2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Yuksak o‘simliklarning vegetativ organlari filogenez natijasida qanday va funksiyaga ega bo‘lgan.?
2. Tabiatning o‘simliklarga ko‘rsatgan ta’siri natijasida qanday muammolar vujudga kelgan?
3.O ‘simliklar olamidagi yirik aromorfozlarning biri nima sanaladi ?
4. Organik olam evolutsiyasida o‘simliklar dunyosidagi o‘zgarishlarni tushuntiring.
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
O‘simliklarning jinsiy ko‘payishi jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘lishida ba’zi vakillarida izogamiya, ba’zilarida geterogamiya, ko‘pchiligida esa oogamiya sodir bo‘ladi. Yuksak o‘simliklarning generativ organlariga sporangiylar, sporali boshoqlar, g‘uddalar ochiq urug‘li o‘simliklarda meva va urug‘ hosil qiladigan gul kiradi. Generativ organlar o‘simliklar hayotining muayyan davrida shakllanadi va tirik organizmlarga xos bo‘lgan ko‘payish funksiyasini bajaradi. Noqulay sharoitda suvo‘tlarida xivchinli gametalar va ularning qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi. Evolutsiya jarayonida quruqlikka chiqib qolgan suvo‘tlarda yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish nafaqat vegetativ tallomning, balki ko‘payish jarayonining ham o‘zgarishlariga olib keldi. Suvo‘tlardan farq qilib, quruqlikda o‘sadigan o‘simliklarda sporalar yetiladigan organlari va gametalar yetiladigan organlari ko‘p hujayrali bo‘ladi. Yo‘sinlar hayot siklida gametofit ustunlik qiladi. Plaun, qirqbo‘g‘im va qirqquloqlarda tarixiy rivojlanish jarayonida sporofit tuzilishi takomillashgan, ularda sporofit ustunlik qiladi. Sporali o‘simliklar sporalari yordamida tarqaladi. Qulay sharoitda sporadan gametofit rivojlanadi. Gametofitda jinsiy organlar, ularda esa jinsiy hujayralar yetiladi. Evolutsiya jarayonida dastlabki urug‘li o‘simliklar – urug‘li qirqquloqlar paydo bo‘lgan. Urug‘ ko‘p hujayrali, murakkab tuzilishga ega bo‘lib, qobiq, murtak va endospermdan iborat. Murtakning rivojlanishi uchun urug‘da zaxira oziq moddalar to‘planishi urug‘li o‘simliklarning noqulay sharoitda ham o‘sishiga zamin yaratadi. Evolutsiya natijasida chang naychasining paydo bo‘lishi urug‘li o‘simliklarning urug‘lanish jarayoni uchun suvga bo‘lgan ehtiyojning yo‘qolishiga olib keldi. Gulning asosiy qismlari urug‘chi va changchidan iborat bo‘lib, ularda changlanish va qo‘sh urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Urug‘chi tugunchasida joylashgan urug‘kurtak urug‘ga, tuguncha esa mevaga aylanadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda urug‘ meva ichida shakllanishi va rivojlanganligi sababli, tashqi muhitning noqulay sharoitiga moslashgan va Yer sharining barcha geografik mintaqalarida keng tarqalgan. Yopiq urug‘li o‘simliklarning anatomik, morfologik tuzilishining mukammalligi, hayotiy jarayonlarning jadal borishi, turli hayotiy shaklga ega bo‘lganligi sababli o‘simliklar dunyosida hukmronlikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |