T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


- Bob. B anklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning asoslari



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/108
Sana26.02.2022
Hajmi4,11 Mb.
#468260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi

1 - Bob. B anklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning asoslari
1.1. 
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning m aqsadi va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy 
maqsadi - bank aktivlari va passivlaridan samarali foydalanish, ulami joylashtirish va 
ko'rsatilgan bank xizmatlari yuzasidan 
daromad (foizli)lami hamda bank 
operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha xarajatlar (foizli) ni, shuningdek, byudjet va 
byudjetdan tashqari to'lovlami o'z vaqtida hisoblab, yakuniy moliyaviy natijalami 
to'g’ri aniqlashdan iboratdir. Bunda talabalar banklarda buxgalteriya hisobini 
o'rganishda, aw alo, uning korxonalar, byudjet va boshqa kredit muassasalarida 
yuritiladigan buxgalteriya hisobidan tub farqlarini tushunishlari zarur.
Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlamikiga 
nisbatan o'zining operativligi bilan ajralib turadi. Chunki 
ularda soat 16-00 gacha 
operatsion kun bo'lib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operatsiyalar o'sha 
kuniyoq mijozlaming analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va 
kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi. Bu pul 
mablag' larining saqlanishi, kundalik pul aylanmasi va hisob-kitob kredit 
munosabatlarining holati, kassa rejasining bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini 
berish bilan birgalikda, pul muomalasi hamda kredit resurslarining aylanishini 
tartibga solishni ta'minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va bank 
faoliyatining asosiy ko'rsatkichlarini hisoblash hamda ular bo'yicha to'liq 
ma'lumotlarga ega bo'lish uchun o'lchov birliklari (natura, mexnat va pul) dan 
foydalaniladi. Shu boisdan, Banklarda buxgalteriya hisobini to'g’ri yuritishda 
quyidagi asosiy vazifalami bajarishni talab qiladi:
hisob-kitoblardagi mablaglar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta 
xizmat ko'rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank 
operatsiyalarini to 'g ’ri bajarish;
bankdan pul mablag'lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat'iy hisobda turadigan 
blankalardan foydalanishning qonuniyligini ta'minlash;
operatsion kun davomida bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha 
rasmiylashtirilgan hujjatlaming qonuniyligini hamda to'g ’riligini nazorat qilish; 
Banklarda bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha moliyaviy natijalami 
shakllantirish va ulami to'g’ri aniqlash;
kundalik balansni tuzish uchun dastlabki hujjat ma'lumotlarini qayta ishlash va 
ulaming har bir hisobvaraqlari bo'yicha taqsimlashni samarali tashkil etish; 
oylik, ehoraklik va yillik buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish hamda 
tegishli nazorat organlariga o'z vaqtida taqdim etib borishdan iboratdir.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobining qonuniy 
va uslubiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi 
to'g ’risidagi qonuni", «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari», «Buxgalteriya 
hisobining xalqaro standartlari» hamda O'zbekiston Respublikasi markaziy banki 
tomonidan ishlab chiqarilgan me'yoriy hujjatlari hisoblanadi. Ushbu qonuniy hujjatlar 
buxgalteriya hisobini yuritishda tartibga soluvchi qonuniy hujjatlar hisoblanadi va


mulkchilik shaklidan, ya'ni, qaysi tarmoqqa tegishliligidan hamda katta-kichikligidan 
qat'iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar uchun amal qilinadi.
Shunday qilib, Banklarda buxgalteriya hisobi fanini o‘rganishda uning nazariy 
asoslarini chuqur o'zlashtirish hamda buxgalteriya hisobi va xisobotlarini tuzishga 
oid me'yoriy hujjatlami ham bilishni taqazo etadi.

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish