T. J. B. A. K. T yo’nalishi 70-20 guruh talabasi Raximov Asilbekning "sohaning texnologik o’lch ashlari va asboblari"



Download 4,68 Mb.
bet32/36
Sana09.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#760078
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Laboratoriya uslubiy 2022 lotin TJBAKT (2)

Rotatsion viskozimetrlap
Suyuqliklar qovushoqligini o‘lchashda hamda ularning reologik xususiyatlarini o‘rganishda rotatsion viskozimetrlardan foydalanish qulay. Bu asboblar tekshirilayotgan suyuqlikhosil qiluvchi qarshilik momentlari va aylantiruvchi momentlarni o‘lchashga asoslangan.
Qovushoq suyuqlikda jism aylanganida qovushoqlik qarshiligi teskari ta’sir etuvchi moment hosil qiladi. Agar jism doimiy tezlik bilanaylansa, bu moment suyuqlik hosil qiladigan aylantiruvchi momentga teng va dinamik qovushoqlikka proporsional bo‘ladi:
(7.4)
bu erda M— aylantiruvchi moment, N m; K— asbob doimiysi; µ —dinamikqovushoqlik, Pa s; ω— aylanuvchi jismning burchak tezligi, 1/s.
Rotatsion viskozimetrlar aylanuvchi jism shakli va aylantiruvchi momentni o‘lchash usuliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Boshqa asboblarga nisbatan koaksial silindrli, aylanuvchi jism va analiz qilinayotgan suyuqlikka cho‘ktiriladigan aylanuvchi parallel diskli asboblar ko‘proq ishlatiladi. 7.1 – rasmda rotatsion viskozimetr turlarining prinsipial sxemalari ko‘rsatilgan.




7.1 – rasm. Rotatsion viskozimetr .

Koaksial silindrli viskozimetr (7.1-rasm, a) tashqi silindri analiz qilinayotgan suyuqlik bilan to‘ldirilgan nkki silindrdan iborat. Tashqi silindr 2 o‘zgarmas tezlik bilanaylanganda dvigatel 1 ta’sirida suyuqlik statsionar aylanish holatiga keladi va aylantiruvchi momentni ichki silindr 3 ga uzatadi. Bu silindrni tinch holatda saqlash uchun silindrga kattaligi teng, lekin teskari ishorali kuch momenti ta’sir qilishi kerak. Bu kuch, rasmda ko‘rsatilganidek, kalibrlangan yuk 4 yordamida hosil qilinadi. Laminar harakatda kuch momenti bilan ko‘rilayotgan suyuqlikning qovushoqligi quyidagicha bog‘langan


(7.5)
bu erda M — kuch momenti, N . m; l — ichki silindrning uzunligi, m; ω— tashqi silindr aylanishining burchak tezligi, 1/s; R va r — tashqi va ichki silindrlarning radiusi, m.
Viskozimetrlarning tashqi va ichki silindri harakatsiz bo‘ladi.
Tekshiriladigan suyuqlikka cho‘ktiriladigan aylanuvchi jism (7.1-rasm, b) sharsimon yoki silindrik rotor 1 kabi ishlaydi. Bu rotor dvigatel 2 yordamida o‘zgarmas aylanishlar chastotasi bilanaylantiriladi. Suyuqlikning rotor aylaiishiga ko‘rsatgan qarshiligi maxsus qurilma 3 yordamida o‘lchanadi.
Aylanuvchn diskli viskozimetr (7.1-racm, v) tekshirilayotgan suyuqlikka cho‘ktirilgan ikki parallel disk 2 va 3 dan iborat. Disk 2 dvigatel 1 yordamida ravon aylanadi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqlik xususiyati tufayli disk 3 ga aylantiruvchi moment uzatiladi. Bu aylantiruvchi moment suyuqlik qovushoqligiga proporsional bo‘lib, hisoblash asbobi bilan bog‘langan silindrik prujina 4 yordamida muvozanatlanadi.
Aylanuvchi diskli viskozimetrlardan suyuqliklarning qovushoqligini uzluksiz o‘lchashda ham foydalanish mumkin.
Rotatsion viskozimetrlarning o‘zgarmas koeffitsientlari analitik ravishda yoki etalon suyuqliklar bo‘yicha tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Rotatsion viskozimetrlarning o‘lchash diapazoni 0,01 .. . 1000 Pa. s.


Xisobot mazmuni
1. Ishning nomi, tartib soni va ishni bajarishdan maqsad.
2. Qisqacha nazariy ma’lumot.
3. Xulosa



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish