T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Mijozlarga chet el valyutasidagi hisobvaraqlami



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/108
Sana26.02.2022
Hajmi4,11 Mb.
#468260
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

6.3. Mijozlarga chet el valyutasidagi hisobvaraqlami
ochish va yuritish tartibi
Mijozlar tomonidan joriy valyutada talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit 
hisobvaraqlarini va ikkilamchi talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg'arma, 
muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlaming chet el valyutasilardagi turlarini ochish 
uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan: chet el valyutasida hisobvaraq ochish uchun 
ariza; davlat ruyxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi; imzolar 
namunalari va muxr izi tushirilgan varaqcha.
- tadbirkorlik sub’ektlari bo'lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan byudjet 
tashkilotlari tomonidan: chet el valyutasida hisobvaraq ochish uchun ariza; soliq 
organlari tomonidan soliq to'lovchining identifikatsiya raqami berilganligi 
to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi; imzolar namunalari va muxr izi tushirilgan 
varaqcha.
Norezidentlar (jismoniy shaxslar kirmaydi) tomonidan: chet el valyutasida 
hisobvaraq ochish uchun ariza; soliq organlari tomonidan soliq to'lovchining


identifikatsiya raqami berilganligi to‘g ‘risidagi guvohnomaning nusxasi; tegishli 
shakldagi imzolar namunalari va muxr izi tushirilgan varaqcha.
Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan: tegishli shakldagi 
hisobvaraq ochish uchun ariza; shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi (pasport va 
unga tenglashtirilgan hujjatlar). Ushbu bankda mijoz tomonidan ilgari ochilgan 
hisobvaraq mavjud bo‘lsa, faqat hisobvaraq ochish uchun ariza taqdim etiladi. 
Mijozlaming chet el valyutasidagi hisobraqamlarini yuritish nisbatan oddiy, ya'ni 
so'mda hisobvaraq yuritishdan katta farq qilmaydi. Mijozlarga chet el valyutasidagi 
talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari bilan birga tranzit 
hisobvaraqlari ham ochiladi. Valyuta hisobvaraqlaridan to'lovlar vakolatli banklar 
tomonidan hisobvaraqlardagi mablag'ning qoldig'i doirasida amalga oshiriladi.
Markazlashtirilmagan valyuta tushumini majburiy sotish tushum korxonaning 
tranzit valyuta hisob raqamiga tushgan sanadan boshlab 5 bank kunidan kechikmay, 
markazlashtirilgan eksport bo'yicha esa 3 bank kunidan kechikmay amalga oshiriladi. 
Bunda 500 AQSh dollariga teng bo'lgan miqdordan oshmaydigan chet el 
valyutasidagi tushumdan majburiy sotishni har o'n kunda amalga oshirishga ruxsat 
beriladi.
Oldindan to'langan to'lov (avanslar) korxonalaming tranzit valyuta hisob 
raqamiga tushganda ushbu mablag'lar eksport qiluvchilaming buyurtmanomalari 
bo'yicha keyinchalik eksport haqiqatda amalga oshirilgandan keyin majburiy sotilgan 
holda valyuta hisobvaraqlariga o'tkazilishi mumkin.
Sotilgan chet el valyutasining so'mdagi teng qiymati majburiy sotish amalga 
oshirilgan sanadan boshlab bir kundan kechikmay korxonalaming hisobvaraqlariga 
o'tkaziladi.Valyuta tushumini majburiy sotish uchun korxonalar o'zining valyuta 
hisobvaraqlari ochilgan vakolatli banklarga chet el valyutasidagi mablag'lami 
o'tkazishga topshiriqni taqdim etadilar. Mablag' tushgandan keyin korxonalar 
belgilangan muddatda majburiy sotishni amalga oshirish uchun topshiriqni taqdim 
etmagan hollarda vakolatli banklar valyuta mablag'larini mustaqil sotish huquqiga 
ega bo'ladilar.
Tovarlar va xizmatlami markazlashtirilmagan eksport bo'yicha sotishdan 
olingan chet el valyutasidagi tushumning 50 foizi, markazlashtirilgan eksport 
bo'yicha sotishdan olingan chet el valyutasidagi tushumning 100 foizi vakolatli 
banklarga majburiy sotilishi kerak. Mijozlaming hisobvaraqlariga tovarlar va 
xizmatlami markazlashtirilmagan eksport bo'yicha sotishdan olingan chet el 
valyutasidagi tushum kelib tushganda quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi: 
Valyutadagi bosh kitobda:
Dt 10501- “Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari- Ностро”,
Kt 
20200-“Talab 
qilib 
olinguncha 
saqlanadigan 
depozitlar”-eksportchi 
korxonaning valyutadagi tranzit hisobvarag'i.
Mijozlaming 
chet 
el 
valyutasidagi 
eksport 
tushumlaridan 
amaldagi 
qonunchilikda belgilangan tartibda 50 foizi majburiy sotilgandan so'ng valyuta 
mablag'larining qolgan qismi ulaming joriy valyuta hisobvarag'iga o'tkaziladi: 
Valyutadagi bosh kitobda:


Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 
- eksportchi 
korxonaning valyutadagi tranzit hisobvarag'i -eksport tushumining 100 foiz 
summasi,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” 
- eksportchi 
korxonaning joriy valyutadagi hisobvarag'i —eksport tushumining 50 foiz summasi,
Kt 17101- "Valyuta pozitsiyasi" hisobvaraqlari - majburiy sotish uchun 
ajratilgan eksport tushumining 50 foiz summasi.
So'mdagi bosh kitobda:
Dt 17101-"Valyuta pozitsiyasi" hisobvaraqlari,
Kt -Eksportchi korxonaning so'mdagi hisobvarag'i - majburiy sotishdan kelib 
tushgan summasi.
Vakolatli banklar tomonidan valyuta tushumining bir qismi korxonalar 
tomonidan majburiy sotilishi tartibida sotib olingan chet el valyutasidagi mablag'lar 
belgilangan tartibda birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalami amalga 
oshirish uchun foydalaniladi.
Markaziy bank tomonidan korxonalar tomonidan chet el valyutasidagi 
tushumning majburiy sotilishi tartibida sotib olingan mablag'lar O'zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralariga o'tkaziladi, uning balansida 
hisobga olinadi va O'zbekiston Respublika valyuta birjasida sotish yo'li bilan milliy 
valyutani barqarorlashtirish tadbirlariga sarflanadi. Vakolatli banklar tomonidan 
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan eksport bo'yicha valyuta tushumini 
o'tkazish bo'yicha operatsiyalami hisobga olish va majburiy sotishni amalga oshirish 
tartibi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish