ББК 22.383я73+22,36я73
ISBN 978-9943-319-81-3
© 0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009.
KIRISH
Yadro fizikasi - atom yadrosiningtuzilishi, xususiyatlari vayadro ichida yuz beradigan jarayonlarni o‘rganuvchi fandir.
XIX asr oxirlariga qadar atom tuzilishi haqida hech narsa ma’lum emas edi.
1896-yilda A.Bekkerel radioaktivlikni kashf etdi. Radioaktiv nurlanishlaming fotoplastinkaga ta’sir etishini va ionlashish xususiyatlarini aniqladi. Ikki yildan so‘ng P. Kyuri va M. Skladovskaya Kyurilar uran tuzlarining ham radioaktivlik xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar. Radioaktivlikyemirilish vaqtida uch xil (a, fl, у) nurlanish vujudgakelishi va nurlanish intensivligi tashqi ta’sirlarga (temperatura, elektromagnit maydon ta’siri, deformatsiya) bog‘liq emasligini aniqladilar.
1900-yili Kyuri, E.Rezerford, F.Soddilar radioaktiv namunalardan chiquvchi a-nur ikki marta ionlashgan geliy atomi, [3-nur tez elektronlar oqimi, y-esa qisqa elektromagnit to‘lqin ekanligini aniqladilar. Bu radioaktivlik hodisalarini atom, molekulalarda bo‘ladigan jarayonlar deb tushuntirib bo‘lmaydi, balki yangi bir soha - yadroda deyishlikni taqozo etadi.
J.J.Tomson 1897-yil 29-aprelda elektronni kashf etdi. 1904-yilda esa o‘zining atom modelini tavsiya etdi. Unga ko‘ra, atom o‘lchami R = 10 8 sm bo‘lgan shar, bunda musbat zaryad va massasi tekis taqsimlangan, elektron ma’lum konfiguratsiya bilan joylashib, Kulon qonuni bo‘yicha alohida bo‘laklari bilan ta’sirlashib turadi. Elektron atomda ma’lum muvozanat holatda bo‘lib, agar u muvozanatdan siljisa, kvazielastik kuchlar elektronni muvozanat holat atrofida tebranishga majbur etadi va nurlanish yuzaga keladi.
Atomdagi musbat va manfiy zaryadlaming taqsimlanish xarakterini o‘rganish maqsadida E.Rezerford va uning xodimlari a-zarrachalaming moddalarda sochilishini o‘rgandilar. Tajriba natijasida a -zarralar o‘zlarining dastlabki yo‘nalishini turli burchak ostida o‘zgartirgan. Ba’zilari juda katta (deyarli 180° gacha) burchakka sochilgan. Olingan natijalarga asoslanib, Rezerford atom ichida juda kichik hajmga to‘plangan va katta massaga tegishli kuchli musbat elektr maydon (yadro) mavjud bo‘lgandagina a-zarralar shunday katta burchakka sochilishi mumkin, degan xulosaga keladi va 1911-yilda o‘zining sayyoraviy
modelini yaratdi. Bu modelga ko‘ra, elektronlar yadro atrofida joylashadi. Elektronlar soni esa shundayki, ulaming yig‘indi manfiy zaryadi yadroning musbat zaryadini neytrallab turadi. Atomning bunday sayyoraviy modeliga ko‘ra, uning deyarli butun massasi kattaligi (o‘lchami) taxminan 1012 sm ga teng bo‘lgan atomning markazi - yadrosida to‘plangan.
Rezerford sochilgan a -zarralar sonini aniqlashda atom yadrosi zaryadi Ze ni va a-zarraning zaryadi Zae ni nuqtaviy deb, ular orasidagi o‘zaro ta’sirlashuvni Kulon qonuni
Z^eZe
r2
ga bo‘ysunadi deb hisobladi, bunda r-zaryadlar orasidagi masofa. Energiya va harakat miqdori momentining saqlanish qonuniga ko‘ra sochilish uchun quyidagi formulani yaratdi
dN(0) = n0
d£l
(1)
Not 2Ze2
16r2 1 q4
\ 2 a J
Bu yerda: dN - sochilish nuqtasidan r-masofadagi d Q -fazoviy burchakka to‘g‘ri kelgan va 0 burchak ostida sochilgan a-zarralar soni;
0-a-zarraning sochilishdan oldingi va keyingi yo‘nalishi o‘rtasidagi burchak; No - sochuvchi yaproqchaga tushayotgan dastadagi a -zarralar soni; t- sochuvchi yaproqcha qalinligi; n - sochuvchi moddaning 1 sm3 dagi yadrolari soni; ma, 0 -mos ravishdazarraning massasi va boshlang‘ich tezligi.
(1) formuladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |