v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning darslik va qo`shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
T.K 2Axborotlar bilan ishlash darslikning kirish qismida berilgan ko‘rsatmalar asosida o‘rganilgan mavzu matniga reja tuza olish;matndan foydalanib savollarga javob topish, topshiriqlarni bajara olish.
Darsning turi:nazariy, aralash,.
Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,rasm
.Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2.Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish tarqatma materiallar orqali
1.Insoniyat oldida turgan muhim vazifalar nimadan iborat?
2. Inson salomatligiga tahdid soluvchi omillar, kasalliklarni bilasizmi?
3.Tabiatga oqilona munosabatda bo`lish,mavjud ekologik muammlar haqida tushunchangiz ?
4. Ekologik madaniyat deganda nimani tushunasiz?
3.Yangi mavzu bayoni:17daqiqa
Insoniyat paydo bo`lgandan boshlabatrof muhit,hayvonot va o`simlik olami, tabiatda bo`ladigan jarayonlar qiziqtirib keladi. Odamningtabiat va uning tarkibiy qismlariga bo`lgan munosabati va tabiatdagi hodisa va jarayonlarning mohiyatini o`rganishiilmiy bilishning asosini tashkil etadi.
Tabiatshunoslik fani negizida o`rganish ob`yekti,maxsus tadqiqot metodlariga ko`ra fanlar ixtisoslashuvi vujudga keldi.
Tirik tabiatning sistemali tuzilishi-O`zaro aloqador va o`zaro ta`sir ko`rsatuvchi, muayyan funksiyani bajaruvchi,rivojlanish ,o`zini barpo etish,moslanish ,tiklanish xususiyatiga biologik ob`yektlarni birlashtiradi.
Biologik sistemalarning iyerarxik tuzilishi-Hayot tuzilishining yirik darajalari o`zida kichik darajalarni mujassamlashtiradi.,har bir tuzilish darajasiningo`zaro ta`sir doirasu umumiy qonuniyatlarga bo`ysunadi.
Biosfera –biogeosenozlar-populyatsiya-individ-organlar sistemasi- organ –to`qimalar-hujayra.
Tabiatda tarixiy taraqqiyot natijasida vujudga kelgan biosfera muvozanatining buzilishi ekologik sistemalar strukturalari o`zgarishiga ,ba`zan nobud bo`lishiga olib kelishi mumkin.
Ekologiya atamasi birinchi marta E. Gekkel tomonidan 1866 yilda fanga kiritilgan.
Ekologiya fanining vazifasi- Har xil organizm vakillarining o`zaro munosabati,biologik resurslardan oqlona foydalanish,zararkunandalarga qarshi kurashish,chiqindisiz texnologiyalarni tashkil etish, orga-nizmlar tuzilishi, hayotiy faoliyatiga atrof muhit ta`sirini o`rganish,tirik organizmlar atrof muhitga moslashish mexanizmlarini o`rganish , turning turli populyatsiyalaridagi individlar sonining o`zgarishiga tashqi muhit ta`sirini o`rganish,biosferada yuz beradigan jarayonlarning barqarorligini ta`minlash maqsadida ularni tadqid etish kabi vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |