5.Uyga vazifa – 1 daqiqa
Atamalar ma`nosini yozish. O`simliklar evolyutsiya o`zgarishlari
6.Baholash
O`.I.B.D.O` _______ Karimova.N M.B.rahbari________ Toshpulatova.S O`qituvchi Is`hoqov
Sana: Sinf: 11-a __________________ 11-b _________________
59-Mavzu Hayvonot dunyosidagi evolyutsion o’zgarishlar
a) ta’limiy: O`quvchilarga hayvonot olami sistematikasi, filogenizi, paydo bo`lishi vatarixiy rivojlanishi haqida umumiy ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning tabiatdan oqilona foydalanishning asosiy maqsad va vazifalarini tushuntirish, ularda ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning hayvon organlari sistemalarining filogenezida ro‘y bergan evolutsion o‘zgarishlarni ta’riflash ,tushunish ko`nikmasini i rivojlantirish.
T.K 5 Milliy va umummadaniy insonlarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o‘zgalarning dunyoqarashini hurmat qilishi.
Darsning turi:Aralash, fanlararo bog`lash, kichik guruhlarda ishlash
Darsning usuli: . mantiqiy fikrlash, hamkorlikda ishlash, fikr bayoni
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,slayd, ilmiy ma`lumotlar
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Generativ organlarga ta’rif bering.
2. Urug‘li qirqquloqlar va ochiq urug‘li o‘simliklarda urug‘ning shakl lanishini taqqoslang.
3. Ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklarda changlanish va urug‘lanish jara yonlarini taqqoslang
4. Yopiq urug‘li o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish jarayonining mohiyatini tushuntiring.
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
O‘simliklarning jinsiy ko‘payishi jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘lishida ba’zi vakillarida izogamiya, ba’zilarida geterogamiya, ko‘pchiligida esa oogamiya sodir bo‘ladi. Yuksak o‘simliklarning generativ organlariga sporangiylar, sporali boshoqlar, g‘uddalar ochiq urug‘li o‘simliklarda meva va urug‘ hosil qiladigan gul kiradi. Generativ organlar o‘simliklar hayotining muayyan davrida shakllanadi va tirik organizmlarga xos bo‘lgan ko‘payish funksiyasini bajaradi. Noqulay sharoitda suvo‘tlarida xivchinli gametalar va ularning qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi. Evolutsiya jarayonida quruqlikka chiqib qolgan suvo‘tlarda yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish nafaqat vegetativ tallomning, balki ko‘payish jarayonining ham o‘zgarishlariga olib keldi. Suvo‘tlardan farq qilib, quruqlikda o‘sadigan o‘simliklarda sporalar yetiladigan organlari va gametalar yetiladigan organlari ko‘p hujayrali bo‘ladi. Yo‘sinlar hayot siklida gametofit ustunlik qiladi. Plaun, qirqbo‘g‘im va qirqquloqlarda tarixiy rivojlanish jarayonida sporofit tuzilishi takomillashgan, ularda sporofit ustunlik qiladi. Sporali o‘simliklar sporalari yordamida tarqaladi. Qulay sharoitda sporadan gametofit rivojlanadi. Gametofitda jinsiy organlar, ularda esa jinsiy hujayralar yetiladi. Evolutsiya jarayonida dastlabki urug‘li o‘simliklar – urug‘li qirqquloqlar paydo bo‘lgan. Urug‘ ko‘p hujayrali, murakkab tuzilishga ega bo‘lib, qobiq, murtak va endospermdan iborat. Murtakning rivojlanishi uchun urug‘da zaxira oziq moddalar to‘planishi urug‘li o‘simliklarning noqulay sharoitda ham o‘sishiga zamin yaratadi. Evolutsiya natijasida chang naychasining paydo bo‘lishi urug‘li o‘simliklarning urug‘lanish jarayoni uchun suvga bo‘lgan ehtiyojning yo‘qolishiga olib keldi. Gulning asosiy qismlari urug‘chi va changchidan iborat bo‘lib, ularda changlanish va qo‘sh urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Urug‘chi tugunchasida joylashgan urug‘kurtak urug‘ga, tuguncha esa mevaga aylanadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda urug‘ meva ichida shakllanishi va rivojlanganligi sababli, tashqi muhitning noqulay sharoitiga moslashgan va Yer sharining barcha geografik mintaqalarida keng tarqalgan. Yopiq urug‘li o‘simliklarning anatomik, morfologik tuzilishining mukammalligi, hayotiy jarayonlarning jadal borishi, turli hayotiy shaklga ega bo‘lganligi sababli o‘simliklar dunyosida hukmronlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |