3.Yangi mavzu bayoni:17 daqiqa Har bir tur o`zining muayyan ekologik o`rniga ekologik nishasiga ega.Turning biotizim sifatida mavjudliginibelgilab beruvchibarcha biotic va abiotik omillarining yig`indisi ekologik nisha deyiladi.Ekologik nisha organizmning hayot tarzi, yashash sharoitlari va oziqlanish kabilarni o`z ichiga oladi.Olmaxon va bug`u bir o`rmonda yashaydi, biroq turli ekologik nishani egallaydi.
Jirafa daraxt barglari ,shox shabbasi bilan oziqlansa,zebralar o`tlarning yuqori qismini,gnu antilopalario`simlik poyalari o`rta qismini va urug`laring, g`izollar pastki qismlarini yeydi . Bir hududda yashovchi har xil turga mansub o`txor hayvonlar turli ekologik nishani egallaydi.Lekin bir biotsenozda hech qachon ikkita bir xil tur bitta nishani egallamaydi.Undan tashqari bir turga mansub organizmlar shaxsiy rivojlanish jarayonida turli har xil ekologik nishani egallashi mumkin .(to`liq o`zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar).
Tirik organizmlarga ta`sir etuvchi muhit omilarihar xil ta`sir kuchiga ega.Lekin organizm bir vaqtning o`zida har omil ta`siriga tuurli javob reaksiyasini namoyon qila olmaydi.Organizm hayot faoliyatini optimum zonadan eng ko`p og`ganomil cheklaydi. Muhit omillarining organizmga ta`sir etish etish mexanizmini bilish orqalitirik organizmlarning tabiatda tarqalish qonuniyatalrini tushunish ,unda xo`jalik faoliyatida keng foydalanish mumkin.Cheklovchi omilni o`rganib,uning ta`sir kuchini o`zgartirish tabiatda vqa qishloq xo`jaligining sohalarida tirik organizmlar hayotiy jarayonini boshqarish, mahsuldorligini oshirish imkoniyati oshadi.
Ma`lum hududdagimuhofazaga muhtoj turni saqlab qolish uchunqaysi ekologik omil chegaradan tashqariga chiqishini aniqlash muhim.Shu turning ko`payish va rivojlanish davrida bu muhim.Cheklovchi omilning ta`sir kuchini maqsadga muvofiq yo`naltirish bilan muhofazadagi tur individlari sonini ko`paytirish va turning saqlanib qolishiga erishiladi.
4.Mustahkamlash- 10 daqiqa 1.Ekologik nisha tushunchasini izohlang.Har xil turlar bitta ekologik nishani egallashi mumkinmi?
2. Tirik organizmlarga ta`sit etuvchi muhit omillarini har xil ta`sir kuchlarini tushuntiring.
3.Muhit omillarining ta`sir etish mexanizmlarini aniqlashning ahamiyati nimadan iborat?
4.Cheklovchi omilning ta`sir kuchini o`zgartirishning afzalliklarini tushuntiring.