T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Valyuta operatsiyalarining turlari va ularning hisobini tashkil



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/108
Sana26.02.2022
Hajmi4,11 Mb.
#468260
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

6.2. Valyuta operatsiyalarining turlari va ularning hisobini tashkil
etishning o'ziga xos xususiyatlari
Valyuta operatsiyalarining quyidagi turlari mavjud: «spot» bitimi — bu hisob- 
kitoblar shartnoma tuzilgandan keyin ikki ish kuni davomida, bitim tuzilgan sanada


belgilangan kurs bo'yicha oshiriladigan bitimdir; «forfard» bitimi - bu shartnoma 
bo'yicha hisob-kitob ikki kundan keyin ma'lum muddat ichida, u tuzilgan sanada 
belgilangan kurs bo‘yicha amalga oshiriladigan bitimdir; «svop» bitimi - bu ikki 
tomonlama davriy to'lovlar majburiyatini amalga oshirishga asoslangan kelishuv 
bo'lib, «spot» va «forfard» bitimlari kombinatsiyasini tashkil qiladi; «optsion» bitimi 
- bu ma'lum miqdordagi chet el valyutalarini muayyan vaqt davomida yoki ma'lum 
bir sanagacha belgilangan narx bo'yicha sotib olish («optsion-koll») yoki sotish 
(«optsion-put») huquqini beruvchi bitimdir. «Optsion» bitimi bo'yicha berilgan 
huquq ishlatilishi yoki ishlatilmasligidan qat'iy nazar, sotib oluvchi «optsion»ni 
sotuvchiga mukofot to'laydi.
O'zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya hisobining amaldagi tizimi ko'p 
valyutali tizimga asoslangan. Ushbu tizimning asosiy maqsadi bankning valyuta 
pozitsiyasi (mavqei) ustidan boshqaruv va nazorat o'matishdir. Ko'p valyutalik 
tizimning asosiy tamoyillari quyidagilar:
- banklarda mavjud har bir valyuta turi (so'mlar, AQSh dollarlari, evro, Yaponiya 
ienasi va shu kabilar) bo'yicha dasturiy tarzda alohida Bosh kitob (BK ) yuritaladi, 
ya'ni bank oborotida valyutalaming nechta turlari bo'lsa, shuncha Bosh kitoblar 
yuritiladi. Har bir BKda bank operatsiyalari hisobining to'liq yuritilishini ta'minlash 
uchun zarur bo'lgan miqdorda balans hisobvaraqlari ochiladi. Har bir balans 
hisobvarag'ida analitik hisobni tashkil qilish uchun esa, o'z navbatida, operatsiyalar 
turlari va boshqa belgilar bo'yicha kerakli miqdordagi yordamchi kitoblar ochiladi;
- har bir valyuta turi bo'yicha ikkita hisobvaraq yuritiladi: 17101- “Valyuta 
pozitsiyasi hisobvaraqlari” - «Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari» va 17101- “Valyuta 
pozitsiyasi hisobvaraqlari” 
- «Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlarining so'mdagi 
ekvivalenti». Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari bankning chet el valyutasidagi 
aktivlari yoki majburiyatlari bo'lib hisoblanmaydi, balki bankning aktivlari va 
majburiyatlari o'rtasidagi farqni aks ettiruvchi nazorat hisobvaraqlaridir. Pozitsiya 
hisobvaraqlari 
bo'yicha buxgalteriya yozuvlari 
faqat valyuta ayirboshlash 
operatsiyalarida, chet el valyutasida olingan daromad va xarajatlami so'm 
ko'rinishida konvertatsiyalashda, chet el valyutasiga asosiy vositalar sotib oldinganda 
va ayirboshlash operatsiyalarida amalga oshiriladi;
- operatsion kun oxirida valyuta pozitsiyasining so'mdagi 
ekvivalenti 
hisobvaraqlari valyutadagi pozitsiya hisobvaraqlari bilan taqqoslanadi, aniqlangan 
farq esa shu davrdagi bank daromadlari va xarajatlari bo'lib hisoblanadi;
- bankning asosiy vositalari, daromadlari va harajatlarining hisobi faqat milliy 
valyutada yuritiladi;
- valyuta kross-operatsiyasi ikkita valyutani o'z ichiga oladi va buxgalteriyada 
quyidagi tartibda aks ettirilishi lozim:
a) ikki xil valyutani o'z ichiga oladigan operatsiyalar ushbu valyutalardagi har 
bir bosh kitobda valyuta pozitsiyasining tegishli hisobvaraqlariga aloqador bo'lgan 
buxgalteriya yozuvlari yordamida balanslanadi;
b) chet el valyutasi va so'mda amalga oshirilgan operatsiyalar chet el 
valyutasidagi bosh kitobda va so'mdagi bosh kitobda qayd etiladi;
v) ikki turdagi chet el valyutalarida amalga oshirilgan operatsiyalar ushbu ikki 
valyutaga tegishli bosh kitoblarga qayd etiladi.


Chet el valyutasida qayd etilgan aktiv va passiv hisobvaraqlar qoldiqlarini qayta 
baholash valyuta kursi o‘zgarishidan ko‘rilgan foyda yoki zararlami aniqlash va 
moliyaviy hisobotni tuzish maqsadlarida har bir oyning oxirgi ish kunida, 
shuningdek, jamlama balans hisobotini olish maqsadida oyning istalgan kunida 
o'tkaziladi. Har ikki holda ham bir xil qayta baholash qoidalari qo'llaniladi.
Buning uchun chet el valyutalari bo'yicha barcha Bosh kitoblardagi hamma 
hisobvaraqlaming qoldiqlari Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo'yicha 
quyidagi tartibda so'mga aylantiriladi:
a) bankning chet el valyutasidagi aktiv va passivlari (quyidagi b bandda 
ko'rsatilgan aktivlar va passivlardan tashqari) balans tuzish sanasida shu sanadagi 
Spot kursi asosida qayta baholanadi;
b) Ustav kapitali oldingi (dastlabki) qiymati bo'yicha, ya'ni Ustav kapitaliga 
mablag'lar kiritilayotgan kundagi Spot kursi bo'yicha qayta baholanadi. Agarda 
Ustav kapitali bir necha marta to'ldirilgan bo'lsa, unda qayta baholash maqsadida har 
bir hoi uchun to'ldirilgan kundagi summa va Spot kursiga alohida yangi shaxsiy 
hisobvaraq ochiladi.
Qayta baholash har kuni buxgalteriya yozuvlarisiz dasturiy tarzda faqatgina 
jamlama balans hisobotini tuzish uchun o'tkaziladi. Qayta baholangan aktiv va 
passivlaming ikkita yakuniy summalari o'rtasidagi farq valyuta bo'yicha kitobdagi 
valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi qoldig'ini o'zida aks ettiradi.
Har oyning oxirida moliyaviy hisobotda qayd etish uchun qayta baholash 
natijasida ko'rilgan foyda va zararlar aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida ko'rilgan foyda va zararlami aniqlash tartibi 
quyidagicha:
a) alohida valyutalaming Bosh kitoblari ma'lumotlaridan kelib chiqqan holda 
balans tuzish sanasidagi har bir valyuta bo'yicha aktiv va passivlaming barcha 
qoldiqlari jamlanadi. Aktiv va passivlar yakuniy summalari o'rtasidagi farq ushbu 
Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'i qoldig'iga tenglashtirilishi lozim;
b) chet el valyutasida qayd etilgan aktiv va passivlar tegishli ravishda yuqorida 
begilangan kurslar asosida so'mga aylantiriladi;
v) qayta baholangan aktiv va passivlaming ikkita yakuniy summalari orasidagi 
farq valyuta bo'yicha kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi qoldig'ini 
o'zida aks ettiradi.
Bu yangi qoldiq so'm bo'yicha kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining 
tegishli qoldig'i bilan taqqoslanadi. Olingan farq qayta baholashdan keyingi foyda 
yoki zarami tashkil etadi va mos ravishda quyidagi buxgalteriya yozuvi asosida aks 
ettiriladi:
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi” hisobvaraqlari,
Kt 45401- ““Spot” bitimi bo'yicha xorijiy valyutalardagi foyda”.
Yoki,
Dt 55302- ““Spot” bitimlari bo'yicha xorijiy valyutalarda ko'rilgan zararlar”,
Kt 17101- “Valyuta pozitsiyasi” hisobvaraqlari.
Bunda so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'i chet el 
valyutasi bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi 
qoldig'iga mos kelgunga qadar doimiy ravishda tartibga solinib turiladi. Debet yoki


kredit buxgalteriya yozuviga muvofiq bunday tartibga solinish natijasida qayta 
baholashdan olingan foyda yoki zarar aniqlanadi. Ustav kapitalining valyuta qismiga 
teng valyutadagi aktivlami qayta baholash natijasida boMgan farq so‘m bo‘yicha 
kitobda 30906 -"Devalvatsiya uchun zahira" balans hisobvarag'ida aks ettiriladi va 
qayta soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi.
Qayta baholashdan so'ng quyidagi hollarda foyda olinadi: agar chet el valyutasi 
bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi kredit qoldig'i 
so'm bo'yicha valyuta pozitsiyasi hisobvarag’ ining korrespondent debet qoldig'idan 
ortiq bo'lsa; agar chet el valyutasi bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi 
hisobvarag'ining yangi debet qoldig'i so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta 
pozitsiyasi hisobvarag'ining korrespondentsiyalanuvchi kredit qoldig'idan kam 
bo'lsa.
Qayta baholashdan so'ng quyidagi hollarda zarar ko'riladi: agar chet el valyutasi 
bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi kredit qoldig'i 
so'm 
bo'yicha 
Bosh 
kitobdagi 
valyuta 
pozitsiyasi 
hisobvarag'ining 
korrespondentsiyalanuvchi debet qoldig'idan kam bo'lsa; agar chet el valyutasi 
bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi debet qoldig'i 
so'm 
bo'yicha 
Bosh 
kitobdagi 
valyuta 
pozitsiyasi 
hisobvarag'ining 
korrespondentsiyalanuvchi kredit qoldig'idan ortiq bo'lsa.
Asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklar (xo'jalik inventari, materiallar, 
arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar va boshqalar) ko'rinishidagi 
aktivlar, 
shuningdek, valyuta mablag'lari hisobiga shakllangan nomoddiy aktivlar operatsiya 
amalga oshirilgan kundagi Spot kursi bo'yicha qayta baholanadi va so'mning joriy 
kursi chet el valyutasiga nisbatan o'zgarishi tufayli o'tkaziladigan keyingi qayta 
baholashlar unga tegishli bo'lmaydi, chunki valyuta pozitsiyasi darhol mablag' mol 
etkazib beruvchiga o'tkazish vaqtida yopiladi.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish