moli bo’lmaydi.
Madaniyatning asosiy masalasi - inson o’zini takror ishlab chiqarish, uning bilimi, yangiliklari, moddiy va ma‘naviy ne‘matlarini hal qilish hisoblanadi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, boshqaruv madaniyati elementlarini umumiy madaniyatning bir qismi sifatida ajratib ko’rsatish mumkin:
boshqaruv bilimlari (menejment va boshqaruv nazariyalari) -kayfiyat, ong muvofiqligi;
jamiyat munosabatlari namuna, me‘yorlar va bilimlar mujassamlashtirgan tashkiliy boshqaruvchanlik inson madaniyati elementlaridir;
boshqaruv faoliyati, haqiqiy ijodiy xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining obyektiv zaruriy unsuridir.
Xususan, boshqaruv madaniyatini boshqaruv faoliyatining ma‘lum bosqichidagi boshqaruv bilimlari, hissiyotlari, ne‘matlari, boshqaruv va tashkiliy munosabatlar yig’indisi sifatida tushunish mumkin. Uning shakllanish mexanizmi quyidagicha bo’lish mumkin:
bilimlar, boshqaruv konsepsiyalari, loyihalari, dasturlarining shakllanishi;
boshqaruv munosabatlarining rivojlanishi;
boshqaruv sohasida ijodiy faoliyatni rag‗batlantirish;
jamiyatda jamoat institutlari, davlat, qonunlarga hurmatning tasdiqlanishi;
boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Boshqaruv madaniyatida oqilona boshlash, bilim, zamonaviy konsepsiyalar, ilmtalab texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv asosining zamonaviy bilimlarisiz jamiyatni shakllantirib bo’lmaydi. «Menejment» ingilizcha so’z bo’lib, lotincha so’z «manus» –qo’l o’zagi ma‘nosini anglatadi. Dastavval, u hayvonlarni boshqarish sohasiga tegishli bo’lgan va otlarni boshqarish san‘atini anglatgan. Keyinchalik bu so’z inson faoliyati sohasini anglatib, odam va tashkilotlarni boshqarish amaliyoti va ilmini ifodalay boshladi.
Boshqaruv - bu yakuniy natijani olishga qaratilgan xatti-harakatlar, usullar yordamida tashkilot, jamiyat maqsadlariga erishish.XXI asrda dunyo global xarakterdagi muammolar oldida turibdi.
Lekin ularning keskinlashuvi sodir bo’lmaguncha, yechish usullari eskiligicha qoladi. Buning negizi - madaniyatning, shuningdek, inson madaniyatining bir qismi bo’lgan boshqaruv madaniyatining ortda qolishidadir. Dunyo yangi milliy madaniyatlarning xilma-xilligi davriga qadam qo’ydi. Madaniyatlarning ko’pligi - bu konfrontatsiyaning ko’payishi uchun asos emas, balki tolerantlik – o’zaro chidam, odamlarning o’zaro bir-birini tushunishi uchun sharoit. Lekin bu hozircha sodir bo’lmayapti. O’zini o’tab bo’lgan «an‘anaviy» va «kuchli» madaniyatlar na‘munalari dunyoga, uning alohida regionlariga kuch usulida keskinlik kiritib, sayyoradagi ijtimoiy keskinlik holatini kuchaytirmoqda. Insoniyat tirik qolishi uchun mehnat faoliyatini, ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda qator progressiv o’zgarishlar kiritishi lozim. Lekin bugun sivilizatsiyani bunday zamonaviylashtirish faqatgina madaniyatlar, bilimlar, ne‘matlar, haqiqatni anglash usullarini tezda almashtirish sharoitidagina mumkin. Jamiyatni zamonaviylashtirish muhim, lekin madaniy yangilanish undan oldin bo’lishi va doimo uni ta‘minlashi, sur‘at va muddatlarini aniqlashi lozim. Jamiyat madaniyati «parametrlarini», uning alohida regionlari, mehnat assotsiatsiyalarini o’zgartiribgina qolmay, uni sifatli rivojlanish bosqichiga olib chiqishi mumkin.
Bir tomondan, madaniyat butun jamiyat tuzilmasi, jamiyat munosabatlaridan tezroq o’zgaradi. Bunga madaniyat, fan, ta‘lim, aqliy mulkka istiqbolli qo’yilmalar ko’maklashadi.
Boshqa tomondan, insonni boshqa madaniy muhitga tez ko’chirib bo’lmaydi. Bu xalqaro huquq va insonning oliy ne‘mat sifatida himoya qilish maqsadiga ega bo’lgan odillik va etika me‘yorlarining buzilishiga olib keladi.
XULOSA
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish - ustuvor vazifamizdir nomli asarida erishgan yutuqlarimizhaqida to’xtalib o’tdi va hal etilmagan mavjud muammolarni batafsil va har tomonlama tahlil qildi hamda 2016-yilda mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari va yo’nalishlarini bajarish bo’yicha dasturiy vazifalarni belgilab berdi. 2015-yil 18 fevralda ―Keksalarni e‘zozlash yili davlat dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Bu qarorda "Keksalarni e‘zozlash yili" davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va yo’nalishlari belgilab berildi. Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshilik dunyoning muvozanatdan chiqishining asosiy sababi hisoblanadi. Bu dunyo oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo’lib, uning yechimiga ijtimoiy rivojlanish sur‘atlari va ma‘naviy tamoyillar ko’p jihatdan bog’liq.
Ijtimoiy kenglikning texnologiyalashuvi asosida mexanizmlari hayot talablaridan orqada qolgan ijtimoiy boshqaruvning nazariya va uslubi yotadi. Yaponiya menejmenti ham boshqa har qanday mamlakatdagi kabi o’zining tarixiy xususiyatlari, madaniyati, jamiyat psixologiyasi va boshqa ko’plab o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. U boshqa menejment modellari singari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi bilan bevosita bog’liq.
Yaponiyada boshqaruv tizimi shakllanishining asosiy maqsadi ham inson kapitalidan samarali foydalanish, ya‘ni zamonaviy boshqaruv tili bilan aytganda, inson resurslarini motivatsiya qilish orqali kompaniya oldiga qo’yilgan strategik maqsadlarga erishishni ta‘minlashdir. Buning uchun inson resurslari menejmenti kompaniyaga xodimlarni tanlab olish jarayonidan boshlab, ularni karyera tizimi bo’yicha rag’batlantirish jarayonigacha bo’lgan barcha muhim bosqichlardagi menejment vositalarini safarbar etadi.
Yaponiya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri bo’lish bilan birga, butun dunyoda mashhur yapon menejment modelining tashabbuskori sifatida ham tanilgandir. Barchada yapon menejmenti modeli qiziqish uyg’otishi bilan birga, uning boshqaruv tizimining shakllanishiga oid yondashuvlari yanada ko’proq qiziqish uyg’otishi tabiiy. Chunki, ushbu mamlakat kompaniyalarida mehnat XX asr oxirida boshqaruv va ta‘minotchilik madaniyatining yangi elementlari sanaladi.
Yaponlar fikricha, bandlikning kafolatchanligi va ishonchlilik holatini yaratish kompaniya faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bandlik kafolati Yaponiyada umrbod ishlash sistemasini ta‘minlaydi. Odatda, boshqaruv to’rtta asosiy funksiyadan iborat: rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish va nazorat. Yaponlar eng muhim bo’g’inni topishdi va o’zlashtirishdi. Bu personalni boshqarishdir. Tashkil etish madaniyati konsepsiyasi 1980-yillarning boshida AQShda uchta ilmiy oqim ta‘sirida ishlab chiqilgan: strategik boshqaruv sohasidagi tadqiqotlar, tashkil etish, tashkilot xulq-atvorining individual tadqiqotlari. 1970-yillar oxirida bu nazariyalar boshi berk ko’chaga kirib qolgan edi, lekin o’z mazmunida tashkil etish madaniyati asoslarini to’pladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |