2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Bir hujayrali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlarni tushuntirib bering.
2. Ko‘p hujayrali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlarni izohlang.
3. Xordali hayvonlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlarni tavsiflang
4. Sutemizuvchilar sinfi turkumlari vakillarini o‘zaro taqqoslang.
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Ko‘p hujayrali organizmlarning hayotiy jarayonlari nerv, gumoral va immun sistemalar orqali boshqariladi. Sodda hayvonlarda nerv sistemasi bo‘lmaydi, shu sababli ular tashqi muhit bilan aloqasi hujayra ichidagi suyuqlik orqali gumoral boshqariladi. Turli hayvonlarda nerv sistemasining tuzilish darajasi har xil bo‘lishiga qaramasdan ular o‘xshash, ya’ni organizmdagi barcha organ va to‘qimalarni yaxlit tizimga birlashtirish va tashqi muhit bilan aloqani ta’minlash vazifasini bajaradi. Nerv sistemasining organizm hayot faoliyatini boshqarishi reflekslar orqali amalga oshadi. Nerv sistemasining filogenezi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi. Birinchi bosqich: to‘rsimon yoki diffuz tipidagi nerv sistema. Bo‘shliqichlilarda nerv sistema bir-biri bilan nerv o‘simtalari vositasida turli yo‘nalishlarda birlashgan butun tanani to‘r shaklida o‘rab olgan nerv hujayralaridan iborat. Ikkinchi bosqich: stvol tipidagi nerv sistema. Kiprikli chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft nerv tuguni va undan tananing ikki yoni bo‘ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari ko‘ndalang nervlar orqali tutashadi. Nerv stvollarining tananing ikki yonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan.. Nerv stvollarining tananing yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan. Uchinchi bosqich: zanjir tipidagi nerv sistemasi. Halqali chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft halqum usti nerv tuguni, bir juft halqum osti nerv tuguni, halqum atrofi nerv halqasi hamda bir-biriga yaqin joylashgan juft qorin nerv zanjiridan iborat. To‘rtinchi bosqich barcha xordalilar uchun xarakterli bo‘lgan naysimon nerv sistema hisoblanadi. Nerv hujayralari nerv nayi bo‘ylab bir xil joylashgan. Xordali hayvonlar bitta tipga mansub bo‘lganligi sababli, ularning nerv sistemasi tuzilishida umumiylik mavjud. Bosh miya beshta bo‘lim: oldingi, oraliq, o‘rta, uzunchoq miya, miyachadan iborat. Bosh miyaning har bir bo‘limi aniq sezgi organlari bilan filogenetik bog‘lanishga ega. Baliqlarda oldingi miya yarimsharlarga bo‘linmagan. amfibiyalarda oldingi miya yarimsharlarga bo‘lingan. Reptiliyalarning quruqlikda yashashga o‘tishi miyaning oldingi miya boshqa bo‘limlarga nisbatan yiriklashgan. Qushlarda bosh miyada oldingi miya yarimsharlarining sathi katta, o‘rta miya, oraliq miyaning ko‘rish do‘mboqlari yaxshi rivojlangan. Sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli rivojlangan va unda ko‘rish, eshitish, tuyg‘u, harakat analizatorlarining oliy markazlari, oliy nerv faoliyatining markazlari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |