28-Mavzu. Masalalar yechish. Oziq zanjiri va ekologik piramidalarga oid masalalar
I.Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: O`quvchilarga ekologik piramida, biomassa va energiya piramidasi haqida umumiy ma`lumotlar berish.
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ekologik, geografik, iqtisodiy, axloqiy , ilmiy va huquqiy tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ekologik piramidalar va ularning o`xshshlik va farqlari haqida ko`nikmalarini rivojlantirish
T.K 5 Milliy va umummadaniy :biologiya darslari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga, estetik va axloqiy tarbiyaga e’tibor qaratish;
Darsning turi:Aralash, kichik guruhlarda ishlash
Darsning usuli: . amaliy ish, mantiqiy fikrlash, Matematik bilimlarni qo`llash
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar,slayd, ilmiy ma`lumotlar
Darsning borishi -45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. 5.Uyga vazifani so`rab 6.Baholash: 5 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
Ekologik piramida qoidasiga asosan,quyi trofik darajadan yuqori trofik darajahaga oid savollar
Ishning borishi: 25 daqiqa
1-masala. 2- va 4-tartib konsumentlarining umumiy biomassasi 1010 kg.
1-tartib konsumentlarning umumiy biomassasini aniqlang.
4-tartib –x 100x+10 x=1010 kg
3-tartib-10 x x=1010\110
2- tartib -100 x x=10
1tartib-1000x 10x1000=10000kg
2-masala. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, dengiz ekosistemasida vazni 300 kg keladigan bitta tulen uchun oziq zanjirida qancha fitoplankton, mayda baliq, yirtqich baliq kerak bo‘lishini aniqlang.
Tyulen -300kg
Yirtqich baliq-3000kg
Mayda baliq-30000 kg
Fitoplankton-300000 kg kerak bo`ladi.
3-masala. Oziq zanjiri fitoplankton – baliqlar – baliqchi qushdan iborat. Baliqchi qushning massasi 1 kg (quruq moddaning ulushi 40%)ga teng. Bir yil davomida 2000 kg fitoplankton quruq massasi hosil bo‘ladigan dengizda nechta baliqchi qush oziqlanishi mumkin?
2000kg -40% Fitoplankton -5000kg
X kg - 100% X= 5000 kg Baliq-500 kg
Baliqchi qush-50kg 1ta qush 1kg bo`lsa 50 ta qush bor
4-masala. Oziq zanjiri o‘simlik – juft tuyoqli hayvon – bo‘ridan iborat. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, bo‘ri oziqlanishi mumkin bo‘lgan biogeotsenozning maydonini (m2da) aniqlang. O‘simliklar biomassasi 2000 g/m2 ga teng, organizmlar tanasi massasi ulushining 70% ini suv tashkil etadi (bo‘rining vazni 55 kg).
Bo`ri 55 kg, juft tuyoqli hayvon-550 kg, o`simlik -5500kg 1 m2da -2kg
1m2da -2000 g yoki 2kg bo`lsa X m2da- 5500kg X=2750 m2
5-masala. Ko‘rshapalakning yangi tug‘ilgan ikkita bolasining har biri 1 g massaga ega. Bir oy davomida onasi ularni sut bilan boqdi, natijada ularning vazni 4,5 g ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko‘rshapalak qancha hasharotlarni tutib yeydi?Shu hasharotlar oziqlanadigan o‘simliklarning massasini aniqlang.
Bolasi -3,5 g---hasharot-35g----o`simlik -350 g 2ta bolasi uchun -700g
Do'stlaringiz bilan baham: |