T. M. Mo‘minov, A. B. Xoliqulov, sh. X. Xusiimurodov


§. Yadro spin va magnit momenti



Download 0,6 Mb.
bet10/12
Sana14.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#800442
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
27-98 Atom yadrosi va zarralar fizikasi

§. Yadro spin va magnit momenti

Atom yadrosi massa, zaryadga ega bo‘Iish bilan birga harakat miqdori momenti — spinga va unga bog‘liq bo‘lgan magnit momentga ham ega bo‘lish kerak. Yadroning spinga ega bo‘ lishligini 1928-yilda Pauli bashorat qilgan edi. Haqiqatan ham, yadroning spinini spektral chiziqlaming o‘ta nozik strukturasi bilan tushuntirildi. Birinchi spektral chiziqlaming o‘tanozik strukturasini 1891-yilda Maykelson o‘zining interferometrida kuzatdi, keyinchalik Fabri va Pero, Lummer (1860-1925), Gerks (1878-1960) davom ettirdi.
Ayrim spektral chiziqlar bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘nlab kom- ponentalardan iborat, komponentalar orasidagi masofa 0,01-0,02 nm. Hatto, 0,002 nm gacha bo‘lib, ajralish asosiy chiziqlarga nisbatan 103 marotaba kichik. Spektral chiziqlaming o‘tanozik strukturasi yadro magnit momentining (/z ) elektron qobiqdagi elektronlaming harakati tufayli vujudga kelgan magnit maydoni (Я) bilan ta’sirlashuviga ko‘ra, holatlar- ning ajralishidir:
и = -^УЛ-
A nuklondan tuzilgan yadroning to‘la momenti /yadrodagi nuklonlaming spini va orbital momentlarining vektor yig‘indisiga teng:
I=(l+S).
Agar nuklonlaming spini va orbital harakat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir spinlararo o‘zaro ta’sirdan kuchsizroq, ya’ni spin-orbital aloqa yo‘q yoki deyarli yo‘q bo‘lsa, zarralaming orbital momentlari (/) sistemaning to‘la orbital momenti L ni, spin momentlari (S) esa to‘la spin momenti 5 ni beradi, ya’ni:
I '
U vaqtda sistemaning to‘la momenti quyidagicha bo‘ladi:
I = L+S
Bu sistemaning to‘la orbital momenti L ning va to‘la spin momenti S ning taxminiy saqlanishiga olib keluvchi o‘zaro ta’sir LS bog‘lanish deb ataladi. Bunday bog‘ lanish nuklonlar o‘rtasida markaziy kuchlar ta’sir qilgan taqdirda yuzaga kelishi mumkin.
Umuman olganda, yadro kuchlari markaziy kuchlar emas: yadrodagi o‘zaro ta’sir nuklonlar spini va orbital momentning bir-biriga nisbatan yo‘nalishiga, ya’ni (/,s) ckalyar ko‘paytmaga bog‘liq bo‘ladi. Sferik maydonda har bir nuklonning to‘la momenti:
Jk=k+ Sk ■
Yadroning to‘la mexanik momenti I esa yadro tarkibidagi nuklonlar to‘la mexanik momentlari j ning vektor yig‘indisiga teng:
к
Bu xildagi bog‘lanish /’ - j bog‘lanish deb ataladi. j - j bog‘lanishning ustun kelishi tajribada tasdiqlandi. Faqat eng yengil yadrolardagina L-S bog‘lanish o‘rinlidir. Yadrodagi maydon va yadro nuklonlarining o‘zaro ta’sir xarakterini bilmay turib, I vektorlar yig‘indisi qanday qonunga bo‘ysunishini oldindan aytish qiyin. Bunday qonuniyatlar tajriba natijalaridan olinadi. Tajribalar yadrolarning spinlari, barcha juft-juft yadrolaming asosiy holat spinlari nol 7=0, toq Л-li (toq-juft, juft-toq)
yadrolamiki 1 -I (t04-to4) yadrolamiki esa I = +
Nuklonlaming xususiy spinlari S = ± h.
Bundan ko‘rinadiki, juft nuklonlar momentlari bir-birini (kompensatsi- yalaydi) yo‘qotadi. Shuning uchun juft-juft yadrolar spinlari I = 0, toq yadroda (toq-juft, juft-toq) yadrodajuftlanmagan nuklon spini yadro spini, A juft (toq-toq) yadroda esa toq proton va toq neytronlaming yig‘indisidan iborat butun sondagi spinga ega bo‘ladi. Haqiqatan, agar nuklonning momentlari / bir xil yo‘nalishga ega bo‘lsa, yadroning to‘la momenti Zog‘ir yadrolar uchun yuz va undan ham ortiq qiymatlar olishi mumkin edi. Hamma juft-juft yadrolar nolga teng bo‘lgan spinga ega. Demak, bunday yadrolarda har bir nuklonlar juftining to‘la momentlari antiparallel yo‘nalgan bo‘lib, bir-birini kompensatsiyalaydi. Yadrolar xususiy mexanik moment—spinga ega bo‘lish bilan birga xususiy magnit momentiga ham ega bo‘ladi. Haqiqatan ham, zaryadli zarraning aylanish natijasida magnit momenti vujudga kelganligi sababli, aylanish momenti noldan farqli bo‘lgan yadro ham magnit momentiga ega bo‘Iadi. Bu yuqorida bayon qilinganidek, atom elektronlarining yadro magnit momenti bilan ta’siri natijasida atomlar o‘tanozik strukturaga ega bo‘ladi. Yadro magnit momenti yadro tarkibidagi neytron va protonlarning spin magnit momentlari hamda protonlarning yadrodagi orbital harakatlari tufayli paydo bo‘ ladi. Neytronda elektr zaryad bo‘lmaganligidan, uning orbital harakati hech qanday magnit effektini hosil qilmaydi. Zaiyadlangan zarralaming orbital harakati aylanma elektr tokiga ekvivalent, aylanma toq esa magnitli dipol maydoniga ekvivalent magnit maydonini hosil qiladi. Kvant mexanikasidan ma’lumki, zaryadi e, massasi
eh ■ me bo‘lgan elektronning orbital magnit momenti P--1' (I — orbital
moment, 0, 1,2,... qiymatlarni qabul qiladi)./= 1 bo‘lsa
= 9,2732 • 1 O’21 erg • Я’1
2mec


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish